Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Download 1.16 Mb.
bet14/23
Sana12.01.2017
Hajmi1.16 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23

Nazorat savollari

1. Talabning egiluvchanligi nima?

2. Talabning egiluvchanligini qanday qilib o‘lchasa bo‘ladi?

3. Taklifning egiluvchanligi nima?

4. Taklifning egiluvchanligini qanday o‘lchash mumkin?

5. Xaridorlar va sotuvchilarga bitishuvlar tuzishga beruvchi tuzilma nima deb ataladi?

6. Narx tushganida odamlar ko‘p miqdorda tovar sotib olishlarining ikkita sababini keltiring.

7. Talab qonunining mazmunini ochib bering.

8. Taklif qonunining mazmunini ochib bering.
NARXNI BELGILASHGA DAVLATNING

ARALASHISHI
Davlat ular yordamida iqtisodiy rivojlanishning borishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan bilvosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga soluvchi vositalarning uchta guruhini ko‘rsatish mumkin.

Birinchi guruh – bu bilvosita iqtisodiy tartibga soluvchilardir. Bularga soliqlar, narxni belgilash qoidalari, predmetlar uchun foizlar, amortizatsiya me’yorlari, bojxona ta’riflari va boshqalar kiradi.

Ikkinchi guruhni esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet mablag‘lari tashkil qiladi.

Uchinchi guruh moddiy oqimlarni tartibga soluvchilar bo‘lib, ularga davlat byudjetlari, litsenziya (ruxsatnoma)lar, ishlab chiqarish birlashmasining har bir ishtirokchisi uchun uning ishlab chiqarishda, sotishda, eksport va importdagi ulushini belgilashni ko‘zda tutadigan kvotalar kiradi.

Davlat tomonidan tartibga olinish Ishlab chiqilgan me’yorlar va choralar tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bu tizim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zlarini tutishlarini ma’muriy ta’sir usullari orqali tartibga soladi. Bu ma’muriy o‘zaro ta’sir usullariga qonunlar, farmonlar yo‘riqnomalar kiradi.

Davlat, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalar (TIA)ni tartibga solishdan ham foydalanadi. Buni har bir davlat mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantirib borib, milliy iqtisodiyotning manfaatlarini ko‘zda tutgan holda qilishi kerak. Bunda davlat milliy iqtisodiyotni «haddan ortiqcha» tashqi raqobatdan himoya qilishi kerak. Bu tartibga solish xo‘jalik-iqtisodiy faoliyatning hamma sohalarini qamrab olishi kerak. Bu soha esa o‘z ichiga quyidagilarni tashkil etishni oladi:

 u orqali aniqlikni oshirishga erishish mumkin bo‘lgan va yuzaga kelgan sharoitda mo‘ljalni to‘g‘ri olish va belgilangan topshiriqlarni tezroq bajarish mumkin bo‘lgan soliq tizimini;

 u orqali korxonalar faoliyatini nazorat qilish va ularning foydali harakatlari, ishlarini faollashtirishni rag‘batlantirish mumkin bo‘lgan moliya-kredit tizimini;

 milliy ishtirokchilarning tashqi iqtisodiy aloqalariga ta’sir qilishining eng qattiq vositasi bo‘lgan valyuta munosabatlarini;

 boj poshlinalari darajasini oshirish yoki pasaytirishni, ularni bekor qilish yoki aksincha, joriy qilishni ko‘zda tutuvchi bojxona rejimini tartibga solishni. Bunday tartibga solish davlat idoralaridan erkin olib kirilishi yoki olib chiqilishi, qo‘shilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ma’lum miqdordagi tovarlarni olib kirish, olib chiqish, tranzitiga maxsus ruxsat olishdan iborat bo‘lgan eksport, import tranzitni litsenziyalashtirishni ham ko‘zda tutadi.



Litsenziyalarning quyidagi turlari mavjuddir: loyihaviy taqsimlash, malakalangan bosh litsenziyalar.

Loyihaviy yoki loyiha litsenziyalari kompaniyasiga, agar u tovarlarni «nazorat qilinuvi» ro‘yxatiga kiruvchi tovarlarning katta miqdorini jo‘natish (yetkazib berish)ni amalga oshiradigan bo‘lsa, yetti yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Taqsimlash litsenziyasi – uzoq muddatli tashqi savdo dasturi doiralarida tasdiqlangan tovarlarni ko‘p martalab jo‘natish (yetkazib berish)ni amalga oshirish imkoniyatidir.

Malakalangan bosh litsenziya vakolat idoralar bilan amallar o‘tkazishni ma’qullagan xaridorga tovarlarni ko‘plab marta eksport qilishga ruxsat beradi.



Litsenziyalashdan tashqari bojxona rejimini tartibga solish eksport yoki importni litsenziyalash hisobiga ham amalga oshirish mumkin.

Import kvotasi – bu mamlakatga tovarlarni olib kirish cheklangan paytdagi cheklashlarning nota’rif shaklidir. Import kvotalarining mutlaq va ta’rif turlari mavjuddir.

Mutlaq kvota – bu olib kirishga ruxsat etilgan tovarlarning belgilangan miqdori, ta’rif kvotasi esa aniq tovarni ma’lum bir davr mobaynida pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha to‘lab olib kirishga ruxsatdir.

Eksport kvotasi eksportga tovar taklifini cheklash usuli va eksport narxlarining pasayshining oldini olishidan iboratdir. U tovarlarning mamlakat ichkarisidagi taklifini ta’minlash uchun va ichki bozorda bu tovarlarning narxlarining haddan tashqari oshib ketishiga yo‘l quymaslik uchun qo‘llaniladi.

Bojxona rejimini tartibga solish, shuningdek, importga nota’rif ta’sir ko‘rsatishni joriy etishni ham ko‘zda tutadi.

Nota’rif ta’sir ko‘rsatish milliy standartlar, ekologik talablar, mahsulotning energiya iste’moli nuqtai nazaridan kelib chiqadigan xafvsizlik talablari orqali amalga oshiriladi.

Boshqa shakllarga eksport subsidiyalari taqdim etilganida, eksport mahsulotlariga soliqlar bekor qilinganida yoki pasaytirilganida eksportni rag‘batlantirishni kiritish mumkin.



Bojxona rejimini tartibga solishning yana bir shakli halqaro kelishuvlar tuzish va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining ishida qatnashishidir.

Narxlarni shakllantirish


Narxni shakllantirish – bozor xo‘jaligining eng muhim unsurlaridan biridir. Narx – foyda olishga bevosita ta’sir qiluvchi omildir, chunki:

- foyda sotishlardan tushgan tushum summasi bilan xarajatlar summasi o‘rtasidagi farqdir;

- sotishlar hajmi narxlarning darajasiga bog‘liqdir.

Narxning maksimal (eng katta) darajasi mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga ketgan xarajatlar bilan belgilanadi.

Ishlab chiqarish xarajatlari doimiy, o‘zgaruvchan va yalpi yoki umumiy xarajatlarga bo‘linadi.

Doimiy xarajatlar – xarajatlarning ishlab chiqarish hajmlariga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarmay qoladigan qismi (ijara, issiqlik ta’minoti va boshqa xizmatlar uchun to‘lanadigan haq)dir.

O‘zgaruvchan xarajatlar – xarajatlarning ishlab chiqarish miqyoslariga bog‘liq ravishda kattaligi o‘zgaradigan qismidir.

Yalpi xarajatlar – doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisidir.

Narx ishlab chiqarishning yalpi xarajatlarini va muomala xarajatlarining o‘rnini qoplashi hamda ma’lum miqdordagi foyda olishni ta’minlashi kerak. Narxning maksimal chegarasi talab tomonidan belgilanadi. Narx qanchalik baland bo‘lsa, talab shunchalik past bo‘ladi va teskarisi. Ko‘pchilik tovarlar uchun narx oshganida talab ko‘rsatkichlari pastga qarab egilgan yoki to‘g‘ri chiziq bo‘ylab intiladilar obro‘ keltiradigan, ularga ega bo‘lish obro‘ sanaladigan tovarlar uchun bog‘liqlik ancha murakkab kechadi. Xaridlarining hajmi nuqtai nazaridan olganda xaridorlarning narxlar o‘zgarishini sezuvchanligi narxlarning egiluvchanligi bilan belgilanadi.

Narx ko‘pincha tovarning sifati bilan bevosita bog‘liqligiga amin bo‘lgan xaridorlarning ko‘zi oldiga tovarning ma’lum bir «obrazi»ni yaratadilar. Buning oqibatida narxning pasayishi xaridlar sonining oshishiga emas, balki kamayishiga olib kelishi mumkin, chunki xaridorlar bu tovarlarni sifati past deb hisoblaydilar.

Narxning aniq kattaligi kompaniyaning maqsadlari bilan belgilanadi.

Narxni belgilashning roli raqobatning holati va darajasiga bog‘liqdir.

Katta miqdordagi sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lgan bozorda kuzatiladigan sof (erkin) raqobat sharoitida narxga ongli ravishda, ataylab ta’sir qilish mumkin emas. U stixiyali ravishda shakllanadi. Cheklangan miqdordagi hatto bitta sotuvchi bo‘lgan monopolistik bozor tuzilmasida sotuvchilarning narxlarini o‘z xohishlariga ko‘ra, xohlaganlaricha, hech qanday cheklovlarsiz qo‘yishlari uchun sharoitlar yaratiladi.

Narxlar belgilash jarayonini izchillik bilan keluvchi quyidagi bosqichlarning yig‘indisi sifatida tasavvur qilish mumkin. Bular:

vazifaning qo‘yilishi;

talabni aniqlash;

xarajatlarni baholash;

raqobatchilarning narxlar va tovarlarini siyosiy tahlil qilish;

narx belgilash usulini tanlash;

uzul-kesil narxni belgilash.

Narxni belgilash usulini tanlashga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

- bozorning aniq sharoitlari (monopoliyalashish darajasi, egiluvchanlik, xaridorlar doirasi);

- sotilayotgan mahsulotning holati (yangilik darajasi, boshqa tovarlar bilan o‘zaro almashinilinishi, patentlik himoyalanganlik darajasi).

- firmaning tarmoqdagi ahvoli (yetakchi yoki yetakchilikka da’vogar).

Narxni belgilar ekan, sotuvchi xaridorning narxni ruhiy-psixologik qabul qilish darajasini ham, albatta hisobga olishi kerak.

Firmalar standart yoki shaklini o‘zgartiruvchi narxlar siyosatini olib borishadi. Standart baholar – shunday baholarki, ular uzoq vaqt davomida o‘zgarmasdan qoladilar. Standart narxlar qo‘llanilayotgan holatda, agar firmaning xarajatlari oshib ketgan bo‘lsa, u narxni oshirishdan ko‘ra, o‘rash (upakovka)dagi mahsulotni miqdorini kamaytirishni afzal deb biladi. Shaklni o‘zgartiruvchi narxlar siyosati qo‘llanilganida narxlar xarajatlar, talab, raqobatchilarning narxlardagi o‘zgarishlarga javob beradilar, ularga qarab o‘zgaradilar.

Iste’molchini himoya qilish

Yakka tartibdagi iste’molchi bozorda tovarlar va xizmatlarni taqdim etuvchilar bilan aloqaga kirishganida juda noqulay vaziyatga tushib qoladi. Shaxsda ishbilarmonlik olamida texnik bilimlar yetishmay qolishi mumkin. Yakka iste’molchi aldanib qolmasligi yoki chalg‘itib qo‘yilmasligi uchun hukumat uni himoya qilish choralarini ko‘rgan.
Savdo va tovarlarni taqdim etish qoidalari

Qonunchilik taqdim etilayotgan tovarlarning juda bo‘lmaganda uchta shartga javob berishlarini talab qiladi:

 tovarlar sifatli bo‘lishlari lozim. Masalan, agar xaridor o‘ralgan kiyimni uyda ochganida unda teshik borligini aniqlasa, u yaroqsiz kiyimni qaytarib berish huquqiga ega bo‘lishi kerak;

 tovarlar o‘zlari mo‘ljallangan maqsadlarga javob berishlari kerak. Masalan, gazon o‘ruvchi uskuna o‘tni o‘rishi, idish yuvuvchi mashina idish-tovoqlarni yuvishi kerak va hokazo;

 tovar nimaga mo‘ljallanganligi va undan foydalanish usuli sotish joyida uning o‘ramasi (upakovkasi) ustida, yozilgan bo‘lishi yoki xaridor bu haqda sotuvchidan bilib olish imkoniga ega bo‘lishi kerak.

Mana shu shartlardan hatto bittasiga rioya etilmaganida xaridor o‘z pulini qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sotuvchilar e’tiborli va madaniyatli, bo‘lishlari lozim. Xaridor o‘zi sotib olgan tovarni o‘rgangan va tovarning nuqsonlari xarid paytida unga namoyish qilingan hollarda u sotuvchiga hech qanday talab qo‘yishi mumkin emas.

Tovar xususiyatlarining bayoniga talablar

Mazkur talablar tovarlar va taklif qilinayotgan xizmatlarning xususiyatlarini noto‘g‘ri ta’riflaydigan sotuvchilarga qarshi qaratilgan. Masalan, sotuvchi neylon va jundan iborat bo‘lgan mahsulotning tovar yorlig‘ida uni «toza junmato» deb ko‘rsatdi. Tovar xususiyatlarining og‘zaki ta’rifi noaniqlikka tenglashtiriladi.


Nazorat savollari
1. Narxni shakllantirish nima?

2. Narxlarni kim belgilaydi?

3. Narxlarning oshishiga qaysi omillar ta’sir qiladi?

4. Narxlarning pasayishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi?


IQTISODIY TUZUMNING ZARURLIGI
Iqtisodiy tizim – ma’lum bir jug‘rofiy hudud doirasidagi ishlab chiqarish, daromad va iste’molga taalluqli qarorlarni qabul qilash va amalga oshirish uchun foydalaniladigan mexanizmlar va institutlarning yig‘indisi (qo‘shilmasi)dir.

Iqtisodiy tizim – iqtisodiy jihatdan o‘zini o‘rni va natijalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita ta’sir qiluvchi hamma institutlar, tashkilotlar, qonun-qoidalar, an’analar, e’tiqodlar, pozitsiyalar baholar, taqiqlar va sxemalarni o‘z ichiga oladi.

Iqtisodiy tizimlar ko‘p o‘lchovlidir. Ular quyidagicha formulalashtirilishi mumkin:



ES=F (A1, A2...An)
ES iqtisodiy tizim A1ning xususiyatlari bilan belgilanadi, unda n ta bunday xususiyatlar mavjud bu iqtisodiy tizim bittagina ta’rif (xarakteristika) terminlari bilangina belgilanishi mumkin emasligini bildiradi. Biz Iqtisodiy tizimlarni differensiyalashda, ularning tiplarini aniqlashda mezonlar sifatida chiqadigan to‘rtta muhim xususiy (n=4) da to‘xtalamiz. Bular:

Qarorlar qabul qilish bo‘yicha tadbirlarni tahlil qilish;

Mulk huquqlari: nazorat va daromad;

Axborot bilan ta’minlash va muvofiqlashtirish mexanizmlari;

Maqsadlar qo‘yish va odamlarni harakat qilishga undovchi mexanizmlar.

Iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi turli mamlakatlarning iqtisodiy tizimlari bir-birlaridan farq qiladilar, shuning uchun ularni bir nechta guruhga bo‘lish mumkin:


An’anaviy iqtisodiyot

Hayot tarzlari asrlar davomida amalda o‘zgarmagan, turmush darajalari nisbatan past bo‘lgan jamiyatlar mavjud. Osiyo, Afrikadagi uzoq chekka qishloqlar – mana an’anaviy iqtisodiyot jamiyatlarga misol. Bunday jamiyatlarda odamlar qadimiy odatlar, udumlar bo‘yicha yashaydilar, hamma ishni ajdodlar qanday qilgan bo‘lsalar shunday bajaradilar.

Nimani va qanday chiqarish hamda taqsimlash an’analar asosida hal qilinadi.


Bozor iqtisodiyoti


Xaridorlarga sotuvchilar bilan muloqotga kirishish imkonini beruvchi har qanday tuzilma bozor deb ataladi. Bozor iqtisodiyoti odamlarga o‘zlari xohlagan narsalarini sotib olish va o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni sotish erkinligini beradi. Narxlar tovar va xizmatlarga talabning darajasi, bu mahsulot va xizmatlarning sotuvga taqdim qilinayotgan miqdori, ya’ni talab va taklifning bozor omillari bilan belgilanadi. Quyida bozor iqtisodiyotning ba’zi sifatlari, tavsiflari keltiriladi:

Xususiy mulk. Inson yer, binolar, uskunalar va boshqa tabiiy omillar hamda odamlar yaratgan ishlab chiqarish omillariga egalik qilish va tasarruf etish huquqiga ega. Aynan shu o‘ziga xos tomoni tufayli bozor iqtisodiyotini kapitalistik iqtisodiyot deb atashadi.

Tanlash erkinligi. Odamlar o‘z firmalarini ochish, nimani va qandoq qilib ishlab chiqarishni o‘zlari hal qilish huquqiga ega; ishchilar mashg‘ulot turini erkin tanlashlari, iste’molchilar daromadlarini o‘z xohishlariga ko‘ra, saralashlari mumkin.

Shaxsiy foyda. Odamlar o‘zlariga nima foydali bo‘lsa, shuni qilishlari: firma – o‘z foydasini maksimallashtirishi, ishchilar – o‘z daromadlarini ko‘paytirishlari, iste’molchi o‘z xohishlarini qondirishi mumkin.

Narx mexanizmi (raqobat). Tovar va xizmatlarning talab yoki taklifning o‘zgarishi narxlarning tebranishini keltirib chiqaradi. Narxlarning o‘zgarishlari iqtisodiy resurslarning qayta taqsimlanishiga olib keladi.

Bunda davlatning roli nihoyatda cheklangan. Davlatning iqtisodiy – vazifalari juda kam. Uning bosh vazifasi mamlakatning mudofaasini va huquqiy tartibotni qo‘llab-quvvatlab, ta’minlab turishdir.



Buyruqbozlik iqtisodiyoti

Bunda davlat mamlakatning iqtisodiy resurslarini boshqarish huquqiga ega. U resurslardan foydalanishni to‘liq tartibga solib turadi, nima ishlab chiqarish qandoq va kim uchun ishlab chiqarishni hal qilish huquqiga ega. Bunday iqtisodiyotni markazlashgan rejaviy iqtisodiyot deb atashadi. Uning asosiy xususiyatlari shundaki, ishlab chiqarish vositalariga egalik huquqi davlatga tegishlidir. Bu ushbu iqtisodiy tizimning eng muhim xususiyatidir. Shuningdek, bu tizimning quyidagi xususiyatlari ham mavjud:



Rejaviy iqtisodiyot. Davlat rejasi minglab o‘zaro aloqalarni belgilaydi. Ko‘p sonli amaldorlar reja tuzadilar va uning bajarilishini kuzatib boradilar.

Narxlar. Ular talab va taklifning tebranishlariga bog‘liq emas. Ularni davlat belgilaydi.

Foydalar. Ishlab chiqarish foyda olish uchun ishlamaydi. Korxonalar xalq manfaatlariga javob beruvchi mahsulotlarni ishlab chiqaradilar.
Aralash iqtisodiyot
Hozirgi dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida aralash iqtisodiyot mavjuddir. U ham davlat, ham xususiy sektorga ega. «Aralash iqtisodiyot» termini odatda, Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya mamlakatlarining iqtisodiyotini tavsiflash uchun ishlatiladi. Odatda, bugungi kunda davlat jamiyatning iqtisodiy hayotida ikki sababga ko‘ra ishtirok etadi:

- u jamiyatning ayrim talablarini ularning o‘ziga xos spetsifik xususiyatlari (armiyani saqlash, qonunlarni ishlab chiqish, yo‘l harakatini tashkil etish, epidemiyalar bilan kurashish va hokazolar)ga ko‘ra, faqat bozor mexanizmi asosida imkoni bo‘lganidan ko‘ra, yaxshiroq qondirishi mumkin;

- u bozor mexanizmlari faoliyatining salbiy oqibatlari (fuqarolar farovonligi – boyligidagi haddan tashqari katta farq, tijorat firmalarining faoliyatidagi atrof-muhitga yetkazilishi)ni yumshatishi mumkin. Shuning uchun XX asrning oxiri tamadduni (sivilizatsiyasi) uchun aralash iqtisodiyot tizimi ko‘pchilik hollarda qo‘llanilishini ko‘plab kuzatiladigan bo‘lib qoldi.

Bunday iqtisodiy tizimda garchi ayrim mamlakatlar Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqalarda yetarli darajada yirik davlat sektori mavjud bo‘lsada, iqtisodiy resurslarga xususiy mulk asos hisoblanadi. Davlat sektoriga kapitallari to‘liq yoki qisman davlatga tegishli bo‘lgan korxonalar kiradilar, ammo bu korxonalar:

a) davlatdan rejalar olmaydilar;

b) bozor qonunlari asosida ishlaydilar;

v) xususiy firmalar bilan teng asoslarda raqobatla-shishga majburdirlar.

Bu mamlakatlarda muhim bosh iqtisodiy masalalar, asosan, bozor tomonidan hal qilinadi. Aynan bozorlar Iqtisodiy resurslarning ko‘pchilik qismini taqsimlaydilar. Shuning bilan birga bu resurslarning bir qismi markazlashtiriladi va bozor mexanizmining ayrim zaifliklarining o‘rnini qoplash maqsadida davlat tomonidan buyruqbozlik mexanizmi yordamida taqsimlanadi. Iqtisodiy tizim ko‘plab odamlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirishga intilib ko‘plab qarorlar qabul qilishlariga asoslangan. Bu qarorlar cheklangan resurslarni taqsimlash muammosi sohasiga oiddir.

Iqtisodiy (qaror qabul qilash)ni shakllantiruvchi omillar.


O‘z manfaati



Oqilona xudbinlik




Iqtisodiy qaror





Tanlovning ko‘pligi


Axborot


Sotish samaradorligi


Vaqt





Eng so‘nggi chegaradagi tahlil



Cheklangan imko-

niyatlar



Nazariyaning yetakchi bosh (kalit) taxmini shundaki, odamlar resurslarni va o‘zlarining maqsadlarini ko‘proq foyda olish nuqtai nazaridan kelib chiqib, ratsional ongli ravishda tanlaydilar.

Ratsional (oqilona) qaror qabul qilayotgan odam ishlarning holatini o‘zi kiritadigan o‘zgartirishlar bu harakatlardan so‘ng kutilayotgan chegara foyda kutilayotgan chegara qiymatdan oshishini mo‘ljallab o‘zgartiradi. «Chegara» tushunchasi bu yerda «o‘suvchi» yoki kamayib boruvchi ma’nolarini bildiradi va iqtisodiy o‘zgaruvchanlikdagi o‘zgarishlarga taalluqli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan bunday o‘zgarishlar, odatda, uncha katta bo‘lmaydilar, ammo ular haqidagi axborot asosida qabul qilinadigan chegara qaror (ya’ni bu o‘zgarishlarning chegaralari va ularni hisobga olish haqidagi qaror) iqtisodiy amaliyotga sezilarli tuzatishlar kiritishi mumkin.

Tanlov oqilona bo‘lishi uchun vaqt hamda axborot kerak. Unisi ham, bunisi ham tanqis va qimmat turadi. Masalan, biz kamdan-kam hollardagina tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hamma axborotga ega bo‘lamiz. Axborot qiymat xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli bu tovar uchun bizning vaqtimizni va resurslarimizni tejab, uni to‘plovchi, qayta ishlovchi iqtisodiy subyektlarga haq to‘laganimiz afzalroqdir.



Bozor iqtisodiyoti Iqtisodiy tizimning boshqa tiplari oldida bir qator ustunlikka ega. Mana ulardan ayrimlari:

 Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun tanlashda katta erkinlik.

 Tizim firmalar o‘rtasidagi raqobatga yordam berib ularni bozordan surib chiqarmaslik uchun kattaroq samaradorlikka intilishga majbur qiladi.

 Muvaffaqiyatliroq ishlovchi firmalar kattaroq foyda ham oladilar. Bu yangi tovarlarni ishlab chiqarishi uchun rag‘batdir.

 Tizimni boshqarish uchun xizmatchilarning katta sonli apparati kerak emas.

 Tizim iste’molchilarga ko‘p huquqlar taqdim etadi.

Bozor и³тисодиёти

Aralash iqtisodiyot

Buyruqbozlik iqtisodiyot

Uning tavsiflari:

 Xususiy mulk

 Tanlash erkinligi

 Raqobat

Davlatning cheklangan roli

O‘zida bozor va buyruqbozlik iqtiso-diyotlari xususiyatlarili birlashtiradi

Uning tavsiflari

 Davlat mulki

Rejali ishlab chi-qarish (resurslar hukumatning ko‘rsatmasiga qarab taqsimlanadi)

Rejali taqsimot (narx hukumat tomonidan belgilanadi)

Nima ishlab chiqarish? Qandoq ishlab chiqarish? Kim uchun ishlab chiqish? – asosiy iqtisodiy muammolarni turlicha usullarda hal qilishlari bilan ifodalanadi.

Biroq bozor tizimining kamchiliklari mavjud ularni davlat hal qilishi lozim. Bular:

 Jamiyatdagi tengsizlik.

 Iqtisodiy rivojlanishdagi muqimsizlik.

 Hukmronlik qiluvchi firmalar kamroq muvaffaqiyat bilan ishlayotganlarni xo‘jalik hayotidan siqib chiqaradi.

 Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilish.

 Ijtimoiy xarajatlar va foydalar butun jamiyatning xarajatlari bilan bog‘liq.

 O‘ta zarur ijtimoiy ne’matlar.

 Ijtimoiy ne’matlar, masalan, ko‘chalarni yoritish, jamoat tartibini saqlash, soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi va davlat tomonidan taqdim etiladi.

Iqtisodiy tuzum O‘zbekiston misolida


O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi strategik muhim davlat bo‘lib, u uzoq muddatga mo‘ljallangan, yaxshi o‘ylangan o‘z kompleks milliy rivojlanish strategiyasini taklif qildi. O‘zbekiston rivojlanishi o‘zining bazaviy iqtisodiy ijtimoiy va madaniy qatlamlariga mos keluvchi aniq modelini hayotga joriy etmoqda. Sxematik ko‘rinishda o‘zbek modelini ikki sektorli modelga kiritish mumkin. Davlat sektori ustidan qattiq nazoratni saqlagan holda hukumat tartibga solmaydigan bozor sektorining rivojlanishi uchun asoslar yaratadi.

Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini joriy qilish, bir tomondan, respublikaga meros bo‘lib tekkan boyliklarga tejamkorlik va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, boshqa tomondan esa, isloh qilishning asosiy bosqichlarini ajratish, ularning har biri uchun aniq maqsadlarni belgilashni taqozo etadi. Faqat bir bosqichni yakunlagandan keyingina yangi bosqichga kirishish mumkin.

Birinchi bosqich yangi iqtisodiy tizimning huquqiy asoslarini yaratishga davlatchilikni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan edi.

Isloh qilishning butun jarayonining boshlanishi strategik maqsadlarini tanlash bilan bog‘liq edi.

Bu maqsadlarga quyidagilar kiradi:

 ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, dinamik rivojlanuvchi iqtisodiy tizimni yaratish;

 ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, xususiy mulkning davlat himoyasini ta’minlash;

 korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy imkoniyatlar taqdim etish, davlatning xo‘jalik faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashudan voz kechish iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik usullariga barham berish;

 iqtisodiyotning moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni, jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashishni ta’minlaydigan tuzilmaviy-tarkibiy qayta tuzilishini amalga oshirish.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa