Iqtisodiy xavfsizlik


Xo’jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy manfaatlari qanday namoyon bo’ladi?



Download 11,98 Mb.
bet6/11
Sana01.07.2022
Hajmi11,98 Mb.
#725927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xavfsizlik 51

Xo’jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy manfaatlari qanday namoyon bo’ladi?

Korxonani boshqarish maqsadi xoʼjalik faoliyatining asosiy manfaatlaridan kelib chiqadi. Bunda korxona oʼz xodimlarining moddiy va intellektual darajasiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi ichki va tashqi tahdidlarni bartaraf etish, rivojlanishning salbiy tendentsiyalariga barham berish, iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashga harakat qiladi. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:-xoʼjalik subʼektlarining davlat, nodavlat tashkilotlari, mamlakat ichidagi va xorijdagi hamkorlari hamda raqobatchilari bilan boʼladigan oʼzaro munosabatlarda qonun bilan belgilangan huquqlarini himoya qilish;-korxonaning moddiy va moliyaviy bazasini saqlash va koʼpaytirish, mehnat jamoasi, tadbirkorning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yoʼnaltirilgan resurslardan samarali foydalanish;-mahsulot va koʼrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, ichki va tashqi bozorlarda ularni sotish uchun qulay bozor konʼyunkturasini yaratish;-xoʼjalik tuzilmalari faoliyatining ichki va tashqi tashkiliy barqarorligi, iqtisodiy aloqalarning ishonchliligiga erishish va tasodifiy hamda noinsof, vijdonsiz hamkor va sheriklarga qaram boʼlib qolishdan saqlanish;-xoʼjalik tuzilmalari faoliyatini toʼliq, aniq axborotlar bilan taʼminlash, ishlab chiqarish va tijorat sirlari hamda intellektual mulkka boʼlgan huquqni saqlash; -reklama axborotidan foydalanish samaradorligi va korxona nufuzini oshirish.Ushbu manfaatlarni amalga oshirish uchun ularga xavf soladigantahdidlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga intilish korxona faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Korxonaning muhim iqtisodiy manfaatlariga isteʼmolchilar talablari va tadbirkorlik tavsifidagi ichki omillarga bogʼliq holda vujudga keladigan noaniq kutilmagan vaziyatlarga moslashish qobiliyati kiradi.



  1. Iqtisodiy subektlarning xavfsizlik darajalarini tahlil qiling.

Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyati va umuman iqtisodiyotni prognozlash, birinchi navbatda, nafaqat belgilangan ijtimoiy maqsadlarga, balki iqtisodiy
148xavfsizlikka erishishni ham taʼminlovchi normativ iqtisodiy talablarni belgilashni oʼz ichiga oladi. Shu munosabat bilan umumiy iqtisodiy maqsadlar asosiy iqtisodiy majmualar: sanoat, qishloq xoʼjaligi, xizmatlar va davlat boshqaruvi oʼrtasida taqsimlanadi. Bunday umumiy metodologik yondashuv xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini uzoq muddatda modellashtirishga va ular ish olib boradigan muhit parametrlarini bashorat qilishga imkon beradi. Ochiq iqtisodiyotda tadbirkorlik subʼektlarining xatti-harakatlari strategiyasi tashqi muhit bilan belgilanadi. Shu sababli transmilliy korporatsiyalar top-menejmenti global raqobatning bozor xulq-atvori strategiyasiga taʼsirini tan oladi. Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida xoʼjalik subʼektining moliyaviy barqarorligini tahlil qilishda quyidagi hisobot koʼrsatkichlaridan foydalaniladi:-korxonaning oʼz mablagʼlari bilan taʼminlanish koeffitsenti, oʼzining aylanma aktivlarining umumiy aktivlar summasiga nisbati;-joriy likvidlik koʼrsatkichi;-oʼz kapitalining rentabelligi;-umumiy toʼlovga qodirlik koʼrsatkichi, aktivlar bozor qiymatining xoʼjalik subʼektining barcha majburiyatlariga nisbati;-kapitallashtirish koeffitsienti, oʼz kapitalini bozor qiymati qarz mablagʼlarining balans qiymatiga nisbati;-menejment koeffitsienti, sotishdan olingan pul tushumining joriy majburiyatlar miqdoriga nisbati. Korxona xavfsizligini taʼminlash uchun huquqiy, tashkiliy, texnik tavsifdagi chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish lozim. Korxona xavfsizligini taʼminlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat boʼladi: -qonuniylik; -iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik -dasturli-maqsadli rejalashtirish,mustaqillik va masʼuliyat -oʼzaro hamkorlik va faoliyatlarni muvofiqlashtirish -ixtisoslashuv va professionalizm -ishni tashkil etish -talabchanlik va nazoratning ochiqligi.Korxona iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashning yagona tizimidagi tamoyillar korxonalarning hayotiy muhim manfaatlarni himoya qilish va tadbirkorlik faoliyati vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish boʼyicha tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishning muhim talablari ham hisoblanadi:1.Qonuniylik –xavfsizlik choralari mamlakatda amal qilayotgan qonunlar doirasida ishlab chiqiladi. 2.Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik –koʼrilayotgan iqtisodiy xavfsizlik choralari xoʼjalik faoliyatining yomonlashuviga, foydasining kamayib ketishiga olib kelmasligi kerak.3.Dasturli-maqsadli rejalashtirish, mustaqillik va masʼuliyat –korxonaning xavfsizlik xizmati oʼz faoliyati uchun zarur boʼlgan mablagʼ, resurs, moddiy texnika anjomlari bilan taʼminlangan boʼlishi lozim.4.Oʼzaro hamkorlik va faoliyatlarni muvofiqlashtirish –korxonaning turli boʼlimlari ushbu tamoyil asosida faoliyat yuritishlari kerak boʼladi.5.Ixtisoslashuv va professionalizm –xavfsizlik xizmatining kadrlar tarkibi ushbu yoʼnalishda maʼlum tayyorgarlikdan oʼtgan va shunday ixtisoslikda kasb-korga ega boʼlishi kerak.6.Ishni tashkil etish –xavfsizlikni taʼminlashda himoyaning zamonaviy vositalaridan foydalanish, ilgʼor tajriba va ilmiy ishlanmalarga tayangan holda ishni tashkil qilish lozim.



  1. Download 11,98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish