3-kurslar uchun “Iqtisodiy xavfsizlik” fanidan yakuniy savollar majmuasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” to’g’risidagi Farmonida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash vazifalarini yoritib bering.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti va maqsadi nimadan iborat?
“Иқтисодий хавфсизлик” фанининг предмети - бир томондан иқтисодий тизимнинг объектив ҳимояланиш хусусиятлари, унга хавф соладиган куч ва омилларга қарши туриш механизмини, иккинчи томондан, давлатнинг ҳимоячи сифатидаги функциялари, шу мақсадда ташкил этиладиган институтларни қамраб олади.
“Иқтисодий хавфсизлик” фанининг мақсади - давлат, жамият ва шахснинг муҳим хаётий манфаатларини тан олган ҳолда мамлакат иқтисодий хавфсизлигини таъминлашнинг устувор йўналишлари бўйича назарий ва амалий билимлар бериш.
Xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha tajribalari qanday?
Ривожланган мамлакатларда иқтисодий хавфсизликни таъминлаш мақсадларида йирик фирма, компанияларда махсус хизматлар ташкил қилинади.
Бу субъектлар бозорларни ўрганиш, талаб ва таклифни прогнозлаш, илмий-техника тараққиётини кузатиш ва бошқа ишларни амалга оширади.
Иқтисодий тизимдаги ҳар қандай ўзгаришлар турли хавф-хатар ва таҳдидларнинг намоён бўлиши билан бирга кечади. Шунинг учун ҳам мамлакат иқтисодий хавфсизлигини таъминлаш, унга бўладиган турли таҳдидларнинг олдини олиш масаласида юзага келади. Бундай шароитда “Иқтисодий хавфсизлик” фанини ўрганишнинг аҳамияти янада ошади.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqa yo’llagan Murojaatnomasidagi iqtisodiy vazifalar nimlardan iborat, joriy ko’rsatkichlarni tahlil eting?
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining obekti va vazifasi nimadan iborat?
“Иқтисодий хавфсизлик” фанининг объекти: мамлакат иқтисодиёти ва унда амалга ошадиган жараёнлар: табиий бойликлар; инсон ресурслари, меҳнатга лаёқатли аҳоли; кўчмас мулк; хўжалик тизимлари; минтақалар; оила;
Do'stlaringiz bilan baham: |