6. Aholining irqiy va milliy — etnik tarkibi.
XX asr insoniyat tarixida irqiy va m illiy-etnik qaram a- qarshiliklar eng kuchaygan davr sifatida ham tarixda qoladi. Axir, Yevropa mamlakatlari o ‘rtasida mustamlaka yerlarni o 'zaro taqsim lab olishning oxiriga yetkazilishi (XX asr boshlarida), uni qayta taqsimlashga urinishlar (I va II jahon urushlari), jahonda qaror topgan ob'yektiv siyosiy-ijtimoiy tuzum ni qayta tashkil etish harakati (Oktyabr siyosiy to ‘nta- rishi) natijasida kelib chiqqan va uzoq vaqt davom etgan
«kommunistik-kapitalistik» qarama-qarshiliklar, ular negizida o ‘rin olgan cheksiz-chegarasiz irqiy-aparteid, m illiy-etnik, diniy ekstremistik urushlar aynan ana shu asr davomida hech ham tinm adi, ularning davomi haliberi tinmaydigan ko‘ri- nadi. Shu sababli iqtisodiy-siyosiy geografiyaning m uhim mavzularidan biri sifatida jahon aholisining irqiy va milliy- etnik tarkibi ham da ularning hududiy xususiyatlari qarab chiqiladi.
Jahon aholisi asosan 3 asosiy va 1 q o ‘shim cha irqiy guruhlarga mansubdir. Bular yevropoid (oq tanli), mongolo- id (sariq tanli), negroid (qora tanli) hamda son jihatdan kichik bo‘lgan avstroloid xalqlardir.
Irqlarning kelib chiqishida ko‘proq biologik va geografik om illar ishtirok etgan. Ular bir-birlaridan asosan tashqi belgilari, ya'ni rangi, sochi, yuz tuzilishi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadilar.
Antropolog olimlarning ilmiy xulosalariga ko‘ra mavjud irqlar bundan 15 ming yillar oldin asosan shakllanib, o ‘z hududiy m akonlariga ega bo‘lganlar: yevropoidlar butun Yevropa, Janubiy-Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Shimoliy
109
Afrika b o ‘lab, m ongoloidlar O siyoning boshqa qolgan m in taqalari, butun A m erika qit'asi b o ‘ylab, negroidlar Afrikaning asosiy hududlari bo‘ylab, avstroloidlar asosan Avstraliya va Okeaniya bo‘ylab tarqalgan bo‘lganlar. Keyingi tarixiy davrlarda yuz bergan siyosiy o ‘zgarishlar tufayli (Ame rika va Avstraliya qit'alarining yevropaliklar tomonidan egalla- nishi va o‘zlashtirilishi) va murakkab davom etgan jahon mus- tamlakachilik tizimi turli irqlarga mansub aholi geografiya- sida ancha katta o ‘zgarishlarga olib keldi.
Hozirgi vaqtda barcha irqlarga mansub xalqlar aqliy va jism oniy im koniyatlariga k o ‘ra baravarligi va ularning jam iyatda tutgan o ‘rniga ko‘ra tengligi jahon hamjamiyati tom onidan tan olingan. 1973 yilda BMT tom onidan irqiy kamsitishning jinoyat ekanligi va u xalqaro qoidalar asosida jazolanishi haqida maxsus Konvensiya qabul qilingan.
Ammo, yaqin-yaqin vaqtlargacha irqlararo va millatlararo kamsitishlar avjida edi. M ustamlakachilik manfaatlari ko‘zda tutilgan holda «past irq» xalqaro «oliy irq» xalqlarining quli b o ‘lishi, u larn in g x izm atin i qilishi lozim , degan har tom onlam a «asoslangan» amalda esa soxta g‘oyalar ta’limoti (Germ aniya fashistlari mafkurasi) ham yaratilgan edi. Ana shunday ta'lim ot asosida tarbiya topgan ayrim jamiyatlarda qora, ba'zan boshqa rangdagi xalqlar har taraflama kamsitish lar edi. Bunday kamsitishlar 60-70 yillarda ayniqsa, demokra- tiyaning qo‘rg‘oni hisoblanadigan AQSH va JAR da eng yuqori nuqtasiga — aparteid 1 siyosati darajasiga chiqqan edi. Shunday qilib. Irqchilik siyosati hozirgi davrda tarixga aylanib bormoqda. T obora m ustahkam lanib borayotgan irqlararo va xalqlararo tenglik va totuvlik g'oyalarining qaror topayotganligi jahon ham jam iyatining, insoniyatning eng
yorqin yutuqlaridan hisoblanadi.
Markaziy Osiyo respublikalari, xususan 0 ‘zbekiston aholisi ikki irqqa mansubdir. Yevropalik va kavkazlik millat vakillari va boshqalar yevropoid, aholisining, qolgan asosiy qismi (o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkm anlar, qoraqolpoqlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |