Iqtisodiy va


-jadval RIVOJLANAYOTGAN DAVLATLARNING R IVO JLANISH DARAJASI TURLICH A B O ‘LGAN MAMLAKATLARIDA T U G ‘IL ISH KO'RSATKICHLARI DINAM IK ASI



Download 19,79 Mb.
bet62/77
Sana30.08.2021
Hajmi19,79 Mb.
#159607
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
'Иктисодий ва сиёсий география асослари

5-jadval
RIVOJLANAYOTGAN DAVLATLARNING R IVO JLANISH DARAJASI TURLICH A B O ‘LGAN MAMLAKATLARIDA T U G ‘IL ISH KO'RSATKICHLARI DINAM IK ASI
M intaqalar va mamlakatlar 1970 -1975 y.y. 2001 yil A.R ivojlanish darajasi yuqoriroq

b o ‘lgan rivojlanayotgan m intaqalar va davlatlar.

Shim oliy Afrika 42 28

Janubiy-G 'arbiy Osiyo 40 21

Sharqiy Osiyo 28 15

Janubiy-Sharqiy Osiyo 41 23

H indiston 39 26

0 ‘zbekiston 34 22

Janubiy Amerika 35 25

B.Rivojlanish darajasi ancha past b o ‘lgan rivojlanayotgan

m intaqalar va davlatlar

Sharqiy Afrika 48 42

M arkaziy Afrika 44 46

G 'arbiy Afrika 49 42

Yam an Arab respublikasi 50 44

Pokiston 47 39

Afg‘oniston 49 43
So‘nggi yillarda 5-jadvaldagi A guruhi m intaqa va m am ­ lakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda salmoqli natijalarga erishdilar. Ular orasida 0 ‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari ham bor. Qadimdan bu m intaqalar va mamlakatlarda ko‘p bolalik o ‘ziga xos demografik mentalitet- ning asosiy mazmunini belgilab bergan. Shunga qaramasdan ulardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotda erishilgan yutuq- lar tug‘ilish ko'rsatkichlarida ancha erkin ijobiy siljish (ka- mayish)larga olib keldi.

Aksincha, 5-jadvalda keltirilgan В guruhi m intaqalari va mamlakatlari hozirgacha jahonning har jihatdan eng qoloq

103


hududlari bo‘lib kelmoqda. Ulardagi ishlab chiqarish tarmoq- laridagi qoloqlik va aholi ijtimoiy hayotidagi qashshoqlik o‘tgan o‘n yilliklar davomida tug‘ilish jarayonida biron ijobiy siljishlarning amalga oshishiga yo‘l bermadi. Tabiiyki, tug‘ilish darajasining o‘ta yuqoriligi, o ‘z navbatida, bu mamlakatlarda aholi sonining tez ko'payishiga, umumiy qashshoqlikning yanada oshishiga olib kelmoqda. Bu holatlar, oxir oqibat qashshoq mamlakatlar sonining kamaymasligiga, aksincha, yashash darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar bilan ular o'rtasi- dagi farqning yanada ortib borishiga olib kelmoqda. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar bilan tobora kambag'allashib borayotgan davlatlar o ‘rtasidagi siyosiy adovat va m ojarolar, diniy ekstremizm negizi ostidagi siyosiy terrorizm illatlarining ildiz otishiga sharoit tug‘dirmoqda.

4. Demografik siyosat. Davlatlar tomonidan aholi ko‘payi- shini tartibga solish va bu jarayonni boshqarish maqsadida olib boriladigan o ‘ziga xos siyosat turidir. Bu hil siyosatlar um um iy davlat siyosatining tarkibiga kirib, m a'm uriy, iqtisodiy, targ‘ibot kabi tadbirlar holida olib boriladi va uzoq tarixiy davrlardan buyon davlatlarda k o ‘p in ch a butun mamlakat, ba'zan uning alohida hududlari doirasida turlicha maqsad va manfaatlar nazarda tutilgan holda olib boriladi.



Olib boriladigan demografik siyosatning maqsad va yo‘na- lishlari ko‘p hollarda mamlakatlardagi demografik holatning qay darajadaligiga bog‘liq b o ‘ladi. Aholi ko‘payishining birinchi turi — demografik tanglik mamlakatlarida demografik siyosat ko‘proq tug‘ilishni va tabiiy ko‘payishni rag‘batlan- tirish, aholining migratsiya harakatlarida ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan bo‘ladi.

Deyarli barcha G ‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika m am lakatlarida tu g ‘ilishni rag‘b a tlan tiru v ch i va sifatli tarkibdagi migrantlarning kirib kelishini ta'minlovchi demog­ rafik siyosatlar olib borilmoqda. Boltiq bo‘yi mamlakatlarida olib borilayotgan demografik siyosatning muhim tom onlari- dan biri tug‘ilishni rag'batlantirish va M DH mamlakatlari, birinchi navbatda Rossiyadan ko'chib o ‘tishi mumkin bo‘lgan migrantlarning oldini to ‘sishga qaratilganligidir. Rossiya va Ukrainada harakatda bo‘lgan demografik siyosat esa ham tug‘ilishni rag‘batlantirish va ham ko‘chib keluvchilarga har taraflama sharoit yaratib berishga qaratilgandir. (Bu mamla-

104



katlarda turlicha olib borilayotgan demografik siyosatning sabablarini tushuntirib berishga harakat qiling.)

Um um an, faol demografik siyosat o ‘tkazish uchun avva- lo davlatning o ‘zi kattagina sarf xarajatlar sarflashga, uning aholisi esa bunday siyosatni tushungan holda qabul qilishga tayyor bo'lishi talab etiladi. Aks holda yurgiziladigan demog- afik siyosat, oddiy qilib aytganda, samara bermasligi, ba'zi hollarda noxush oqibatlarga (aholining noroziliklariga, diniy- etnik qarama-qarshiliklarga) olib kelishi mumkin. Aynan ana shu sabablarga ko‘ra demografik faollik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan aholi ko‘payishining ikkinchi turi (rivojlanayotgan) mamlakatlaming ko‘pchiligida demografik siyosat yo umuman o ‘tkazilm ayapti (Osiyo va Afrikaning asosan qoloq yoki musulmon mamlakatlarida) yoki ko‘zlangan samaralarni bera olmayapti (bir qator Lotin Amerikasi mamlakatlari).

Jahondagi eng yirik rivojlanayotgan mamlakatlardan Xitoy va H indistonda m ana yarim asr ancha tez o ‘sayotgan aholisining ko‘payishini kamaytirish maqsadida o ‘ziga xos demografik siyosat olib borilmoqda. Xitoyda har bir oilada 1 ta, Hindistonda esa 2 tadan ortiq bola tug‘ilishiga yo‘l bermaslikni ko‘zda tutuvchi demografik siyosatning qat'iy olib borilishi natijasida bu borada sezilarli ijobiy yutuqlarga erishildi. Har 1000 aholi hisobiga sof tabiiy ko‘payish ko‘rsat- kichlari hozirgi vaqtda Xitoyda 9, Hindistonda 17 kishini tashkil qilmoqda. Uzoq vaqtlar davomida olib boriladigan ana shunday siyosat tufayligina (Xitoy bunga misol b o ‘la oladi) jahonning boshqa mamlakatlarida ham aholining son jihatidagi o ‘sishida kerakli natijalarga erishish mumkin.

M uhim demografik jarayonlardan biri aholining o ‘rtacha um r ko‘rsatkichlaridir. Garchi inson organizmi uzoq umr ko‘rishga qodir bo‘lsada, bu imkoniyatdan barcha hududlar- da birdek foydalanib bo‘lmaydi. Aholining um r ko‘rishini belgilashda faol qatnashadigan geografik (tabiiy sharoit), moddiy (yashash darajasi), ijtimoiy (urf-odatlar, diniy aqida- lar, maorif, tibbiy xizmat) kabi omillar jahon mamlakatlarida tu rlich a holatd a ekanligi m a'lum . Tabiiyki bu om illar aholining jinslararo va turli yoshlararo o ‘lim ko‘rsatkichlariga, ayniqsa bolalar o ‘limi ko£rsatkichlariga joylarda xar-xil ta'sir ko‘rsatadi.

105


Qadim tarixiy davrlar davomida aholi hozirgiga nisbatan ancha kam um r ko'rishgan. M utaxassislar hisobiga ko‘ra aholining o 'rtacha umri so'nggi ming yilliklar davomida 30-

35 yosh atrofida bo‘lgan. XX asr davomidagina aholining o'rtacha umri ancha tez uzayib bordi.

BMT hisobiga ko‘ra jahon aholisining o ‘rtacha umri



hozirgi vaqtda 67 yoshni tashkil qiladi. Aholining o ‘rtacha umr ko'rish ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon mintaqalari orasida Yevropa alohida ajralib turadi. U nda (Sharqiy Yevropa mamlakatlari bu hisobga kirmaydi) aholining o ‘rtacha umri 77 yoshdan ortiqroqdir AQSH va Kanadadan iborat Shimoliy Amerikada ham aholining o'rtacha umri ana shu ko'rsatkich darajasidadir. Bu ular aholisi sayyoramiz aholisiga nisbatan o‘rtacha 10 yil uzoqroq um r ko‘radi, demakdir. Faqat bugina emas. Statistik m a'lum otlarga ko‘ra jahondagi iqtisodiy rivojlangan 30 ga yaqin m am lakatlarda aholining yoshi yuqorida qayd qilingan Yevropaning o ‘rtacha yoshidan ancha ortiqdir. Ularning aksariyati (15tasi) Yevropa mamlakatlaridir. Bu borada eng yuqori ko‘rsatkichlar esa Yaponiya (81 yosh), Shveytsariya (80 yosh) va Shvetsiya (80 yosh) larga tegishlidir. Qizig‘i shundaki, bironta ham sobiq sotsialistik respublikalari va sobiq Ittifoq tarkibidan chiqqan M DH mamlakatlari aholi­ sining o ‘rtacha umri Yevropa mamlakatlarining ko‘rsatkich- lariga tenglasha olmaydi. M asalan, u Rossiya (66 yosh), Ukrainada (69 yosh), 0 ‘zbekistonda (70 yosh)dir.

Jahon m intaqalari orasida aholining o‘rtacha um r ko‘ri- shiga ko‘ra eng past ko‘rsatkich Afrikaga tegishlidir. Unda bu raqam o ‘rtacha 53 (o‘rtacha erkaklar 52, ayollar 55 yosh)ga tengdir. Um um an jahon bo‘yicha ana shu yoshdan ham past ko‘rsatkich 35 mamlakatda qayd qilingan. Ana shularning

31 tasi Afrika, 3 tasi Osiyo (Afg‘oniston, Sharqiy Timor va Laos) va 1 tasi Amerika (Gaiti) qit'alarining vakillaridir. Aholining o ‘rtacha um r ko‘rishi ko‘rsatkichlariga ko‘ra eng past ko‘rsatkichlar esa Angola (38 yosh), Malavi (39 yosh), Ruanda (39 yosh) kabi Markaziy va Sharqiy Afrika davlat- lariga to ‘g‘ri kelmoqda.

Xulosa o ‘rnida shuni qayd qilm oq kerakki, aholining o 'rtacha um r ko‘rish ko‘rsatkichlarining shakllanishida mu- him o ‘rin tutadigan bir qator tarixiy — geografik, siyosiy-

106



ijtimoiy omillar orasida iqtisodiy omil alohida ahamiyatga egadir. Darhaqiqat, eng rivojlangan va eng qoloq mamlakat- larning bu borada erishgan natijalari fikrimizni yaqqol tasdiq- laydi.



5. Aholining jinsiy va yosh tarkibi. Tabiat insonlarni erkak va ayollardan iborat qilib yaratgan b o ‘lsa-da, aslida ular baravar miqdorda tug‘ilmaydilar. Demografik statistika

m a’lumotlarga ko‘ra har 100 tug‘ilgan qiz bola hisobiga 104- 107 o ‘g‘il bola dunyoga kelar ekan. Fiziologik xususiyatlari tufayli ularning o ‘zaro nisbati balog‘at yoshiga yetganda tenglashadi. Keyingi yoshlarda esa sekin-asta yerkaklarga nisbatan ayollar son jihatdan ustunlikka erisha boradi. Bu ustunlik ayniqsa keksalar o ‘rtasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biz bayon qilgan aholining jinsiy tarkibida yuz beradigan o ‘zgarishlar jahon bo‘yicha hozirgi vaqtda kuzatilayotgan



o ‘rtacha holatdir.

Shuning bilan birga aholining jinsiy tarkibidagi nisbatda bir-birlaridan farq qiladigan ijtimoiy-hududiy tafovutlar ham bor. M asalan, rivojlangan m am lakatlar aholisi tarkibida erkaklarga nisbatan ayollar son jihatidan ustunlikka ega bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ko‘pchiligida, aksincha, erkaklar ayollarga nisbatan ko‘plik qiladi. Buning asosiy sabablari birlarid a har taraflam a jinsiy tenglik, k e c h ro q tu rm u sh q u r ish g a k irish ish , kam tu g 'i l is h , erkaklarda alkogol va chekishga beriluvchanlikning ustunligi, ikkinchisida, esa qizlarni erta turmushga berish, ko‘p bolalik, ulardagi mavjud moddiy qiyinchiliklar tufayli erkaklar va ayollar o'lim ida keskin farqlar kelib chiqadi. Bular, o ‘z navbatida, dunyo m am lakatlari orasida bir-birlariga teskari ko‘rsatkichlardagi jinsiy nisbatning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Um um an olganda jahon bo'yicha erkaklar ayollarga nis­ batan hozirgi vaqtda 20 mln.ga ko'pdir yoki har 1000 ayolga 1009 erkak to ‘g‘ri keladi. Erkaklarning son jihatdan ustunligi, ayniqsa, Osiyoda ancha katta. Unda har 1000 ayolga o ‘rta- cha 1042 erkak to ‘g‘ri keladi. Bu, birinchi navbatda, (jahon bo‘yicha ham) Xitoy va Hindistondek eng yirik davlatlarda erkaklarning ayollarga nisbatan ancha ko‘pligi sababidandir. Yevropada esa bu borada um um an teskari holat mavjud.

107



Erkaklarga nisbatan ayollarning son jihatdan ustunligi ayniqsa Rossiyada aniq kuzatiladi. Unda har 1000 ayolga atigi 890 erkak to ‘g‘ri kelmoqda. Dunyoda uchinchi guruh davlatlar ham borki, (ular qatorida 0 ‘zbekiston ham bor), ularda erkaklar bilan ayollar nisbati deyarli baravar keladi.

Jinsiy nomuvofiqliklar ish bilan yaxshi ta'm inlangan yoki ishsizlik mavjud hududlarda, shahar va qishloq aholilari o ‘rtasida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Ma’lumki, aholi turli yoshlardagi insonlardan tarkib topa- di. U endi tu g ‘ilgan chaqaloqlikdan bolalik, o ‘sm irlik, navqironlik, yetuklik va keksalikkacha bo‘lgan davrlarni o ‘z boshidan kechiradi. Fanda aholining jamiyatda tutgan o‘rniga qarab bolalar (0-14 yosh), kattalar (15-60 yosh) va keksalar (60 yosh va undan yuqori) guruhlarga ajratishadi.

A holining yosh tarkibi ham rivojlanganlik darajasiga bog‘liq holda mamlakatlar o ‘rtasida bir-birlaridan ancha farq qiladi. O datda dem ografik tanglik kuchayib borayotgan rivojlangan mamlakatlar aholisi tarkibida bolalar hissasi ancha kam (20% dan kam), keksalar xissasi esa ancha katta (20% dan ko‘p) bo‘lsa, demografik faollik mavjud bo'lgan rivojla- nayotgan mamlakatlarda esa uning butunlay aksi kuzatiladi, ya'ni bolalar hissasi jam i aholiga nisbatan 40 % va keksalar hissasi 6 % ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlarni yanada yaqqolroq tasavvur qilish uchun ikki rivojlanish darajasi xar- xil bo‘lgan mamlakatlar ko‘rsatkichlarini keltiramiz.



Download 19,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish