M a’sul muharrir — Z .M . Akramov g.f.d., professor
M u a l l i f l a r : A. Soliyev g.f.d., professor,
I. Safarov g.f. n., dosent
T a q r i z c h i l a r : E.A.Ahmedov g.f.d., professor
Z.T. Abdalova g.f.n., dosent
A. Xasanov oliy toifadagi o ' qituvchi
© «Talqin» nashriyoti
0 ‘M K H T M , 2003-yil.
S O ‘Z B O SH I
Aziz talabalar! Siz 0 ‘zbekiston ham da jahon m am lakat lari iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursini o'qigansiz. Ushbu darslik mazkur fan b o ‘yicha olgan bilimlaringizni yanada chuqurlashtirish va mukammallashtirishga m o ‘ljallangan b o ‘- lib, u Sizning geografik fikrlashingizni takomillashtirishga xizmat qiladi, kelajakda oliy o 'quv yurtlarida tahsilni davom ettirishga va keyingi m ehnat faoliyatingizga zam in yasaydi.
X o‘sh, iqtisodiy geografiya nima, u nimaga kerak? Iqtisodiy geografiya (va um um an geografiya) to ‘g ‘risida-
gi bilimlar barcha uchun, hatto kasb va vazifasi bevosita geografiya bilan bog'liq bo'Imagan har qanday madaniyatli kishi uchun ham kerak. Hozirgi kunda bu fan oddiy tadbir- kordan tortib davlat miqyosida bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni mintaqaviy siyosat doirasida tartibga solib boruvchi boshqaruv ham da statistika tashkilotlariga q o ‘l kelmoqda.
«Iqtisodiy geografiya» — demak, bu yerda iqtisodiyot va uning hududiy tashkil etilishi nazarda tutilmoqda. Binoba rin, mazkur fan mutaxassisdan ayni vaqtda ham iqtisodchi, ham geograf b o ‘lm og‘ini talab qiladi; bu uning betakror va jozibali xususiyati, maqsadi, mohiyati va mazmunidir.
Biz kundalik hayotimizda iqtisodiy geografik fikrlashdan foydalanamiz, shunga ehtiyoj sezamiz. Zero, har qanday iqti sodiyot va ijtimoiy hodisa, albatta, ma'lum vaqt va muayyan joyda sodir bo'ladi. Masalan, Toshkent aholisi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Navoiy tog‘- kon metallurgiya kombi- n a t i , S h o ‘rtang gaz m a jm u asi, Xiva gilam k o m b in a t i , Samarqand turizmi, Farg‘ona pillachiligi, M arg‘ilon atlasi, Asaka avtomobil zavodi, C hortoq sanatoriyasi kabi tushun- chalar bir vaqtning o ‘zida u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy voqe- likni ham, uning qayerda joylashganligini ham anglatadi.
Biroq iqtisodiy geografiya ma'lum voqelik va hodisalar- ning faqat qayerdaligini emas, balkim avvalo nim a uchun aynan shu joyda rivojlanish xususiyati va qonuniyatlarini o ‘rgatishi kerak. U kishilarni kompleks, atroflicha mushohada yuritishga, « tabiat-aholi-xo‘jalik» tizimida fikrlashga undaydi. Tabiiy resurslarga, mamlakat va m intaqalar geografik o ‘rniga iqtisodiy baho berish, hududiy m ehnat taqsimoti, iqtisodiy rayonlashtirish va turli shakldagi hududiy m ajm ualarni tahlil qilishga o ‘rgatuvchi fan xuddi shu Iqtisodiy geografiya hisob lanadi. Binobarin, uning ilmiy va amaliy ahamiyati katta. Qolaversa, bu fanning tarbiyaviy, m a ’naviy, m adaniy va ma'rifiy jihatlari ham kam emas.
Darslikning kirish, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 11, 12, 13, 14 boblari geografiya fanlari doktori, professor A. Soliyev, 8, 9, 10 boblari esa geografiya fanlari nom zodi, dosent I.Safarov tom onidan yozilgan.
Mualliflar ushbu ishga bevosita o ‘z fikrlarini bildirgan ham da rasmiy taqrizchilar (g.f.d., professor E.A. Ahmedov, g . f . n . , d o se n t Z . A b d a lo v a va oliy to i fad a g i o ' q i tu v c h i
A. Hasanov)larga ma'sul muharrir — g.f.d., professor Z. Akra mov o ‘zlarining chuqur m innatdorchiliklarini izhor etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |