1. Ulkan mamlakatlar. Ularga hududi 1 mln km 2 dan ziyod bo‘lgan 29 mamlakat kiradi. Bu guruh mamlakatlar aholi yashaydigan yer yuzi umumiy maydonining sal kam 79 foizini o ‘zlarida birlashtiradilar. Ularda yer yuzi aholisining
61 foizidan ko‘prog‘i yashaydi. Bu guruh mamlakatlarning 2/ 3 qismidan ziyodrog‘i Afrika va Janubiy Amerikada joylash-
85
gan. Yevropada esa ulkan mamlakatlar umuman uchramaydi. Bu holatni Afrika va Janubiy Amerika siyosiy xaritasining asosan so‘ngi asrlarda shakllanganligi bilan tushuntirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |