IX BOB
IQTISODIY VA IJTIMOIY TARAQQIYOTDA HUDUDNING 0 ‘RNI
1. Hudud haqida tushuncha
Har qanday m amlakatning iqtisodiy va ijtimoiy geografik jihatidan o'rganilishi uning hududi (lotincha—territorium , terra — yer, mamlakat, demakdir) va aholisi ko‘rsatkichla- ridan boshlanadi. M amlakatlarning xilma-xil tabiiy resurs- lari — yer, mineral, suv, agroiqlim, o ‘rmon resurslari bilan ta'm inlanish holatlari ko‘p hollarda aynan barcha boyliklar- ning «onasi» hisoblanadigan hududning katta kichikligiga bog‘liqdir. Jahonda tabiiy resurslarga eng boy bo‘lgan Rossiya, AQSH, Kanada, Braziliya, Avstraliya, Xitoy, Qozog‘iston ayni bir vaqtda hududi eng yirik m am lakatlar hamdir. T o‘g‘ri, ayrim kichik hududli mamlakatlar ham ba'zan biron hil m i neral boyliklarga ancha boy bo‘lishi mumkin. Ancha kichik mamlakatlar bo‘lishiga qaramasdan Quvayt, Qatar, Bahrayn, BAAning neftga, Yamayka va Surinamning boksitga, Islandiya va Yangi Zelandiyaning geotermal energiyaga boy ekanligi bunga misol bo‘lishi mumkin.
Katta hududli mamlakatlarning tabiiy sharoiti ham ancha xilm a-xil b o ‘ladi. Tabiiyki, ularda hududning iqtisodiy o ‘zlashtirilishi va aholining o ‘rtacha zichlik darajalari bir xil bo‘lavermaydi. Bunday mamlakatlarda ancha yaxshi iqtisodiy o ‘zlashtirilgan hududlar bilan bir qatorda hali juda sust
o ‘rganilgan keng o ‘lkalar ham uchraydi. Rossiya, Kanada, Braziliya, Avstraliya, Xitoy ana shunday m amlakatlardandir. Aksincha, maydoni nisbatan kichik bo‘lgan mamlakatlarda odatda mavjud tabiiy resurslardan to ‘laroq foydalanishga erishilganligi uchun hududning iqtisodiy o‘zlashtirilish daraja si ancha yuqori bo‘ladi va ularda aholi zich yashaydi. Shu sababli ularning ko‘pchiligi iqtisodiy rivojlangan mamlakat- lardir. Bundaylarga Yevropaning ko'plab, Osiyo va Amerika- ning ayrim mamlakatlari kiradi.
84
Shunday qilib, hudud, bir tomondan, mamlakatlar ob’yek- tiv borlig'ining asosi, aholisini siyosiy va ijtimoiy-ma'naviy jihatdan birlashtirib turuvchi muayyan yer maydoni, ikkinchi tom ondan mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining m uhim omili sifatida qatnashadi. Zero, insoniyatning, u yashayotgan mamlakatlarning jami iqtisodiy, ijtimoiy va ma'- naviy boyliklari ana shu zaminda shakllanadi va rivoj topadi.
Tabiiyki, sayyoramiz barcha mamlakatlarining hududi turli xil iqtisodiy geografik sharoitga ega. Avvalo ular, hududla- rining katta-kichikligi, tuzilishi holatlari (yaxlit yoki tarqoq joylashganligi) turlichadir. Bunga agar hududning iqtisodiy geografik o ‘rni (IG O ‘), tabiiy sharoiti va resurslari kabi xusu- siyatlarini ham qo‘shadigan b o ‘lsa, davlatlar egalik qilib kelayotgan zamin (hudud) imkoniyatlari naqadar xilma-xil ekanligini tushunish qiyin emas. Bularning hammasi, hudud ning qanday hususiyatdaligidan qat'iy nazar, unga qandaydir muqaddaslik darajasini egallashga olib kelgan. Shu sababli aynan hudud uzoq tarixiy davrlar davomida son-sanoqsiz qonli urushlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmadi va inson tug‘ilib o'sgan yurtining har bir qarich yeri uchun o ‘zini, borlig‘ini qurbon qilmadi, deysiz.
Shunday qilib, jahon m amlakatlarining hozirgi hududiy ko‘rinishlari uzoq tarixiy davrlar davomida turlicha kechgan kurashlar va turli omillar ta'sirida shakllandi. Ular o'ziga hos m iqdor va sifat ko‘rsatkichlari bilan bir-birlaridan ajralib turadi.
2. Hududning miqdor ko‘rsatkichlari
Hududning m iqdor ko‘rsatkichlari, avvalo, uning um u miy maydoni, ularning katta-kichikligi holatlarida namoyon bo‘ladi. 2-jadvalda jahon davlatlari va mamlakatlari hududi- ning kattaligiga ko‘ra miqdor ko‘rsatkichlar keltiriladi.
Jadval ko‘rsatkichlari asosida jahon mamlakatlarini hudu- dining kattaligiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |