Iqtisodiy va


Tugamaydigan tabiiy resurslarga



Download 19,79 Mb.
bet48/77
Sana30.08.2021
Hajmi19,79 Mb.
#159607
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
Bog'liq
'Иктисодий ва сиёсий география асослари

Tugamaydigan tabiiy resurslarga ko‘proq kelib chiqish negizi fazo bilan bog‘liq bo ‘lgan Quyosh, shamol, dengiz va okeanlar, yerning ichki (geotermal) energiyalari va agro- iqlim im koniyatlari hamda yadroviy (atom ) energiya vosi- talari kiradi. Ular tabiatda amalda cheksiz ko'lam da mav- juddir.

Tugaydigan tabiiy resurslarga yer-tuproq, mineral, chu- chuk suv, o ‘simlik, hayvonot, rekreatsiya kabi boyliklar kiradi. Ular o ‘z navbatida tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslarga ham bo‘linadi. 0 ‘rni tiklanishi mumkin bo‘lgan tabiiy resurs­ larga tuproq, o ‘simlik, hayvonot, rekreatsiya, inson iste’mol (daryo va chuchuk ko‘llar, yer osti) qiladigan chuchuk suv kabilar kiradi. 0 ‘rnini tiklab bo‘lmaydigan tabiiy resurslarga turli xil yer osti (mineral)boyliklari kiradi.

Tabiiy resurslarning asosiy qismi insoniyat taraqqiyoti- ning barcha bosqichlarida ham turli m oddiy ishlab ch i­ qarish tarm oqlari uchun qim m atbaho xom ashyolar sifatida xizm at qilib kelgan va bundan keyin ham shunday b o ‘lib qoladi.

79

0 ‘z - o ‘zidan ma'lumki, inson dastlabki davrlarda o ‘zini o ‘rab turgan va bemalol qo‘li «yetadigan» o ‘simlik va hay- vonot, suv va tuproq kabi tabiiy (tugaydigan) resurslardan keng foydalangan. Keyinroq esa foydalanish ancha m urak­ kab bo‘lgan yer osti (mineral) boyliklarni (tugaydigan) iste'mol qilishni o‘zlashtirib olgan. Bu hoi hozirgacha davom etmoqda. Bunga qo‘shimcha qilib, aynan tugaydigan tabiiy resurslardan foydalanish sur'atlarining so‘ngi yillarda misli ko‘rilmagan darajada tezlashib ketganligini alohida qayd qilmoq kerak.

Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, agar insoniyat o ‘rta asrlar (Beruniy, Ibn Sinolar) davrida atigi 18 xil kimyoviy element va ularning birikmalarini ajratib olishni uddalagan bo‘lsa, ularning soni XVII asrda 25, XX asr boshlarida 54 va XXI asr boshlarida sun'iy yo‘l bilan olingan elem entlarni ham qo‘shib hisoblaydigan bo'lsak, 100 xildan ko‘proqni tashkil qiladigan bo‘ldi. Tabiiy resurslarni o ‘zlashtirish hajmi shu qadar tezlashdiki, so‘ngi 30 yil ichida homashyo sifatida yer qa'ridan qazib chiqarilgan mineral boyliklar hajmi undan oldingi jam i qazib olingan umumiy darajadan ham ancha ortiqlik qiladi. Bu tezlashish jarayoni bundan keyin ham ortib borishi kutilmoqda.

Tugamaydigan tabiiy resurslardan insoniyat ehtiyojlarida foydalanish avvalo katta bilim va mablag‘larni talab qilganligi sababli shu vaqtga qadar ulardan juda kam foydalanib kelindi, g o ‘yo b u n d an keyingi avlodlar uch u n ataylab saqlab qo‘yilgandek. Hozirgi FTI davrida ulardan keng foydalanish imkoniyatlari yaratilmoqda va kelajakda ulardan foydalanish taboro kuchayib boraveradi.

Tabiiy resurslar yer yuzasi bo‘ylab ancha notekis joylash­ gan. Bu avvalo quruqlik, dengiz va okeanlarning geografik kengliklar va iqlimiy mintaqalarda turlicha joylashganligi, yer osti qazilma boyliklari hosil bo‘lish sharoitlari (tektonikasi)- ning m intaqalarda turlicha kechganligi bilan bog‘liqdir. Shu sababli jahonda tabiiy resurslar bilan ancha yaxshi ta’min- langan mamlakatlar, hududlar mavjud. Fors qo‘ltig‘i neft va tabiiy gazga, And mamlakatlari mis va polimetallga, Shimoliy yarim shaming o ‘rta kengliklari va ekvotrial mintaqa hudud- lari suv va o ‘rmonlarga ancha boy. Rossiya, AQSH, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya kabi bir qator davlatlar amalda

80



tabiiy resurslarning deyarli barcha xillari bilan yaxshi ta’min- langan. Shuning bilan birga ko‘pgina mamlakatlar muhim tabiiy boyliklarning bir yoki bir necha turlarigagina ega. Jahonda uchinchi xil mamlakatlar ham borki, ular tabiiy boyliklar, ayniqsa, m ineral resurslarning hatto biron bir hayotiy ahamiyatli turlari bilan ham kerakli darajada ta'm in- lanmagan.

Sobiq Ittifoq respublikalaridan Qozog‘iston, Ukraina, 0 ‘zbekiston turli mineral boyliklarga ancha boy, Moldava, Boltiq bo‘yi respublikalarining aksincha, ancha kambag‘al ekanliklarini qayd qilmoq kerak.

AQSHdek tabiiy resurslar bilan yaxshi ta'm inlangan mamlakat atigi 22 xil mineral xom ashyo bilangina o'zini to ‘la ta'minlay oladi. U, to 15-20 foizgacha bo‘lgan o ‘ziga kerakli mineral homashyolarni esa import hisobiga qondira- di. G ‘arbiy Yevropa mamlakatlari o ‘z ehtiyoji uchun zaruriy mineral boyliklarning 70-80 foizigacha boshqa mamlakat- lardan sotib oladi. Bu ko ‘rsatkich Yaponiyada to 90-95 foizgacha boradi.

Tabiiyki, mamlakatlar taraqqiyotida tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi muhim iqtisodiy va siyosiy ahamiyat- ga ega. Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi deganda tabiiy resurslarning umumiy ko‘lami ko'rsatkichlari bilan ulardan foydalanish miqdori o'rtasidagi nisbat tushuniladi. U tabiiy resurslarning necha yillargacha yetishi yoki resurs zaxira ko‘rsatkichlarining aholi jon boshiga to ‘g‘ri kelishi na- tijalari bilan ifodalanadi.

Tabiiy resurslar iqtisodiy taraqqiyotda ancha ahamiyatli bo‘lganligi sababli uzoq tarixiy davrlar davomida mamlakatlar siyosatini, demak turli davrlar siyosiy hayotini belgilashda muhim rol o ‘ynab kelgan. Tarixda yuz bergan ko‘pchilik urushlarning kelib chiqishida, ko‘p jihatdan joylarning boy yaylovlari, suvli va serhosil tuprog'i, go‘zal tabiat go‘shalari, oltin yoki boshqa boyliklarga ega bo'lgan konlari va boshqalar ham sabab bo‘lgan.

Tabiiy resurslarning ijtimoiy-siyosiy hayotga ta'siri ayniqsa, hozirgi vaqtda o ‘zining yuqori darajasiga ko‘tarildi. So‘ngi yillarda turli tabiiy, ayniqsa, mineral xomashyolar taqchilligi- ning kuchayib, ekologik vaziyatning murakkablashib borishi,

6 - 81

G ‘arb bilan Sharq, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o ‘rtasida mavjud kurashlarning yanada avj olishiga olib kel­ moqda. Uzoq davom etayotgan Yaqin Sharq, Afg‘oniston, Fors qo‘ltig‘i hududlari, Janubiy-Sharqiy Osiyo so‘ngi vaqt- larda Markaziy Osiyo uchun kechayotgan siyosiy kurashlar negizida ko‘p jihatdan qimmatli tabiiy resurslarga egalik qilish manfaatlari ham yotadi. AQSH va Rossiya, G 'arbiy Yevropa va Uzoq Sharq mamlakatlarining bir-birlari bilan ayrim hol- larda ochiqdan-ochiq, ko'pincha esa yashirin, ammo ayovsiz kurashlari oxir-oqibat har birlarining iqtsodiy manfaatlariga kelib taqaladi.



Shuning bilan birga alohida ta'kidlash lozim ki, tabiiy resurslar m am lakatlar iqtisodiy va ijtim oiy taraqqiyotida qanchalik m uhim rol o ‘ynam asin, hozirgi FTI davrida ular birlam chi aham iyatga ega b o ‘la olmaydi. Buni hayot turli m iso lla rd a ta sd iq la y d i . B ir q a to r G ‘arb iy Y ev ro p a , Yaponiya davlatlari, Osiyoning yangi industrial m am lakat- lari deyarli biron xildagi tabiiy boyliklar bilan yetarli ta'm inlanm agan. Shunga qaram asdan ular hozirgi vaqtda ijtim oiy taraqqiyotda ulkan natijalarga erishganlar. Aksin- cha, tabiiy resurslarning k o ‘pgina tu rlari bilan yaxshi ta 'm in lan g an k o ‘plab A frika, O siyo, L otin A m erikasi m am lakatlari esa iqtisodiy jih atd an hozirgacha jahonning qoloq davlatlari qatorida kelm oqda.

Demak, turli tabiiy resurslarning haqiqiy iqtisodiy boylikka aylanishida oxir oqibat boshqa omillar, birinchi navbatda, inson omili, uning ilmiy va amaliy salohiyati hal qiluvchi ahamiyatga egadir.



Download 19,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish