3-jadval
JA H O N DAVLATLARI VA MAMLAKATLARINING D EN G IZ VA OKEANLARGA NISBATAN JO Y L A SH ISH I
Shundan Yirik M am la D engiz va M aterik
m intaqalar katlar soni okeanlar ichkarisida Orollarda
bo'yida joylashgan
joylashgan joylashgan
1 M D H 12 3 9 -
2 Yevropa 40 23 13 4
3 Osiyo 39 20 12 7
4 Afrika 56 36 15 5
5 Am erika 49 20 2 27
6 Avstraliya va
Okeaniya 26 1 - 25
Jahon bo'yicha 222 103 51 68
3-jadval m a’lumotlari shuni ko'rsatadiki, jahondagi 103
davlat va m am lakatlar bevosita dengiz va okean bo‘ylarida joylashgan. Bularga 68 ta orollarda joylashgan davlat va mamlakatlarni ham qo‘shadigan bo‘lsak, ular mutlaqo katta qismining ijtimoiy hayoti to ‘g‘ridan to‘g‘ri dengiz va okeanlar bilan bog‘liq ekanligi ma'lum bo‘ladi. Ijtimoiy hayoti dengiz va o k ean la r bilan bevosita b o g ‘liq b o ‘lgan bu guruh m am lakatlarning umumiy soni jamiga nisbatan sal kam 77
% ni tashkil qiladi. Albatta, dengiz va okeanlar b o ‘yida joylashgan barcha m am lakatlarning IG O ‘ni ham birdek xususiyatlarga ega deb bo‘lmaydi. Jahonning yirik mintaqa va davlatlarini bir-birlari bilan bog‘lovchi serqatnov dengiz
92
yo‘llari, kanallar, bo‘g‘ozlar bo'yida joylashgan mamlakat- largina (xarita va atlaslarga qarab bunday mamlakatlarga misollar toping) eng qulay IG O 'ga egadirlar. M amlakatlar serqatnov dengiz yo'llaridan qanchalik chekkada joylashgan b o ‘lsa, ularning IG O ‘si qulayliklari, tabiiyki, shu darajada pasayib boradi.
Jahon mamlakatlari orasida atigi 51 tasi dengiz va okean- lardan turli uzoqlikda, m ateriklar ichkarisida joylashgandir. Bunday m am lakatlar Avstraliya va O keaniyani hisobga olmaganda, jahonning barcha yirik mintaqalarida mavjuddir. Ammo, ularning ham IG O ‘i birdek noqulaylik xususiyatiga ega emas. Mazkur guruh mamlakatlarning bir qismi (undaylar ayniqsa Yevropada ko‘pchilikni tashkil qiladi) hududlaridan oqib o'tadigan yirik daryolar yoki kanallar orqali dengizlar bilan bog'Ianish imkoniyatlariga ega. Ularning yana bir qismi yon qo‘shnisi orqali atigi bir necha yuz kilometr masofalik yo‘l bosib dengiz bo'ylariga chiqa olishlari mumkin. Ammo, ularning uchinchi bir qismi yuzlab, hatto minglab kilometr yo‘l bosib, bir necha davlatlar hududi orqaligina dengiz bo‘y- lariga chiqishiga to ‘g‘ri keladi. Bunday davlatlarning aksariyati Markaziy Osiyo va Markaziy Afrikada joylashgandir. 0 ‘z- o'zidan ko‘rinib turibdiki, materiklar ichkarisida joylashganlar orasida bir qism m am lakatlar IG O ‘i halqaro iqtisodiy aloqalarni tashkil qilish nuqtai nazaridan ancha katta noqu- layliklarga egadirlar. M amlakatlar o‘zlarining IG O ‘ni ozgina bo‘lsa-da yaxshilash uchun qanday ishlarni amalga oshirish- lariga to 'g 'ri kelishini yuqorida Markaziy Osiyo mamlakatlari to m o n id a n m u s taq illik y illa r id a b a ja rg an va am alga oshirayotgan ishlari misolida ko'rish mumkin.
Shunday qilib, muayyan hudud va mamlakatlarning IG O ‘ xususiyatlarining shakllanishida dunyo dengiz va okeanlari- ga nisbatan qanday joylashganligi holati muhim omil sifatida qatnashadi. 0 ‘z navbatida bular hududning sifat ko‘rsatkich- larini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |