Iqtisodiy va



Download 19,79 Mb.
bet55/77
Sana30.08.2021
Hajmi19,79 Mb.
#159607
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
'Иктисодий ва сиёсий география асослари

diy geografik o‘rni (IG O ‘) xususiyatlari ham muhim o ‘rin tutadi. Zero, hudud IG O ‘ ning qulay yoki noqulaylik holatlari mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyoti jarayonida u yoki bu tarzda xizmat qiladi, ko'pchilik hollarda ularning qulayligi juda muhim omil sifatida qatnashadi. Bu haqiqatni Yaponiya va G'arbiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishi darajalari ko‘rsat- moqda. U mamlakatlarning o ‘zlarida ko'pchilik zaruriy tabiiy resurslar yetishmasligiga qaramasdan avvalo IG O ‘ ning ancha qulayligi sababli yuksak rivojlanish darajasiga erisha oldilar. Aksincha, jahonda o‘nlab turli tabiiy resurslarga boy bo‘lgan mamlakatlar ham borki, ular ko‘p hollarda iqtisodiy taraq- qiyotda IG O ‘ ning noqulayligi uchun yuqori mavqelarga erisha olgan emas. Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikaning mate- rik ichkarisida joylashgan ayrim mamlakatlari shular qatoriga kiradi.

Xo‘sh, IG O ‘ nima va uning xususiyatlari nimalarda na- moyon bo‘ladi?

Har qanday hudud — mamlakat sayyoramizning muayyan qismlarida joylashgan. Ular ma'lum geografik kenglik, m inta­ qalar va relyef sharoitida, dengiz va okeanlarga yaqin yoki uzoqda, turlicha rivojlangan va ijtimoiy-siyosiy jihatdan tinch yoki notinch mamlakatlar bilan chegaradoshlik holatida joy­ lashgan bo'ladi. Bu va shunga o‘xshash geografik ko‘rsatkich- larning sintetik yig'indisi hududlarning IG O ‘ xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Ular birgalikda m am lakatlar IG O ‘ning qulay yoki noqulay bo‘lishiga olib keladi.

Shuning bilan birga IG O ‘ xususiyatlari ancha tez o ‘zga- ruvchanlik xarakteriga ham egadir. M amlakatlar o'rtasidagi siyosiy munosabatlarning holati, hududlararo magistral yo‘llar

89



va yirik kanallarning o ‘tkazilishi, yoki, aksincha ularning yopib qo'yilishi, yirik konlarning topilishi yoki zaxirasining tugab qolishi muayyan joylar va mamlakatlarning IG O ‘ni yaxshi yoki yomon tom onga tez o'zgartirib yuboradi. Bunga

/> ko‘plab misollar keltirish mumkin.

Ma'lumki, m iloddan oldingi II asrdan XVI asr oxirigacha jahon ijtimoiy taraqqiyotida alohida o ‘rin tutuvchi «Buyuk ipak yo‘li» harakatda bo‘lgan edi. Yevraosiyo materigining Sharqini G ‘arbi, Janubini Shimol bilan chambarchas bog‘lab kelgan bu yo‘l aynan Markaziy Osiyo — 0 ‘zbekiston hududi orqali o ‘tar edi. «Buyuk ipak yo‘li» tufayli uzoq davom etgan davrlarda bizning o ‘lkalarimizning IG O ‘ katta qulayliklarga ega bo‘lgan. Shu sababli u davrda bu mamlakatlarda ishlab chiqarish, fan, madaniyat yetuk rivojlanish darajasiga erishgan edi. Bu esa, o ‘z navbatida bu yurtlardan o‘nlab mutafakkirlar, daholar yetishib chiqishiga qulay sharoit yaratgan edi.



Keyinchalik G ‘arb bilan Sharqni bog‘lovchi qulay den­ giz yo‘llarining ochilishi bilan «Buyuk ipak yo‘li» inqirozga uchradi. Bu holat M arkaziy Osiyoning IG O ‘ning yomonla- shuviga, ijtimoiy hayot rivojlanishining tushkinligiga olib keldi. Oqibatda bu yo‘llarda uzoq davom etgan qoloqlik davri boshlandi. «Buyuk ipak yo‘li» bo‘ylab karvonlar qatnovining to ‘xtab qolishi nafaqat Markaziy Osiyo, balki Eron, Iroq va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlarining ijtimoiy rivojlanishiga ham salbiy ta 's ir etm asdan qolm adi. A ksincha, dengiz transportining tobora rivoj topishi Angliya, Niderlandiya, Ispaniya, Portugaliya, Rossiya kabi ko‘plab Yevropa m am ­ lakatlarining IG O ‘ ning yaxshilanishiga, oqibatda bu m am ­ lakatlarning tez yuksala borishiga olib keldi.

1886 yilda Suvaysh va 1914 yilda Panama kanallarining qurib ishga tushirilishi, birinchi navbatda, Misr va Panama, qolaversa, Yaqin Sharq va Markaziy Amerika m am lakat­ larining ilgari noqulay bo‘lgan IG O ‘ ning keskin yaxshilani­ shiga olib keldi. Xuddi shunday Fors qo‘ltig‘i bo‘yi m am la­ katlarida II jahon urushidan keyingi davrlarda boy neft va gaz konlarining, uzoq Avstraliya, Braziliya, Kanada, boshqa ayrim Amerika, Osiyo davlatlarida yirik tem ir rudasi, rangdor m e ta lla r va boshqa m in eral boylik k o n larin in g ishga tushirilishi ular IG O ‘ning ham ancha yaxshilanishiga olib keldi.



90


Sobiq Ittifoq davrida 0 ‘rta Osiyo respublikalari xususan 0 ‘zbekiston jahonga faqat Rossiyaning markaziy rayonlari orqaligina chiqa olar edi. Tabiiyki, bu holat 0 ‘rta Osiyo m am lakatlari IG O ‘ ni yom onlashtirgan, bu esa ularning manfaatlariga mos emas edi. Shu sababli ular mustaqillik yillari boshlaridanoq jahon bozorlariga olib chiqadigan qulay- roq aloqa yo'llarini tashkil qilishga kirishdilar. Shunga ko‘ra o‘tgan yillar davomida Qozog‘iston hududi orqali Xitoyning Tinch okeani bo‘ylariga, Turkmaniston hududi orqali, Eron- ning Fors ko'rfazi va Kavkazning Qora dengiz sohillari bo‘ylab joylashgan dengiz portlariga olib boradigan qo‘shim- cha tem ir yo‘l va avtomobil transporti yo‘laklari tashkil qilindi. 0 ‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistonga va undan Pokiston ham da Eronning dengiz b o ‘ylariga, Qirg‘iziston hududi orqali Xitoyning Tinch okeani sohillariga eltuvchi yanada qulayroq qo‘shimcha transport yo‘llari tashkil qilish harakatlari olib borilmoqda. Bunday o ‘zgarishlar Markaziy Osiyo m am lakatlari, jum ladan 0 ‘zbekiston IG O ‘ ga xos noqulayliklarini tobora bartaraf etishga olib keladi.

Keltirilgan misollardan ayrim hudud yoki mamlakatlar IG O ‘ ning qulay yoki noqulaylashishi nim alarga bog‘liq ekanligini anglab olish mumkin. Xo‘sh, qanday geografik omil mamlakatlarning IG O ‘ni belgilovchi asosiy me'yoriy ko‘r- satkich darajasida qatnashadi? M amlakatlar IG O ‘ xususiyat- larini belgilashda qatnashuvchi xilma-xil omillar orasida eng asosiy bo‘lib, hech shubhasiz, ularning dengiz va okeanlarga nisbatan qanday joylashganligi hisoblanadi. D engiz va okeanlarga to ‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa oladigan mamlakatlarning IG O ‘ shunday imkoniyatlarga ega bo‘lmagan mamlakatlar- nikiga nisbatan ancha qulayligi bilan ajralib turadi. Bu qulaylik avvalo mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini, mamla- katlararo munosabatlarni tashkil qilishda ko‘zga tashlanadi. Ma'lumki, mamlakatlararo turli iqtisodiy, ijtimoiy va siyo­

siy aloqalarni tashkil qilishdan jahonning barcha m am lakat­ lari, ular qanday rivojlanish darajasida b o ‘lishidan qat'iy nazar, birdek manfaatdordir. Hozirgi vaqtda eng riivojlangan mamlakat qatorida rivojlanish darajasi past bo‘lgan mamlakat ham jahonning turli mintaqalaridagi tashqi bozorlar bilan bog‘lana olmasdan taraqqiyotga erisha olmaydi. Mamlakatlar­ ning yuz ming tonnalab ayirboshlaydigan eksport-im port

91


aloqalarini kerakli manzillarga yetkazib berishda dengiz trans­ porti katta qulayliklarga egadir. Dengiz bo‘yida joylashish- ning mamlakatlar IG O ‘ni belgilashdagi ahamiyati juda katta. Ana shularni hisobga olib, jahon davlatlari va mamlakat- larning dengiz va okeanlarga nisbatan qanday joylashganligi holati bilan tanishamiz. Uning holati jadvalda aks ettirilgan.



Download 19,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish