IQTISODIY GEOGRAFIYADA TABIAT VA JAMIYATNING ALOQADORLIGI
Tabiat bilan jamiyat, tabiat va inson munosabati geogra fiya fanining bosh falsafiy masalasidir. Aynan shu masala tabiiy va iqtisodiy, aniqrog‘i ijtimoiy geografiyani birlashtiradi, o ‘zaro aloqadorlikda rivojlanishini taqozo etadi.
Tabiat va inson o'rtasidagi m unosabat ikki tom onlam a b o ‘lib, u ilmiy muvozanat holatini saqlab qolm og'i lozim. Ushbu dialektik va dinamik muvozanat eng avvalo insonning tabiatga qay darajada ta'sir ko‘rsatishiga, uning tabiat qonun- larini qanchalik e’tiborga olganligiga bog‘liq.
Yer shari va uning alohida qismlarining ta’sirini shunga mos holda tabiiy geografiya o ‘rganadi. Biroq, bu juftlikning ikkinchi tomonini, ya'ni jamiyatni yoki insonni faqat iqtisodiy geografiyaga taalluqliligi noto‘g‘ridir, chunki «inson va tabiat»
«tabiat va jamiyat» b o ‘lishi mumkin, am m o «tabiat va iqtisod» u n ch a qovushm aydi. Shuning u ch u n iqtisodiy geografiya garchi ijtimoiy geografiyaning asosiy qismi b o ‘lsa-da, m urak kab jamiyat hayotini o ‘rganuvchi fan albatta keng qamrovli ijtimoiy geografiya hisoblanadi.
Tabiat inson, jam iyat rivoji u chun eng avvalo sharoit yaratadi va bu sharoit qulay yoki noqulay b o ‘lishi mumkin. Binobarin, m am lakat va m intaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivoj lanish darajasini faqat tabiiy omillar bilan belgilash n o to ‘g ‘ri- dir. Bunday holda biz geografik determ inizm ning n o to ‘g ‘ri talqiniga o ‘tib qolamiz.
Ma'lumki, jamiyat rivojlanishi turli xil tabiiy, tarixiy, siyo siy, texnologik va boshqa omillarga bog‘liq. Shularga mos holda geografik, biologik, tarixiy, texnologik determinizm haqida so‘z yuritish m um kin («dete» — belgilash, aniqlash m a'nosini bildiradi). D eterm inistik dunyoqarash hodisa va voqeliklar ostida yotgan sabab-oqibat aloqadorligini, dialektik qonuniyatlarni anglab olishga yordam beradi. Biroq uni
32
haddan tashqari bo‘rttirib yuborish ham xatodir. Sababi-jami- yat rivojlanishi faqat u yoki bu omilgagina emas, balki k o ‘p- gina sharoit va omillar majmuiga bog‘liq. Ayni vaqtda deter- m inizm ni tam om ila inkor etish ham n o to ‘g ‘ridir, chunki yuqoridagi om illarning ta'siri u yoki bu darajada albatta mavjud.
0 ‘tm i s h d a , m a s a la n X V I I - X I X a s r la rd a g e o g rafik determinizmga juda katta e'tibor berilgan, hatto kishilarning xarakteri, yurish-turishi davlat tuzumi ham faqat m am lakat ning tabiiy sharoiti (ayniqsa iqlimi va yer usti tuzilishi), geogra fik joylanishi bilan tushuntirilgan. Ma'lumki, tog‘ va tekislik, sovuq yoki issiq, cho‘l yoki vohada yashovchilar bir-birlaridan xulq-atvor, yurish-turishlari bilan farq qiladilar. Bu haqda va- tandoshimiz Abu Rayhon Beruniy: « Odamlar tuzilishining, surat, tabiat va axloqda turlicha b o ‘lishi faqatgina nasablari- ning turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yerning turlichaligidan hamdir» deb yozgan edi. Bu albatta haq gap. Lekin tabiiy geografik omillar orqali mamlakat va rayonlar- ning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini, ularning siyosiy tuzumini uzil-kesil izohlash ham to ‘g‘ri emas.
Geografik determ inizm ni jam iyat rivojlanishida birdan- bir omil sifatida qarash ayniqsa, Germaniya, AQSH va Buyuk Britaniyada keng tarqalgan edi. G erm aniya va Shvetsiyada hududga siyosiy m azm un berish asosida, geografik determ i- nizm ning siyosat bilan q o ‘shilishi natijasida o ‘ta reaksion geografik siyosat, geosiyosat vujudga kelgan edi. U n ing asoschilari nemis F. Ratsel va shved R. Chellen b o ig a n (XIX asr). Aynan ana shunday mafkura, jahonni qayta taqsimlash haqidagi geosiyosiy qarashlar ja h o n urushlarini, xalqaro mojarolarni keltirib chiqargan.
Fransiyada vujudga kelgan possibilizm (A. Blash) tabiat - ga b o ‘lgan munosabatni biroz «yumshaytirilgan» y o ‘nalishi hisoblanadi. Ushbu g‘oya asosida tabiiy sharoitdan foydala- nish imkoniyat va variantlari, unga moslashgan va muvofiq holda xo‘jalikni yuritish yotadi. Demak, shunday dunyoqarash haqiqatga birm uncha yaqindir, am m o bu yerda ham tabiat ustunligi va ayni vaqtda inson kuch- qudratining tabiat oldida zaifligi sezilib turibdi.
U m u m an olganda, tabiat va jamiyatning u yoki bunisiga katta urg‘u berish ham noto‘g ‘ridir; ular tarozuning ikki palla-
Do'stlaringiz bilan baham: |