Mustaqillik davrida iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yangi siyosiy va iqtisodiy sharoitda rivojlanib kelmoqda. Eng avvalo
29
ta ’kidlash lozimki, mazkur fanning asosiy g‘oya va tushun- chalari hududiy m ehnat taqsimoti, iqtisodiy rayonlashtirish, hududiy ishlab chiqarish m ajm ualari va boshqalar ilmiy ahamiyatini hozir ham saqlab qolgan, ularga faqat « kommu- nistik» dunyoqarash, o ‘ta markazlashgan totalitar tizimni planlashtirish prinsiplaridan holi holda yondashuv kerak, xolos.
Iqtisodiy geografiya fanining mustaqillik davridagi rivoj- lanishi m am lakatim izning siyosiy mustaqillikka erishuvi va uning iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o ‘tishi bilan belgi- lanadi. Shuningdek, bu fanning yangi vazifalari ham vujudga keldi. U lar jumlasiga 0 ‘zbekistonning yoqilg'i-energetika, don, yo‘l (transport) mustaqilligiga erishishi, qishloq joylar- ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni davlat tom onidan tartibga solib borish, m in ta qaviy iqtisodiyot va mintaqaviy siyosat, iqtisodiy geografiya ning ekologik m uam m olari va boshqa dolzarb masalalarni o 'rganish kiradi.
Respublika olimlari iqtisodiy geografiyada siyosiy, ijtimoiy, tarixiy, ekologik yo‘nalishlarni yanada rivojlantirishga jiddiy aham iyat berm oqdalar. Bularning natijasida noan'anaviy mavzular, chunonchi, aholiga xizmat ko‘rsatish, fan va ilmiy tadqiqotlar, tibbiyot geografiyasi b o ‘yicha nomzodlik disserta- tsiyalari muvaffaqiyatli yoqlandi, siyosiy, jinoyatchilik, rekrea- tsiya va xalqaro turizm geografiyasi bo‘yicha ham ilmiy tadqi qotlar olib borilmoqda.
K o ‘rinib turibdiki, 0 ‘zbekistonda ham iqtisodiy geogra fiya «frontal» rivojlanib, boshqa, jahonning ilg‘or mamlakatla rida b o ‘lganidek, asta-sekin keng ma'nodagi ijtimoiy geogra fiyaga aylandi. Shu bilan birga uning tarkibiy qismi hisoblan- gan iqtisodiy geografiya mustaqil mamlakatimizning bozor m unosabatlariga o ‘tishi bilan bog‘liq hududiy m uam m olarni tadqiq qilishda o ‘zining munosib hissasini q o ‘shib bormoqda. Iqtisodiy geografik tadqiqotlar 0 ‘zbekiston Milliy universi- teti, T oshkent iqtisodiyot universiteti, 0 ‘z FA Geografiya b o ‘limi, Sam arqand, N am angan, Farg‘ona, Nukus, Termiz universitetlarida, Toshkent moliya institutida olib borilmoqda. Ushbu fanning rivojlanishida 0 ‘zbekiston Respublikasi G eog rafiya jam iyatining xizmati ham beqiyosdir. Ayni vaqtda mamlakatimizning yetuk olimlari, ilmiy maktab va markazlari
30
xorijiy davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Fede- ratsiyasi, Ukraina, Q ozog‘iston, Qirg‘iziston respublikalari) bilan ham uzviy aloqada tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Shu bilan birga iqtisodiy geografiya fani oldida turgan vazifalar ham talaygina. Ular eng aw alo mazkur fanning yangi sharoitda nazariy m asalalarini o ‘rganish, uning o b ro ‘ va nufuzini k o ‘tarish, m am lakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojla- nishining hududiy tom onlarini chuqur tadqiq qilish va bu borada ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish, um um ta'lim va oliy o ‘quv yurtlariga, kollej va akademik litseylarga o ‘qituv- chilarni ham da ularga zamonaviy o ‘quv qo‘llanma va darslik- larni tayyorlashdan iborat.
Hozirgi o ‘zgaruvchan hayotda iqtisodiy geografiyaning ahamiyati yanada oshib borm oqda. U harakatdagi dunyoni, xalqaro, milliy va mintaqaviy iqtisodiyotni turli miqyosda o'rganadi, yuksak geografik madaniyat va geografik fikrlashni shakllanishiga katta xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |