Iqtisodiy va madaniy hayot


Alovuddin Muhammad-Xorazmshohlar davlatining so’nggi hukmdori



Download 107,86 Kb.
bet22/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

Alovuddin Muhammad-Xorazmshohlar davlatining so’nggi hukmdori.
Xorazmshohlar davlati taxti uchun kurash avjiga chiqdi. Takashning o’limidan so’ng o’rniga 1200 yil uning o’g’li Aloviddin Muhammad taxtga keldi. Bundan norozi bo’lgan Muhammadning o’gay og’asi, Nishopur hokimi Hinduxon taxt uchun kurashish maqsadida qo’shin to’plash uchun Marvga jo’nab ketdi. Ammo bir muammo bor ediki, u ham bo’lsa Takashning xotini va Aloviddin Muxammadshohning onasi Turkonxotin edi. Davlat faoliyatining hamma asosiy kaliti uning qo’lida bo’lib, Muhammad faqat rasmiy hukmdor edi, xolos. Asosan turklardan tashkil topgan qo’shin Turkonxotinga bo’ysunardi. Harbiy boshliqlar moliya boshqarmasi uning o’z urug’i-bayotlardan edi. Uning qo’lidagi muhrda «Umidim faqat Allohdan» degan yozuv bor edi. Bu muhr hatto Xorazmshoh Muhammad muhridan qudratli edi. U nihoyatda qattiqqo’l edi. CHet ellik elchilarni o’zi qabul qilar, diplomatik munosabatlarni hal qilardi.
Turkonxotinning yaqin qarindosh-urug’lari deyarli barcha faxrli davlat ishi lavozimlarini egallab oldilar. Samarqand shahrining boshlig’i Turkonxotinning og’asi To’g’ayxon, O’tror shahrining noibi uning qarindoshi Inalxon bo’lgan.
Muhammad Xorazmshoh onasiga batamom tobe edi. Turkonxotinning aytgani aytgan, degani degan bo’lgan. Kimni qaysi lavozimga qo’yishni faqatgina u hal qilardi. Bundan turk zodagonlari foydalandilar. Xorazmshohning vaziri Turkonxotinning sobiq g’ulomi edi. Muhammad Xorazmshohning kenja farzandi O’zlagshoh taxt vorisi deb e’lon qilindi. Ayni choqda hali oqu qorani unchalik farqiga bormaydigan yosh go’dak voris O’zlagshoh Xorazm, Xuroson va Mozandaron noibi etib tayinlandi.(Bu yurtlar amalda Turkonxotinning mulklari hisoblanardi.) Boisi shundaki O’zlagshohning onasi Turkonxotinning urug’idan bo’lgan. Ayni zamonda Muhammad Xorazmshohning katta o’g’li Jaloliddin Manguberdi (Manqaburun) esa chekkadagi kichkina bir viloyat-G’urning hokimligiga tayinlandi. CHunki uning onasi Oychuchuk boshqa urug’dan edi. Bu hol turk harbiy sarkardalarining ikki guruhi-Jalloliddinning onasi Oychechak va Turkonxotin qarindoshlari o’rtasida avj olib ketgan tarafkashlik kurashiga sabab bo’ldi va buyuk Xorazm halokatini tezlashtirgan omillardan biriga aylandi.
Xorazm davlatining eng yuksalgan cho’qqisi ham, uning inqirozi ham shu so’nggi Xorazmshoh nomi bilan bog’liqdir. Binobarin, uning hukmdorlik davrining murakkabligi, ziddiyatliligi hamda fojealiligining boisi ham shundadir. Negaki, shuhratparastlik va jahongirlikka nihoyatda o’ch bo’lgan Sulton Muhammad o’zining 20 yillik hukmronligi davrida, bir tomondan, to’xtovsiz jangu jadallarda bo’lib, qancha-qancha hududlarni bosib olishga erishgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning davrida katta saltanat turli ichki va tashqi sabablarga ko’ra yemrilish va chuqur tushkunlik holatini boshdan kechirdi. Bu esa oqibatda Xorazmshohlar davlatining qulashi va mo’g’ul istilosiga duchor bo’lishiga olib keldi.
Dastlab Muhammad Xorazmshoh katta qo’shin tuzib, zafarli harbiy yurishlar qildi, o’z davlat hududlarini kengaytirdi. Janubda Hindiqush tog’larigacha, janubi-g’arbda Fors qo’ltig’i, xalifalik davlati chegaralarigacha, sharqda Yettisuvga qadar bo’lgan sarhadlarni egallashga muvaffaq bo’ladi.
1210 yilda Talos vodiysida qoraxitoylar bilan bo’lgan hal qiluvchi jangda ularni ham yengib, o’z qudratini namoyon etdi. Ushbu g’alabalardan so’ng Xorazmshoh o’ziga ortiqcha bino qo’ydi, o’zini «Iskandari soniy» (Ikkinchi Iskandar), «Xudoning yerdagi soyasi» deb atashgacha borib yetadi. Biroq aslida esa uning saltanati «usti yaltirog’u ichi qaltiroq» edi. Buning asosiy sababi shundaki, birinchidan oliy hokimiyat chuqur ziddiyatga botgan edi. Hukmdor bilan uning hokimiyatparast, katta siyosat mavqeiga ega bo’lgan onasi Turkon xotin va uning turkiy zodagonlardan iborat muxolifatchi kuchlari o’rtasidagi ixtiloflar kuchayadi.
Ikkinchi tomondan, markaziy hokimiyat tizimi bilan mahalliy hokimlar, beklar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, ularning o’zboshimcha xatti-harakatlarining kuchayib borayotganligi saltanatni inqirozga duchor etmoqda edi. Buning ustiga hukmron tizimdan norozi bo’lgan keng ommaning g’alayonlari tobora faollashib bordi.
1206-1207 yillarda Buxoroda yuz bergan Malik Sanjar boshchiligidagi, 1211 yilda Samarqandda ko’tarilgan kuchli bo’hronga yo’liqqanligidan dalolat beradi. Xorazmshoh Muhammadning kaltabin siyosati, bosqinchilik yurishlari xalqaro maydonda ham katta norozilikka sabab bo’ldi, u tobora yakkalanib bordi. Hatto butun musulmon olamida ham bu davlatga nisbatan nafrat kuchaydi. Xalifalik davlati sharqdagi qudratli mo’g’ul davlati hukmdori CHingizxon bilan birlashib, Xorazmshohga zarba berish to’g’risida diplomatik yo’l bilan muzokaralar olib bordi.
Bularning hammasi oxir-oqibatda Xorazmshohlar davlatining chuqur ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy inqirozga uchrashiga olib keldi. Bu esa CHingizxon boshchiligida mo’g’ul bosqinchilarining Movarounnahr sarhadlariga bostirib kirishi va uni ishg’ol etishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berdi.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish