Iqtisodiy talimot doc


Neoliberalizmning boshqa oqimlari



Download 1,61 Mb.
bet99/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

19.4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari




F. Fon Xayek





Fridrix fon Xayek
Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy namoyan-dasi asli Avstriyadan chiqqan amerikalik Ludvig fon Mizes (1881-1973) va uning eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir. Ularning maktabi Avstriya maktabi deb ham ataladi. Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga asoslangan sotsialistik xo`jalik va hukumat tomonidan tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt yashashi mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks ettirmaydi. Uningcha, sotsializmning "tartibga

solinadigan iqtisodiyot"i rejalarni o`zboshimchalik bilan tuzadigan tash- kilotchilarning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro`y beradi. Yagona oqil siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv tsivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy asarlari quyidagilar: "Liberalizm", "Insoniy harakat: iqtisodiyot
345

to`g`risidagi traktat", "Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari" va boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi asli nemis bo`lib, asosiy faoliyatini Angliyada ko`rsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti laureati bo`lgan. U o`zining "Qullik sari yo`l" asarida har qanday iqtisodiy erk- inlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, ya'ni yakkahokim- likka, iqtisodiy qullikka olib borishini isbotlaydi, xo`jalikda bozor tizimin- ing "aralash" va "buyruqbozlik" iqtisodiyotidan ustunligini ko`rsatib beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb e'lon qiladi, kapitalizm davrida ek- spluatatsiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik g`oyalari to`la tushkunlikka mahkumligi va o`z tabiatiga ko`ra halokatli ekanligini ta'kidlaydi.
Bu ta'limotga asoslanib, bir qancha mamlakatlarda hozirgi yaxshi tanish bo`lgan iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqildi. Shular ichida neoliberal- izmga asoslangan nemis nazariyotchisi, GFRning siyosiy va davlat arbobi Ludvig Erxard (1897-1877) yaratgan nazariya "ijtimoiy yo`naltirilgan bo- zor xo`jaligi"ning asosini tashkil etadi. U o`z nazariyasini yaratdi va uni GFRda kansler Adenauer davrida amalga oshirdi ham. Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: erkin baholarning zarurligi, erkin raqobat, talab va taklifning muvozanati, iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo`jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo`naltirilgan rivojlanishini ta'minlashi kerak. Bu g`oyalar L.Erxardning 1956 yilda chop etilgan "Barcha uchun farovonlik" kitobida ifodalab beril- gan. Nemis olimlari A.Ryustov, Vol'ter Oyken (1891-1950), shveysariyalik V.Rebke (1899-1966)lar ordeliberalizm, ya'ni "o`rta yo`l" ta'limotiga asos solgan bo`lib, ijtimoiy bozor uning bir varianti hisoblanadi. Ular "inson- parvar jamiyat", "xo`jaliklarning ideal tiplari" haqida fikr yuritadilar.
Bu model "asoschilari"dan biri siyosiy iqtisodchi Vilgelm Rebke kapitalizm va sotsializm orasidagi "uchinchi yo`l" borligini ko`rsatib berdi. Dunyoda rivojlangan mamlakatlar bo`lmish GFR, Shvetsiya va boshqalar shu yo`lni tanladilar (Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti. T., "Sharq" NMK, 1996, 5-bet).
Dastlab 1961 yilda paydo bo`lgan "ratsional kutilmalar" nazariyasi hozirgi davrda keng targ`ib etilmoqda. J.F.Mut tovarlar va qimmatli qog`ozlar bozoriga bag`ishlangan maqolasida "nima uchun biron bir qoida yoki formula hech qachon narxlarning o`zgarishini to`g`ri prognoz qila olmaydi?" degan savolga javob berishga harakat qildi. Uning fikricha, amalda barcha mavjud informatsiya savdogarlar tomonidan darhol qayta
346
ishlanadi va ularning ko`ra bilishi, demak "kutilmalar" ratsional bo`lib chiqadi.
70-yillarda keynschilik siyosati AQSH iqtisodiyotida makro- ekonomik masalalarni hal etishda samarasiz bo`lib qoldi, shunda R.I.Lukas, T.J.Sardjent, N.Uolleslar Mutning maqolasida aytilgan g`oyalarni takomillashtirib, moliya aktividagi narxlar harakatini "ratsional kutilmalar" asosida tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, iqtisodiy agent- lar ham o`z kutilmalarini siyosatchilar (davlat xodimlari) qo`lidagi infor- matsiya asosida shakllantiradilar va o`z-o`zidan tushunarliki, iqtisodiyotga siyosatchilarning imkon boricha kamroq aralashuvi uchun harakat qiladi- lar. Amalda iqtisodiy agentlar narxlar prognozini shakllantirishda, ya'ni narxlar o`zgarishini kutganda, bozordagi haqiqiy baholarni aniqlash kabi usullardan foydalanar ekanlar. Bu kutilmalar har doim ham bexato bo`ladi, degani emas va ko`ra bilish mukammal emas, chunki iqtisodiyot tasodifiy, oldindan aytib bo`lmaydigan shok o`zgarishlariga uchrab turadi, bu esa narxlarning subektiv kutilmalarining o`rtacha miqdoriga yoki "matematik kutilma"ga teng bo`ladi, bu aslida obyektiv taqsimotdir. Ratsional prognoz yoki kutilma shunday xususiyatga egaki, kutilayotgan xato har doim nolga teng bo`ladi. R.I.Lukas "ratsional kutilmalar" nazariyasi uchun 1995 yilda Nobel mukofoti laureati bo`ldi.



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish