Iqtisodiy talimot doc


P.Samuelsonning "Ekonomiks" asaridagi g`oyalar



Download 1,61 Mb.
bet102/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

P.Samuelsonning "Ekonomiks" asaridagi g`oyalar


Shuni eslatib o`tmoqchimizki, 1901 yildan boshlab fizika, kimyo, mediyina (biologiya), adabiyot va tinchlikni saqlash sohalarida Nobel mukofoti berilib keladi. 1968 yili Shvetsiyadagi Riksbankning 300 yilligi munosabati bilan va albatta, iqtisodiyot fanining insoniyat hayotidagi yuksak rolini tan olish va rag`batlantirish maqsadida iqtisodiyot bo`yicha (oltinchi) Nobel mukofoti joriy etildi va 1969 yildan buyon har yili berib kelinmoqda. Birinchi bo`lib bu mukofot iqtisodchi - matematik olimlar gollandiyalik Yan.Tinbergen va norvegiyalik Ragnar Frishga "iqtisodiy


350
jarayonlarni matematik tahlil etishda dinamik modellarni rivojlantirish va qo`llash bo`yicha tadqiqotlari uchun" berildi (boshqa Nobel mukofotlari to`g`risidagi ma'lumotni A.Razzoqovning 1998 y. chop etilgan kitobidan olish mumkin).
1970 yilda (ikkinchi bo`lib) Nobel mukofoti P.Samuelsonga "statik va dinamik iqtisodiy nazariyani rivojlantirigani va shu bilan iqtisodiyot fani tahlilini yanada yuqoriroq pog`onaga ko`tarishga hissa qo`shgan ilmiy ishi uchun" berildi. Quyida shu iqtisodchining iqtisodiy g`oyalari to`g`risida fikr yuritiladi.
Pol Antoni (1915) Chikago universitetida ta'lim olgan (1932-1935), Garvard oliy maktabida A.Xansen, V.Leontyev, Y.Shumperetlardan ilm o`rgandi. 1941 yildan Massachusets texnologik institutida ishlay boshladi (dastlab professor assistenti). Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi (1961), Ekonometrik jamiyat (1951). Xalqaro iqtisodiy assotsiatsiya (1965-1968) prezidenti bo`lib saylangan. Olim nazariyotchi bo`lish bilan birga, AQSH prezidenti yordamchisi, "Newsweek"
jurnalida faol ishtirokchi ham edi. Biz bu olimni asosan "Ekonomiks" kitobi muallifi sifatida yaxshi taniymiz. Samuelsonning bu kitobi dastlab 1948 yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, hozirgi iqtisodiy ta'limotlarning asosiy yo`nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992 yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualiflikda nashr etildi. "Ekonomiks" kitobi "Ekonomika" nomi bilan rus tiliga ag`darildi.
Ma'lumki, hozirgi zamon (XX asr) iqtisodiy ta'limotlarida uch asosiy: 1)neoklassik; 2) keynschilik va 3) institutsional yo`nalishlar mavjud bo`lib, Samuelson shulardan birinchisining vakili sifatida ijod etgan.
Klassik (mumtoz) maktab iqtisodchilari allaqachonlar (XVIII asrda) davlat xususiy tadbirkorlar kirisha olmaydigan yoki kirishni xohlamaydigan ayrim tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatishni (masalan, milliy mudofaa sohasiga taaluqli), uning o`zi zimmasiga olish kerak, degan fikrga rozi bo`lganlar. Lekin, shu bilan birga ular bunday ishtirok juda kam darajada bo`lishi kerak deb, hisoblar edilar.
Samuelson hal qilishni mumtoz maktab bozor ixtiyoriga qoldirishni istagan haddan tashqari ko`p muammolarga bozorning ta'siri unchalik o`tabermasligini sezdi. qo`shmcha oqibatlar, sog`liqni saqlash, ta'lim , sanoatning ifloslantirishi muammolariga talab va taklif qonuni ta'sir
351
etmaydi. Binobarin, davlat iqtisodiyot uchun maqsadlarni aniqlashni o`z zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o`z kuchidan foydalanishi kerak. Samuelson eng kam ish haqi to`g`risidagi qonuni daromadlar pilopoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli deb hisoblaydi; u davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni va oziq- ovqat yordamini qashoqlikni kamaytirish usuli sifatida qo`llab-quvvatlaydi. "Ekonomiks" asarida tarixiy-iqtisodiy ekskurs mavjud bo`lib, XVII asr oxiridagi Maltusning aholi nufuzi nazariyasi eslanadi; A. Smitning "Ko`rinmas qo`l" haqidagi g`oyalar tahlil etiladi. Asarda o`tgan davrdagi deyarli barcha doktrinalar qarab chiqiladi (bular to`g`risida yuqorida o`qishingiz mumkin).
Uning fikricha, hozirgi davr iqtisodchilari "neoklassik sintez"ga erishish uchun samarali kredit-pul va fiskal siyosatni Smit va Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini aniqlash bo`yicha mavjud makroiqtisodiyot bilan birlashtirish, ikkala yondoshuvdagi barcha sog`lom fikrlarni jamlashtirishga harakat qilmoqdalar.
Kitobning dastlabki boblarida A.Smit dan hozirgi davrgacha bo`lgan iqtisodiy ta'limotlar mohiyati tarixiy-iqtisodiy jihatdan qarab chiqiladi. Ayniqsa A.Smit, T.Maltos, D.Rekardo asarlari Har tomonlama tahlil etilgan.
Uning fikricha, 1820-1870 yillar - 50 yil davomida iqtisodchilar va siyosatchilar gipnoz holatida bo`lgan, bunga asosiy sabab "sanoat inqilobi" bo`lib, bir qancha g`oyalar, ayniqsa T.Maltus, D.Rikardolarning aholi o`sishi bilan daromadlar pasayishi to`g`risidagi fikrlar chippakka chiqdi.
Neoklassik iqtisodiyot to`grisida fikr yuritib, XX asrning 70-yillari iqtisodiy qarashlarda ikki yo`nalish paydo bo`lganligi qayd etiladi: 1) Keyns va keynschilik; 2) Marks g`oyalari. Ayniqsa, neoklassik yo`nalishda matematik usullarning keng qo`llanilishi, talab, foydalilik, umumiy iqtisodiy muvozanat masalalarining yangicha tahlili yanada ilmiyroq bo`lib qoldi. A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida matematik elementlar "iqtisodiy tahlilning nozik metodlari" ga olib keldi. J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, "Sey qonuni" ga ehtiyoj qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va Keynschilar ta'sirida "aralash iqtisodiyot" yaxshi faoliyat ko`rsata boshlaganligi ta'kidlanadi. 2-jahon urushidan so`ng ishlab chiqarish nihoyatda tez o`sganligi, aholi turmush darajasi oshganligi ta'kidlanadi.

352
Ammo, deb ta'kidlaydi olim, hali bizni to`la bandlik va mo`'tadil baholar o`rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladigan yagona mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi.


Samuelson Chikago maktabi vakillari faoliyatiga, xususan, M.Fridmenning monitar sistemasiga yuksak baho beradi, chunki bu olimlarda "erkin raqobat", "bozor baholari" asosiydir.
Olim iqtisodiy taraqqiyotning omillariga baho berib, uni to`rtta deb hisoblaydi:
1.Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy); 2.Tabiiy resurslar;

  1. Kapital;

  2. Texnologiyalar.

Olimning bu omillari "taraqqiyotning to`rt g`ildiragi" deb yuritiladi. E'tibor berib qarang, inson roli eng yuksak qo`yilgan. Haqiqatan ham inson bo`lmasa, boshqa omillar ishga tushmaydi (masalan, Yaponiya, GFR ...).
Shu sababli yuqorida keltirilgan Umar Xayyomning fikri naqadar hayotiy, hozirgidek jaranglab turibdi.
Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Lafferning soliqlar hajmi va yalpi milliy mahsulot o`rtasidagi bog`lanish tahlil etilgan. Laffer effekti bo`yicha soliqlarni oshiraverish bilan milliy daromad ma'lum miqdoriga oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa davr mobaynida budjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham, istiqbolda jamg`armalar, investitsiya va daromadlar ko`payishi tufayli budjet tushumlari oshadi. Soliq stavkasi optimumini yetish uchun egri chiziq (Laffer egri chizig`i) chizilgan. Unga ko`r a, soliq ortishi bilan davlat budjetiga tushumlar ortavermaydi. Aksincha, shunday ma'lum chegara borki, undan ortiq soliq stavkasi budjetga tushumlarni kamaytiradi, chunki yuqori soliqlar xo`jalik faoliyatiga bo`lgan qiziqishni (rag`batni) kamaytiradi va ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma'lum hollarda soliq stavkalari pasaytirish ishlab chiqarishning faqat o`sishigina olib kelmasdan, budjetga soliq tushumlarining o`sishiga ham olib keladi.
Bunday siyosat Rfda 2000 yildan boshlab amalga oshirildi, soliq stavkalari barcha uchun 13% ga tushurildi va yaxshi natija bermoqda.



    1. Download 1,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish