Zararli g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlarga qarshi ogohlik va hushyorlik



Download 51,5 Kb.
bet1/2
Sana20.04.2022
Hajmi51,5 Kb.
#565328
  1   2
Bog'liq
foydali-fayllar uz zararli-g0oyalar-va-mafkuraviy-tahdidlarga-qarshi-ogohlik-va-hushyorlik

Zararli g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlarga qarshi ogohlik va hushyorlik



Reja:


  1. Zararli g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlarga qarshi ogohlik va hushyorlik


  2. G‘oyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik millatning birdamligi


Zararli g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlarga qarshi ogohlik va hushyorlik


O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, xalqimiz tabiati va dunyoqarashiga mutlaqo yot bo‘lgan kommunistik mafkuraga barham berildi. Ma’lumki, umrini o‘tab bo‘lgan g‘oya, aqida yoki mafkura inkor etilar ekan, jamiyatda yangi bir g‘oya, ilg‘or bir fikrga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ehtiyoj voqelikka aylanguniga qadar biroz muddat vaqt o‘tadi. Ana shu davrda esa g‘oyaviy vakuum – bo‘shliq yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatni oldini olish uchun mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Lekin ijtimoiy ong va tafakkur tezda o‘zgarib, yangicha dunyoqarash osonlikcha shakllanavermaydi.
Aynan mana shunday sharoitda begona va yot g‘oyalar xalq va jamiyat hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qiladi. Ayniqsa, yangi jamiyatga mos g‘oya shakllanmasa, mafkuraviy tahdid kuchayadi, aholi keng qatlamlari, xususan, yoshlarning ongini egallashga urinishlar avj oladi.
O‘tgan asrning so‘nggi choragidan boshlab mamlakatimizga xuruj qilgan «Vahhobiylik», «Hizbut-tahrir» kabi zararli oqimlar, turli sektalar dinning asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g‘o‘r yoshlarni yo‘ldan ozdira boshladi. Ular xalqimiz, ayniqsa, farzandlarimizning ko‘ngli ochiq, soddadil, ishonuvchan, andishali, qalbida kattalarga hurmat, diniy qadriyatlarga intilish tuyg‘usi kuchli ekanidan foydalanishga harakat qildilar.
Yuqorida qayd etilgan guruhlarning O‘zbekistonda tarqalish sababi Prezident Islom Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida atroflicha ta’riflab berilgan. Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlarning qaror topishi va mustahkamlanishi davrida «Islom omili», «Islom uyg‘onishi», «Islom fenomeni» kabi iboralar tobora ko‘proq ishlatilar, bu esa diniy omilning faollashuvini o‘zida aks ettirar edi. Buning ustiga bizga chegaradosh bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda diniy fundamentalizm va ekstremizmning kuchayishi ham ba’zi yot va zararli g‘oyalarning respublikamizga kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
Yurt tinchligi – Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Birovga qaram bo‘lgan xalq hech qachon erkin yashay olmaydi. Shuning uchun ham mustaqillik va tinchlikni asrash, mamlakatimizni tajovuzkor kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz lozim.
Bugungi kunda diniy ekstremizm tushunchasi matbuotda tez-tez qo‘llanilmoqda. Ekstremizm tushunchasi fransuz-lotin tillaridan kelib chiqqan bo‘lib, keskin fikrlarning bildirilishi, qattiq tadbirlarning qo‘llanilishi yoki keskin fikr va choralarni yoqlovchi degan ma’nolarni bildiradi. Ekstremistlarni ba’zida jaholatparastlar ham deb atashadi.
Diniy ekstremizm faqat islomga tegishli bo‘lib qolmay, balki dunyodagi boshqa dinlarga ham mansubdir. Islom ekstremizmi tashkiliy jihatdan yagona partiyaga birlashmagan, balki xalq ommasining turli tabaqalari orasida ish ko‘ruvchi xilma-xil guruhlardan iborat. Eng faol ekstremistik guruhlardan biri «Musulmon birodarlari» uyushmasidir.
Asosan, chet ellarda va Sharq mamlakatlarida faoliyat yurituvchi «Islom ozodlik partiyasi», «Islom sotsializmi» mavqeyida turuvchi «Islom demokratlari» kabi guruhlar ham bor. Ularning umumiy g‘oyasi bitta, ya’ni din niqobida hokimiyatga intilishdir.

Download 51,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish