Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi
2-jahon urushidan so`ng neoliberalizm prinsiplari dastlab G’arbiy Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda 1948 yildan boshlab bu g`oyalar Adenaurer-Erxard davlat doktrinasi statu- siga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari V.Rebne, A.Ryustov va boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida monopolizm vujudga kelishining barcha ko`rinishlarini tanqidiga bosh- chilik qildilar. V.Oyken va uning safdoshlari Frayburg universitetida 1948 yildan "Ordo" nomli yillik to`plamni chiqara boshladilar, bu jurnal barcha davlatlar uchun neoliberalizning nazariy minbari rolini o`ynaydi. V.Oyken tomonidan tanlangan "Ordo" so`zi yig`ma bo`lib, erkin bozor xo`jaligining "tabiiiy tizimi" ma'nosini beruvchi mazmunga ega edi. Neoliberilizm G’arbiy Germaniya doktrinasi "Oyken maktabi" ta'siri ostida hatto "Or- doliberalizm" deb atala boshlandi.
"Ijtimoiy bozor xo`jaligining" mohiyati GFR neoliberalizm nazari- yotchilari "erkin bozor" va adolatli taqsimot prinsiplarini "ijtimoiy teng- lik"prinsipi g`oyasi bilan birga qo`shimcha muvaffaq bo`ldilar. Birinchi marta uning konsepsial g`oyasi A.Myuller-Armakning "Xo`jalik boshqa- ruvi va bozor xo`jaligi" (1947) kitobida izohlanadi, bunda "Ijtimoiy bozor xo`jaligi" matni ham birinchi bor qo`llanilgan. Bu sohadagi ishlanmalar
341
V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken (asli tarixchi) va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
V.Rebekning "nemis iqtisodiy siyosati to`g`rimi?"(1950) degan ki- tobi muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer "ijtimoiy bozor xo`jaligi" modeli mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilin- ganligini bayon etadi.
V. Rebke xarakteristikasi bo`yicha, "ijtimoiy bozor xo`jaligi" - "iqtisodiy insonparvarlik" sari o`ldir. U o`zining "Insonparvar jamiyat" asarida kollektivizmga - persinolizm, hokimiyat konsentratsiyasiga - erk- inlik, sentralizmga - desentralizm, tashkilotchilikka - o`zini-o`zi boshqar- ishni qarshi qo`yadi va boshqalar. 1957 y. XDS ning navbatdagi syezdida L.Erxard, V.Rebke g`oyalarini qullagan holda GFR da "ijtimoiy bozor xo`jaligi"ning 2- bosqichi boshlanganligini tasdiqladi. 60-yillarda L.Erxard o`z maqolasida avvalo "erkin musobaqa ijtimoiy bozor xo`jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi" deb ta'kidlangan edi. 1965 y. partiyaning navbatdagi syezdida L.Erxard GFRda "Ijtimoiy bozor xo`jaligi" ni tashkil etish dasturining nihoyaga etganligini e'lon qildi. Bu dastur mamlakatni "rasmiylashgan jamiyat"ga aylantirildi.
"Rasmiylashgan jamiyat" doktrinasi L.Erxard va uning maslahat- doshlari bo`yicha bu eng yaxshi "tabiiy iqtisodiy tartib" ni izlash bo`lib, unga "ijtimoiy bozor xo`jaligi" orqali yetishish mumkin. Unda ijtimoiy tizim va ishlab chiqarish munosabatlarining besh shakli (tipi), sinflarining antogonizmi to`g`risidagi markscha g`oyalar qat'iyan inkor etiladi. Bu g`oyalar V.Oykenning inson jamiyati uchun faqat ikki tipdagi iqtisodiyot: "Markazdan boshqariladigan" (totalitarizm) va "Almashuv iqtisodiyoti" (boshqacha matn bo`yicha-"erkin, ochiq xo`jalik") xos, konkret tarixiy sharoitlarda biron tip belgilarining ustuvorligi bilan qo`shma shakli ham mavjud bo`ladi.
Valter Oyken (1891-1950) "Milliy iqtisodiyot asoslari" (1947) asarida (9 mrta qayta nashr etilgan) iqtisodiyotni qayta tashkil etishning asosiy shakllarini tiplarga bo`lish muammolarini fundamental ishlab chiqdi. Asli tarixchi bu olim kitobning "Iqtisodiy tizimlar" bobida bir xil jamiyatda ikkita ideal iqtisodiyot tiplari o`zaro birga yashaydi, bular al- mashuv va markazdan boshqariladigan iqtisodiyotlardir. Markazdan bosh- qariladigan iqtisodiyotga xos narsa shuki, har kungi jamiyatning iqtisodiy hayoti bir markazdan keluvchi reja (plan)lar bilan tartibga solinadi. Agar jamiyat iqtisodiyoti ikki yoki undan ortiq alohida xo’jaliklardan iborat bo`lsa (ularning har biri o`z rejalarini tuzadi va amalgi oshiradi), bu "al- mashuv iqtisodiyoti" sistemasidir.
342
Turli tarixiy sharoitlarda ko`pinsa bu sistemalar aralash holda bo`ladi, bu bir qancha misollar bilan isbotlab beriladi. Shu bilan birga, Oyken bo`yicha, eslab o`tilgan tiplar uch shaklda amalga oshadi, uning har biri quyidagicha ta'riflanadi: a)totalitar markazdan boshqariladigan iqtiso- diyot (almashuv umuman inkor etiladi; mahsulotni ishlab chiqarish, taqsi- mot va iste'mol ohirgi maydo-chuydaga markaziy boshqarma buyruqlari asosida amalga oshiriladi); b) iqtisodiyotni markazdan boshqarish asosida iste'mol mollarini erkin almashuv (markaz tomonidan belgilanadigan "ish- lab chiqarish kuchlaridan" foydalanish usullari, ishlab chiqarish jarayonin- ing vaqtli tarkibi, maxsulotlarni taqsimlash usullari va boshqalar asosida amalgi oshiriladi. 1-variantdan farqli ravishda bu yerda iste'molchilar al- mashuv yo`li bilan ajratilgan iste'mol mollariga o`zgartirishlar kiritishlari mumkin); v) erkin iste'mol tanlovi asosidagi markazdan boshqariladigan iqtisodiyot (boyliklarni iste'mol uchun odatda markaziy inspatsiya ishlab chiqarishni belgilagan maxsulotlar ichidan erkin tashlash mumkin).
"Eruiye bozor xo`jaligi" avtomatik ravishda faoliyat yurita olmas- ligini V.Rebke va L.Erxard, ishlab chiqarish anarxiyasining har qanday ko`rinishlariga qarshi davlatning shunga muvofiq choralarni qo`llash uchun iqtisodiyotga aralashuvi zarurligi tan olinadi. Bu aralashuv erkin va ijtimoiy zarur jamiyat tuzumi sintezi (qo`shilishi)ni ta'minlashi kerak. Re- bke-Erxardning obrazli ifodasiga ko`ra, davlat roli futbol maydonidagi sudya (arbitr) bilan tenglashtiriladi, arbitr futbol komandalari o`yinini ma'lum qoidalar asosida diqqat bilan kuzatib va boshqarib boradi, ammo, o`yinda bevosita ishtirok etishiga haqqi yo`q. Boshqa so`z bilan aytiladigan bo`lsa, davlat erkin bozor xo`jaligining ideal tipi bo`lgan "ijtimoiy bozor xo`jaligi" faoliyati sharoitini ta'minlash uchun erkin raqobat ("halol o`yin") "qoida"larining saqlanishi ustidan nazoratini olib borishi kerak. Undan tashqari davlat baho shakllanishi sharoitini nazorat qilishi, monopol baho o`rgatilishiga bo`lgan urunish harakat oldini olishi, monopoliyasiz tovar- pul xo`jaligida xususiy mulkning qo`riqlanishi ustuvor ahamiyatini kafolat- lashi kerak.
60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi "ijtimoiy bozor xo`jaligi" modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizmning "bar- cha uchun farovonlik jamiyati" konsepsiyasi bilan hamohangdir. Chunki, ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya va sinfiy antego- nizm inkor etiladi. Bu modellardan bundan tashqari davlatning faol ijti- moiy vazifasi (funksiyasi) g`oyasi bor. Davlat barcha fuqarolarga ijtimoiy xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va teng imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida ak-
343
sionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar barqaror- ligining o`sishi, asosiy mehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi va boshqalar ko`zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |