Iqtisodiy talimot doc



Download 1,61 Mb.
bet61/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Sh.Furye kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini o`rganishga o`zining katta hissasini qo`shdi. F.Engels "Anti Dyuring" asarida shunday degan edi: "O`tmishning asosiy etap (bosqich)larida Sh.Fur'ening genialligi keng namoyon bo`ldi. U jamiyat o`z rivojlanishida yovvoyilik, patriarxalchilik, varvarlik va tsivilizatsiya (madaniyat) bosqichlarini bosib o`tganligini ko`rsatib berdi". Bunday taqsimot garchand ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasini hisobga olgan bo`lsada, lekin ishlab chiqarish munosabatlarining xarakterini va moddiy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish usulining turlichaligini inkor etadi. Shuning uchun varvarlikka quldorlik va feodalizm kabi turlicha ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatlar kiritiladi. Sivilizatsiya davrini esa u kapitalizm vujudga kelishi bilan bog`laydi. Lekin shuni aytish kerakki, uning qarashlariga xos xususiyat har bir davrning asosiy omili sifatida faqat ishlab chiqarish darajasinigina emas, balki inson ehtiroslari va tabiati uyg`unligini ham alohida ajratib ko`rsatishdir.
Shunday qilib, ana shu holatlar muayyanligining vujudga kelishi o`z navbatida tsivilizatsiyalar o`rniga har tomonlama rivojlangan assotsiatsiyalar (uyushmalar) tashkil topishiga sabab bo`ladi.
Kapitalizmni tanqid qilish Sh.Furye ta'limotining eng kuchli jihatidir. Jamiyatning yangi sotsial tashkiloti barpo etilmasa, ishlab chiqarishning rivoji mehnat ahliga baxt emas, balki kulfat keltiradi, deydi
u. "Burjua tsivilizatsiyalarining o`ziga xos xususiyati,- deb yozadi olim, - tartibsiz ishlab chiqarishdan iborat. Boylik ko`paymoqda, ammo ishlab chiqaruvchi inson ana shu ko`payib borayotgan boylikdan bahramand bo`layotgani yo`q" (Sh.Furye. Izbranno`ye sochineniya. T.II, M.,1954, str.68). U aholining ayrim qismi behuda, parazit hayot kechirib, ezilgan mehnatkash xalqning ekspluatatsiya qilinishi hisobiga yashayotganini aytish bilan birga, bunday jamiyat aholining barcha qatlamlarini to`liq
239
ta'minlash imkoniga ega emas degan xulosaga keldi. Sh.Furye ayniqsa kapitalistik savdo nuqsonlarini, undagi tovlamachilik, olibsotarlik va muttahamlikni fosh etadi. "Agar biz Sen-Simonda,- deb yozgan edi. F.Engel's, tafakkurning genial kengligini, shuning natijasida uning qarashlarida eng so`nggi sotsialistlar nomuntazam iqtisodiy fikrlari deyarli hammasining kurtaklari bayon etilganini ko`rsak, Sh.Furye mavjud ijtimoiy tuzumni tanqid qilmaganligini, bu tanqidda sof fransuzcha o`tkir zehnning, analizning g`oyat chuqurligi bilan qo`shilganligini ko`ramiz, u burjua dunyosining jamiki moddiy va ma'naviy nochorligini toqatsizlik bilan fosh qilib tashladi..." Haqiqatan, ham Sh. Furye o`z asarlarida nafaqat mavjud jamiyatni balki klassik iqtisodiy maktab vakillari yuqori baho berayotgan erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotni ham va umuman klassiklarni o`zlarini ham keskin tanqid qiladi. Uning fikriga ko`ra erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot savdogarlar va savdo agentlar sonini keraksiz darajada oshirib yuborgan bo`lib bu esa asosiy kamchiliklarni e'tibordan chetda qoldirgan. Sh. Furye sivilizatsiya jamiyatning kamchiliklari deb quyidagilar belgilaydi: ijtimoiy xaos; aholi nufuzini ortib borishi; kambag`allikni kuchaytiruvchi industrializm va boshqalar. Lekin Sh.Furye kapitalizmni har tomonlama tanqid qilgan bo`lsada, boshqa xayoliy sotsializm namoyan-dalari singari u ham islohotlar yo`li, tashviqotni kengaytirish bilan ekspluatatsiya, adolatsizlikka qarshi kurashib, "odil jamiyat" sari bormoqchi bo`ldi. Kelajak jamiyatning asosiy yacheykasi bir necha ishlab chiqarish assotsiatsiyalaridan iborat falanga (jamoa)dir. Falanganing har bir a'zosi mehnat qilish huquqiga ega bo`lib, mehnat zavq bag`ishlashi, kishilarning ehtiyojiga aylanishi kerak. Sh.Fur'e o`sha paytda mashaqqat deb hisoblangan mehnat qanday qilib inson uchun xuzur-halovatga aylanishi mumkin degan masalani o`rtaga qo`yadi. U burjua huquqi sistemasini tanqid qilib, mehnat qilish huquqini birinchi o`ringa qo`yadi, mehnat qilish huquqi bo`lmasa qolgan hamma huquqlarning qadri yo`q deb hisoblaydi. Uning mehnat musobaqasi to`g`risidagi, mehnatni insonning g`ayrat-shijoati namoyon bo`ladigan ijodiy jarayonga aylantirish haqidagi g`oyalari ijobiy ahamiyatga egadir.
Angliya - sanoat to`ntarishini amalga oshirgan birinchi mamlakat bo`lib, kapitalizm u yerda tez va dadillik bilan rivojlandi. Bu hol tabiiy, Angliya xayoliy sotsializmining o`ziga xos xususiyatini belgilab berdi. U xususiy mulkchilikning barcha ko`rinishlarini inkor etib, fransuz sotsialistlarining industriallar jamiyati, turli uyushmalariga moyilligi yo`q edi. Siyosiy iqtisodni proletariat manfaatlariga xizmat qildirishga harakat kommunistik jamoalar tashkil etish tajribalarini qo`llash va nihoyat tinch
240
yo`l bilan yangi "odil jamiyat"ni qurish imkoniyatlarini isbotlashga urinish bu maktabga xosdir.
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi Robert Ouenning (1771-1858 yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog`liqdir. U Shimoliy Uelsda hunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabni tugatgach, o`zi mustaqil shug`ullangan, yoshlik yillaridayoq mehnatkashligi, tadbirkorligi bilan ajralib turgan. R.Ouen 1800 yildan boshlab Pyu-Lenark (Shotlandiya) dagi yigiruv korxonasida boshqaruvchi bo`lgan, o`sha yillarda unda insoniyatni qutqarishni maqsad qilgan islohotchilik g`oyalari shakllanadi. Biroz keyinroq (1820 yildan boshlab) xayoliy sotsializmga xos bo`lgan fikrlar va tashviqotga asosiy e'tiborni qaratadi. R.Ouenning "Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni shakllantirish haqida tajribalar", "Yangi axloqiy dunyo kitobi", "Adolatni almashuv bozori", "Ulug` milliy hunar ittifoqi" asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon etilgandir. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umumning mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo`qoladigan, mehnat jafo-zulmatdan baxt- saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu maqsadga halaqit beradigan uchta to`siq bor deydi u. Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim kapitalistik taraqqiyotning obyektiv qonunini tushunmadi, sinflar kurashini inkor etdi. Yangi tuzum yangi yo`l bilan yoki tinch yo`l bilan quriladi va unga tinch yo`l bilan o`tiladi, deb ishondi. R.Ouenning loyiha va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi. U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va qariyalar mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag`batlantirishni tashkil etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan edi. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u burjua siyosiy iqtisodini inkor
etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o`z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin qiymatning asosiy manbayi deb mehnatni hisobladi. Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan kapital o`rtasidagi qarama-qarshiliklar sababchisi deb pul hisoblandi.
R.Ouen qiymatning sun'iy o`lchovi bo`lmish puldan voz kechib, mehnat harajatlarining
ekvivalenti sifatida "ishchi pullarini" joriy etishni taklif etadi. U
241
kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib "ishlab chiqarish uyushmalarini" tashkil etishga harakat qildi.
Lekin bu urinishlar behuda bo`lib chiqdi, chunki kapitalistlar o`z korxonalarini ixtiyoriy sotish haqida o`ylamagan bo`lsalar, kasaba uyushmalari sotib olish uchun imkoniyatlari yo`q edi. R.Ouen birinchilardan bo`lib T.Maltusning "aholi nufuzi" qonuniga qarshi chiqdi. U mehnatkashlarning og`ir ahvolga tushib qolishiga aholi soni ortib borishi emas, balki mavjud mahsulotlarning adolatsiz taqsimlanishi sabab bo`lmoqda, deb ko`rsatadi.
R.Ouen xayoliy sotsializmi va uning islohotchilik faoliyati qarama- qarshi xarakterdadir. U ishchilarning manfaatlarini himoya qilib, boylik mehnatda yaratiladi, deb ko`rsatish bilan birga ayni vaqtda ishchilarga e'tiborsiz passiv rol belgilaydi, kapitalistlarni esa asosiy kamchilik qoniqarsiz tarbiyada deb oqlashga harakat qiladi. Lekin olim qarashlari va faoliyatida qarama-qarshiliklar bo`lishiga qaramay, uning ayrim tajribalari barbod bo`lgan bo`lsada, umuman olganda R.Ouenning g`oyalari ijobiy ahamiyatga ega bo`lib, Angliya ishchilar harakati taraqqiyotida katta rol o`ynadi. U o`zining ko`pgina asarlarida jamiyatni to`g`ri tashkil qilish konsepsiyalarini ilgari suradi. Ularning bachasida xar bir fuqoro uchun mehnatning majburiyligi, jamiyatning eng muxim tamoyillaridan deb hisoblanadi. Shuningdek R. Ouenning ishlab chiqarish uyushmalarida ishchi pullarini o`rni modiy boyliklar odilona taqsimlash masalalarini va umumman xususiy mulkchilikka berilgan baho o`sha davr uchun katta ahamiyatga molik edi.



    1. Download 1,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish