Iqtisodiy talimot doc



Download 1,61 Mb.
bet63/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Jon Grey


J.Grey yoshlik yillaridanok R.Ouen pamfletlarini o`qib, ularni targ`ibot qildi. 1825 yilda u o`zining "Inson baxti haqida ma'ruzalar" kitobini nashr qildirdi. XIX asrning 20-30 yillarida ingliz ishchilarining sevimli kitobi bo`lgan bu kitob R.Ouen ta'siri ostida yozilgan edi. J.Greyning fikricha, jamiyat uch kategoriyadagi kishilarga bo`linadi: birinchisi ishchilar, ular barcha moddiy boyliklarni yaratuvchilardir. Ikkinchisi shifokor, o`qituvchi va boshqalardir. Uchinchisi esa "mustaqil sinflar"dir. "Bu mustaqil sinflarni tashkil qiluvchi kishilar ikki xil holatga bog`liqdir. Birinchidan, atrofdagilarning mehnatsevarligiga, ikkinchidan nohaqlikning mavjudligiga. Bu esa ular ustidan hukmronlik qilish imko- niyatini beradi." J.Greyning qarashlarida siyosiy zo`rlikdan yuz ugirishga va adolatga tinch yo`llar bilan erishishga chaqiriqni uchratishimiz mumkin.


Olimning fikricha, jamiyatning asosini ayirboshlash munosabatlari tashkil qiladi. Kishilar orasidagi boshqa barcha munosabatlar esa mana shu munosabatlar ustiga quriladi. Qashshoqlikning bosh sababchisi esa raqobatdir. "Faqat savdo tartiblarining to`liq o`zgarishi insonlar baxt- saodatiga olib keladi".
1831 yilda J.Greyning "Ijtimoiy tartib", "Ayirboshlash asoslari haqida harakat" nomli asarlari e'lon qilindi. Bu asarlar siyosiy iqtisodga oid asarlar hisoblanib, unda ishlab chiqarish, taqsimot, aholi nufuzi, soliq va soliqqa tortish muammolari, shuningdek jamiyatda ayirboshlash tartibini qayta tashkil etish ko`rsatiladi.
244
Umummilliy savdo palatasi tashkil etilib, u barcha tarmoqlar - dehqonchilik, sanoat va savdo ishlari boshqaruvini tashkil etadi. Yer va kapital egalari o`z mulklarini mazkur boshqaruv apparatiga bir yilcha avvaldan belgilangan mukofot hisobiga topshirib, o`zlarini turli tavakkallardan xalos qiladilar.
Barcha xo`jalik ishlariga rahbarlikni palata topshirigiga ko`ra amaldorlar yoki ziyolilar olib boradilar. Sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari milliy savdo omborlarida saqlanib o`sha yerdan savdo do`konlariga sotuvga chiqariladi.
Umummilliy idora tashkiliy reja asosida ish olib borib, tovarlar narxini ishlab chiqarish tannarxini qoplaydigan darajada va hatto foyda keltiradigan darajada belgilaydi. Ish haqlari esa hech qanday qiymatga ega bo`lmagan qog`oz pullar bilan to`lanadi. J.Grey o`zining "Xalq baxtsizligiga qarshi to`g`ri vosita" nomli pamfletida ishchi pullari g`oyasini rivojlantiradi. Bu ish vaqti va o`rtacha mehnat bahosini tasdiqlovchi kvitansiya ishchilarga do`konlardan shunga loyik mahsulotlarni sotib olish imkonini beradi. "Ishchi pullari" o`sha davrda turli ko`rinishlarda Prudon va Brey kabi olimlar tomonidan ham taklif qilingan edi.



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish