Iqtisodiy talimot doc


BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUQOBIL (AL'TERNATIV) FOYALAR



Download 1,61 Mb.
bet59/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUQOBIL (AL'TERNATIV) FOYALAR




12.1. X1X asrning birinchi yarmidagi xayoliy sotsializmning o`ziga xos xususiyatlari


Xayoliy sotsialistik g`oyalarning dastlabki ko`rinishlarida, ya'ni Platon asarlaridan boshlab T.Mor va T.Kompanelli asarlarining barchasida xususiy mulk tanqid qilib kelindi.


233
Bu olimlar jamiyatni qayta tuzishni taklif qilib nisbatan adolatli, rivojlangan jamiyatni asoslab berishga intildilar. Lekin, bularning barchasi xayoliy sotsializm shakllanishi arafasidagi dastlabki g`oyalar edi, xolos. Xayoliy sotsializmning haqiqiy rivojlanish davri XIX asrning birinchi yarmiga to`g`ri keladi. Bu davrda G’arbiy Yevropa kapitalistik munosabatlar rivojlanib, sinfiy ziddiyatlar oshkor bo`ldi. Ayniqsa, klassik iqtisodiy maktab vakillarining asosiy asarlarining ta'siri ko`pgina maktablarga bo`lgani kabi xayoliy sotsialistlar qarashlariga ham jiddiy ta'sir o`tkazdi. Shuningdek, bu davrda sanoat to`ntarilishining yakunlanishi va Yevropa mamlakatlarida yuz bergan jiddiy iqtisodiy o`zgarishlar ham xayoliy sotsialistlar A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouenlar o`z asarlarida ko`rsatib, mavjud kapitalizmni ichki xususiyatlarini kengroq ochib berishga intildilar. Bu olimlar guruhi iqtisodiy fan rivojiga katta hissa qo`shib, ilk bor kapitalistik munosabatlar abadiy emasligini, unda iqtisodiy inqirozlar mavjud bo`lishini ko`rsatib berdilar. Shu jumladan ular ham klassiklar kabi texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ilmiy kashfiyotlar va jamiyat ishlab chiqarishini umumjahon rivojini iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi deb hisobladilar. Bundan tashqari, xayoliy sotsialistlar tabiiy tartib konsepsiyasiga amal qilib jamiyat va alohida olingan insonning ideal ijtimoiy tuzulishi modelini ilgari surdilar.
Xayoliy - sotsialistlar klassik iqtisodiy maktab vakillaridan farq qilib, xususiy mulkchilikni va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini tanqid qiladilar, jamiyatning barcha a'zolariga baxt keltiradigan yangi jamiyat yuzaga keladi,deb ishchilarni ishontiradilar. Ular yangi jamiyat adolatli ijtimoiy tuzum loyihalarini bayon etib iste'mol va taqsimotni qayta tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan balki ishlab chiqarishni tubdan o`zgartirishni taklif qildilar.
Shuningdek, ularning ijtimoiy adolatni targ`ib qilishga qaratilgan g`oyalari aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan fikrlari asosida nafaqat xayoliy balki bozor iqtisodiyotiga qarshi karash ko`rinishini oladi. Va nihoyat, XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy sotsialistlar ta'limotlarida bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlari turlicha namoyon bo`ladi. Bu o`rinda ushbu maktab vakillarining birinchidan, individual (yakka) faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati bilan almashtirish mexanizmini qanday izohlashlari bilan, ikkinchidan mehnatkashlarni jamoa tashkilotlariga birlashish tamoyillari xususiyatlarini qay tarzda tushuntirishlarida o`z aksini topadi.
Bu shart-sharoitga e'tibor berib Sh.Jid va Sh.Rist o`z asarlarida quyidagicha yozishadi: "Sen-Simon va uning izdoshlari haqiqiy
234
kollktivizm tarafdorlari bo`lib, ular jamoat tashkilotlariga millatning hamma a'zolarini kirgizishga harakat qildilar va bunday birlashuvni tepadan boshlashni taklif qiladilar, ya'ni milliylashtirish va boshqa jarayonlarni endi siyosiy xokimiyat o`z qo`liga oladi.
R.Ouen va Sh.Furye hamda ularning izdoshlari "Sotsialist- assotsiatsiyachilar" bo`lib, Sen-Simonchilardan farqli o`laroq indivit to`da (massa) ichida yo`qolib ketmasligini istatadi. Ularni mayda avtonom guruhlar yordamida saqlab qolishni taklif qilib, birlashuv jarayonini yuqoridan emas balki quyidan borishini maqsadga muofiq deb hisoblaydilar". (Ш.Жид, Ш.Рист “История экономических учения”. М., Экономика,1995.Стр.170)
Nihoyat, xayoliy sotsializm nomoyondolari o`zlarining benuqson ijtimoiy tuzumlarni turlicha: Sen-Simon industrializm, Furye garmoniya, Ouen esa kommunizm deb atadilar. Lekin ularning barchasi ekspluatatsi- yaning yo`q bo`lishi, aqliy va jismoniy mehnat o`rtasidagi qarama- qarshilikning bartaraf etilishi hamda xususiy mulkning yo`q bo`lishi to`g`risidagi fikrlarni bir xil takrorladilar. XVIII - asrning oxiri XIX - asrning boshlarida G’arbiy Yevropada ishlab chiqarishning hukmron shakli manufaktura bo`lib, fabrika ishlab chiqarishi endigina shakllanayotgan edi. Kapitalizmning moddiy sharoitlari va ishchilarning jamiyatning asosiy sinfi sifatida shakllanishi dastlabki bosqichlarda edi.
Xayoliy sotsialistlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o`tish yo`llarini aniq ko`rsata olmadilar, lekin ular sinfiy manfaatlar qarama-qarshiligini ta'kidlab o`tdilar. Ular ishchilar sinfiga ezilgan jabrlanuvchi sinf sifatida qarab, asosiy e'tiborni ongni rivojlantirishga, o`z g`oyalarini tashviqot qilib kommunalar, "falansterlar" orqali hayotga tadbiq etishga qaratdilar. Mehnatkashlarni ozod etishning moddiy sharoitlari yaratilmaganligi tufayli xayoliy sotsialistlar bo`lajak jamiyatning fantastik loyihalarini taklif etdilar. Ular o`zlarini sinflardan yuqori qo`yib, jamiyatning barcha a'zolari manfaatlarini ifoda etayotganliklarini ko`rsatmoqchi bo`ldilar. Shuningdek, siyosiy kurash, revolutsiyalarni rad etib, ijtimoiy adolat g`oyalarini tash- viqot qilish yo`li bilan jamiyatni qayta tuzishni orzu qildilar. Mana shu- larning barchasi g`oyalarning xayoliy bo`lib qolishiga sababchi bo`ldi. Bi- roq, xayoliy sotsializm o`zining cheklanganligiga qaramasdan, kapitalizm oyoqqa turayotgan bosqichda progressiv ta'limotlar qatorida alohida o`rin egallaganligini aytishimiz lozimdir.

235


    1. Download 1,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish