XULOSA
Kapitalizmni mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyotchilari tomonidan har tomonlama keng o`rganilishi iqtisodiy ta'limotlar tarixida bu maktabning munosib o`rnini belgilab berdi. S.Sismondi va uning g`oyalari sanoat inqilobi, kapitalizmning nihoyatda tez sur'atlarda rivojlanish davrida birinchilardan bo`lib, shu jamiyatni iqtisodiy negizini va ijtimoiy tuzumini tanqid qilishda o`z aksini topdi.
Bu tanqid mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos ravishda oshirilib, kapitalizmning inqirozlar asosida notekis rivojlanishini ko`rsatib berdi. Siyosiy iqtisod fan sifatida inson baxt-saodati uchun zarur bo`lgan ijtimoiy rivojlanishni o`rganadigan fan deb yuritildi. S.Sismondi asarlarida asosiy e'tibor mehnatkashlar, ayniqsa ishchilar sinfining ayanchli bir taqdiriga samimiy hamdardlik bildirishga qaratilgandir. Shuningdek, iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy tahlil qilishda klassik maktabdan, ayniqsa A.Smit qarashlaridan nari o`ta olmadi. Olimning ishlab chiqarish bilan iste'mol o`rtasidagi qarama-qarshilikni ko`ra bilganligi katta xizmati bo`lsa, mashinalashgan ishlab chiqarishning ijobiy xususiyatlarini to`g`ri baholamaganligi uning jiddiy kamchiligi edi.
P.J.Prudonning mayda ishlab chiqarish sotsializmi Fransiyada va G’arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng yoyildi. Prudon
231
qarashlarida ham ikkiyoqlamalik va fikrlar qorishmaligini uchratishimiz mumkin. Shunday bo`lsa ham Prudonizm g`oyalaridagi hozir ham kapitalizmni isloh qilish to`g`risidagi fikrlardan sotsial islohotchilikning ayrim ko`rinishlarida keng foydalanilmoqda.
Prudon kapitalistik tovar ishlab chiqarishdagi qarama-qarshilikni shu tovarlarni pulga aylantirish yo`li bilan bartaraf etish mumkin deb hisoblaydi. U pulning mohiyatini to`g`ri tushunmay, hamma aybni ayirboshlashdagi nohaqlikdan deb biladi.
Shunday qilib, u tovar-pul munosabatlarini pul, kapital va foizsiz saqlash kerakligini taklif qildi. Barcha kamchiliklaridan qat'iy nazar, Prudon kapitalistik taraqqiyotdan orqaga qaytish mumkin emasligini tushundi, lekin mayda xususiy mulkchilikni saqlab qolish tarafdori bo`ldi.
K.Rodbertus ham o`z asarlari bilan nemis mayda burjua nazariyasiga katta hissa qo`shdi. U kapitalistlardan ishchilar sinfiga ishlab chiqarish mahsuldorligi oshganligi hisobidan ma'lum hissa berishlarini talab qildi.
K.Rodbertus qiymatning mehnat nazariyasida, qo`shimcha qiymat, yer rentasi nazariyalarida katta ijobiy natijalarga erishdi. Olimning yaratgan asarlari zamondoshlari, jumladan marksistik iqtisodiy ta'limot asoschilari tomonidan ijtimoiy fanlar rivojiga qo`shilgan katta hissa deb yuqori baholandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |