Iqtisodiy tahlil va statistika


Yalpi ichki mahsulot (YaIM) =



Download 0,55 Mb.
bet5/9
Sana29.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#592417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5420117533480982770

Yalpi ichki mahsulot (YaIM) = Barcha tarmoqlarning yalpi chiqarishi(YICH) – oraliq iste’mol(OI);
Sof ichki mahsulot (SIM)= Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – amortizatsiya (A)
Milliy daromad (MD) = Sof ichki mahsulot(SIM) – biznesga egri soliqlar (BES)
Shaxsiy daromad (SHD) = Milliy daromad(MD) – ijtimoiy sug’urtaga badallar(ISB)– korporatsiya foydasiga soliqlar (KFS)– korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi (KTF) + transfert to’lovlari(TT)
Ixtiyordagi daromad(ID)=Shaxsiy daromad(SHD) – yakka tartibdagi soliqlar(YTS)
Milliy daromad - bu, milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig’indisidir.
Yalpi milliy daromad quyidagicha hisoblanadi :
YaMD = YaIM + Xorijdan olingan omilli daromadlar(XOOD)
- xorijliklarning ushbu mamlakat hududidan olgan omilli daromadlari(XMOOD).
Yalpi milliy daromad (YaMD) bu barcha rezidentlarning birlamchi daromadlari va jamg‘armaning yig‘indisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning barcha daromadlari ko‘rinishida bo‘ladi. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir. Yalpi milliy daromad ko‘rsatkichi makroiqtisodiy statistikaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Shaxsiy daromad va milliy daromad bir-biridan shunisi bilan farq qiladiki, ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir qismi ( ijtimoiy sug’urtalar to’lovlari, korporatsiya foydasiga soliq va korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi ) amalda bevosita uy xo’jaligiga tushmaydi. Uy xo’jaligi hisobiga to’g’ri keladigan daromadlarning bir qismi, masalan, (transfert to’lovlari) mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert to’lovlariga - sug’urta tashkilotlari tomonidan to’lanadigan, ya’ni qarilikda va baxtsiz xodisalarga shuningdek ijtimoiy dasturlarga asoslangan holda ishsizlarga to’lanadigan nafaqalar, nogironlarga to’lanadigan har xil to’lovlar, ishsizlarga va pensionerlarga to’lanadigan nafaqalar, iste’molchilar va davlat tomonidan to’lanadigan foiz to’lovlari va boshqa to’lovlar kiradi. Shaxsiy ixtiyordagi daromad deb, individual soliqlarni to’lagandan keyingi daromadlarga aytiladi. Individual soliqlar - daromad solig’i, xususiy mol- mulklarga va meros qolgan mulklarga solinidagan soliqlardan iborat. YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash. Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo‘lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi. Ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Ko‘pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o‘taydi. Shu sababli YaIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ko‘p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi. Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamg‘arish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi. Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qo‘shilmaydi. Qo‘shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar o‘rtasidagi farq ko‘rinishida aniqlanadi. Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM ko‘rsatkichinig strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning o‘zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi. Iqtisodiyot rivojlanishi, real sektorda ishlab chiqarish samaradrligi oshib borishi bilan sanoat va ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohalarining YaIMdagi ulushi ortib borilishi jahon iqtisodiy tarixida kuzatilgan hodisadir. O‘zbekiston Respublikasida 2000-2018 yillarda sanoat tarmoqlarining YaIM dagi ulushi ortib borayotganligi progressiv tarkibiy siljishdan dalolat beradi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ijobiy sifat o‘zgarishlariga erishildi. Bu avvalambor YAIMning tarmoq tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi. Milliy hisobchilik tizimiga ko‘ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko‘rsatkichidan boshqa yana bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko‘rsatkichi ham kiradi. Bu ko‘rsatkich MHTning oldingi ko‘rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko‘rsatkichi bilan mohiyatan bir xil. Iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o‘zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo‘yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko‘rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish