Iqtisodiy tahlil va statistika



Download 0,55 Mb.
bet1/9
Sana29.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#592417
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5420117533480982770




Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
“Iqtisodiy tahlil va statistika”
kafedrasi

Kurs ishi


Mavzu: O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili

Kurs ishi rahbari : Dotsent, Iqtisodiyot fanlari nomzodi Xoliqulov A.N
Kurs ishi tayyorladi : IK119-guruh talabasi Xamdullayeva S.X.

SAMARQAND - 2022

Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
I bob. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning nazariy asoslari
I.I. Milliy hisoblar tizimida asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularning mohiyati;
I.II. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahlilining uslubi va uslubiyoti;
II bob. Milliy iqtisodiyotimizni ifodalaydigan asosiy makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar tahlili
II.I. Mamlakatimizdagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning omillar
usulida tahlili;
II.II. Mamlakatimizdagi asosiy maktoiqtisodiy ko’rsatkichlarining
prognoz tahlili;
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar ro’yxati.

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O’zbеkiston iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni bosqichma-bosqich rivojlantirdi. Natijada asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sishi kuzatildi va mamlakat tashqi bozordagi mavqеini mustahkamladi. Bu kabi tadbirlar milliy iqtisodiyotning rivojlanishini talab etadi. Makroiqtisodiy o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo`nalishlarda ko`zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo`shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o`tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o`zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish1 kabi vazifalar belgilangan bo`lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo`g’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo`llarini o`rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog`liqdir. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk, “Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, rivojlanishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”2. Makroiqtisodiy o‘sish bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish