O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“STATISTIK TAHLIL” KAFEDRASI
“MAKRO IQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: IQTISODIY O’SISHNI TAMINLASH YO’LLARI
Bajardi: IK-319 Guruh talabasi
Jamolov. J
Ilmiy rahbar: Bobonazarova S.
Reja:
Kirish.
Asosiy qisim.
Iqtisodiy o’sish tushunchasi.
Iqtisodiy o`sish turlari, ularni prognozlashtirishda ishlatilishi.
Iqtisodiy o’sishning mohiyati va zarurati.
Iqtisodiy o`sishni prognozlashtirishda ishlab chiqarish funksiyasi.
2.1 Iqtisodiy o’sishga ta’sir qiluvchi omillar tahlili
Ekstrapolyatsiya usuli, Korrelyatsion analiz usuli.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Mustaqillik yillarida O’zbеkiston iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni bosqichma-bosqich rivojlantirdi. Natijada asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sishi kuzatildi va mamlakat tashqi bozordagi mavqеini mustahkamladi. Bu kabi tadbirlar milliy iqtisodiyotning rivojlanishini talab etadi. Makroiqtisodiy o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo`nalishlarda ko`zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo`shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o`tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o`zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish1 kabi vazifalar belgilangan bo`lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo`g’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo`llarini o`rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog`liqdir. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk, “Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, rivojlanishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”2. Makroiqtisodiy o‘sish bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishining maqsadi. O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy o`sishini yillar kesimida tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy o`sishni mazmun mohiyatini tushuntirish;
Iqtisodiy o’sishga tasir qiluvchi omillarni o’rganish
Iqtisodiy o`sish tahlili uslublarini izohlab berish;
Kurs ishining obyekti. O’zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiyoti makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bilan bevosita bir-biriga bog’liqligi.
Kurs ishining predmeti. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy o’sishiga ta’sir o’tkazadigan barcha omillar yig’indisi hamda bu omillar ta’sirida millliy iqtisodiyotimizning shakillanishi.
Kurs ishining tuzilish va hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism ya’ni 2 ta murakkab reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |