Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash usullari. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qat’iy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir. YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir.
Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi:
Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) = ∑ QQ
Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) = C + I + G + Xn
Bu yerda:
S – shaxsiy iste’mol xarajatlari;
I– investitsiya xarajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar;
G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarning davlat xaridi;
Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport;
Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = A + BES + IH+ FD + YIIH + YTQD + KFS + DD + KTF
Bu yerda:
Amortizatsiya;
BES-biznesga egri soliqlar;
IH- ijara haqi;
FD- foiz ko’rinishidagi daromadlar;
YIIH- yollanma ishchilarning ish haqi;
YTQD- yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar;
KFS- korporatsiya foydasiga soliqlar;
DD- dividentlar;
KTF- korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi;
Misol uchun, iqtisodiyotda uchta apelsin va to’rtta olma ishlab chiqariladi. Biz YaIMni qanday hisoblaymiz? Biz olma va apelsinlar miqdorini oddiygina qo’shib, YaIM mevalarning yetti birligiga ega deyishimiz mumkin. Biroq bu faqat olmalar va apelsinlar bir xil qiymatga ega bo’lgan holdagina ma’noga ega bo’lishi mumkin, bu esa noto’g’ri. (bu misol agar biz iqtisodiyotda to’rtta tarvuz va uchta limon ishlab chiqariladi deb faraz qilganimizda yanada yaqqolroq bo’lardi).Turli tovarlar umumiy qiymatini hisoblash uchun biz ular qiymatini ifodasi sifatida ularning bozor narxini qo’llaymiz. Bozor narxi qo’llanilishining sababi, u odamlar muayyan tovar yoki xizmatlar uchun to’lashga tayyor bo’lgan pul miqdorini o’zida aks ettiradi. Agar olmalar donasi 1000 so’m tursa, apelsinlar esa donasi 2300 so’m tursa, unda YaIM quyidagiga teng bo’ladi:
YaIM = (olma narxi *olmalar miqdori) + (apelsin narxi * apelsinlar miqdori)
= (1000*4) + (2300*3)= 10900
YaIM 10,9 ming so’mga teng, ya’ni barcha olmalar qiymati (4,0 ming so’m) qo’shuv barcha apelsinlar qiymati (6,9 ming so’m).
Ko’plab Tovar va xizmatlar YaIMda ularning bozor qiymati bo’yicha hisobga olingan bir vaqtda, ba’zi tovarlar va xizmatlar bozorda sotilmaydi, demak bozor narxiga ega emas. Bu xizmatlar qiymati YaIMga kiritilishi lozim bo’lgani uchun, biz uni o’lchashimiz kerak. Bunday baholashlar shartli o’tkazilgan qiymatlar nomini oldi. Shartli o’tkazilgan qiymat, masalan, uy-joy sohasida xizmatlarni baholashda qo’llaniladi. Uy-joyni ijaraga olayotgan inson, xizmatlar uchun haq to’laydi va uy egasini daromad bilan ta’minlaydi; ijara haqi YaIM hisobiga uy egasining daromadi sifatida ham, uy-joyni ijaraga oluvchining xarajatlari sifatida kiritiladi.Shu bilan birga, ko’plab odamlar shaxsiy uylarida yashaydilar. Ular ijara haqi to’lamasalar ham, biroq ular uy-joyni ijaraga oluvchilar singari xuddi shunday xizmatlardan foydalanadilar. Shunday qilib, shaxsiy uy egalari foydalanadigan xizmatlarni hisobga olish uchun YaIM tarkibiga ular o’zi - o’ziga to’laydigan “ijara haqi” kiritiladi. Albatta ular o’zi o’ziga hech qanday ijara haqi to’lamaydilar. Savdo vazirligi agar ular uy-joyni ijaraga olganlarida to’lashlari mumkin bo’lgan ijara haqi miqdorini baholaydi va bu shartli o’tkazilgan qiymat miqdorini YaIMga kiritadi. Bu ijara haqi uy egalarining ham xarajatlari, ham daromadlari sifatida hisobga olinadi.
Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning hisoblash:
Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |