3. Tovarning bozordagi holatini baholash va uni tahlili. Talabning o’zgaruvchanligi
Marketing – insonning ayirboshlash vositasida talab va ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni o’rganish, iste`molchi buyurtmasiga ko’ra mahsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste`molchiga yetkazib berish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati kiradi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonani boshqarish marke-tingni ishlab chiqarishning asosi qilib qo’yadi, chunki xo’jalik qa-rorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridor ehtiyojlari yotadi. Pirovard natijada korxonaning ko’lami, korxonani tashkiliy boshqarish tar-kibi, boshqaruv tamoyil va usullari, xizmat ko’rsatish yo’nalish-larini bozor belgilaydi. Bozor talab va taklifdan iborat.
Talab – bu, eng avvalo, biron-bir ne`matlar yoki xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarni bozorda namoyon bo’lishi va ularni pul vosi-tasida ta`minlanishidir.
Taklif – bu muayyan paytda bozorda bo’lgan yoki unga yetkazib berilishi mumkin bo’lgan tovarlar massasi sifatida belgilanadi.
Talab, avvalo, resurslarga va iste`mol tovarlari, tovarlash-gan xizmatlarga bo’lgan talab sifatida yuzaga keladi, birinchisi ishlab chiqarish iste`molini, ikkinchisi esa shaxsiy iste`molni qondirishga qaratilgan.
Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, fan va texnika taraqqiyoti ildam qadamlar bilan yangilanayotgan sharoitda insoniyatning tovar va moddiy qimmatliklarga bo’lgan ehtiyoji-talabi uzluksiz o’zgarib, ortib boradi.
Talab o’zgarishi (elastikligi) mavjud bo’lib, bu :
– baho o’zgarishi va holati;
– xaridorlar soni va ularning didi, istagi;
– iste`molchilarning xarid etish imkoniyati;
– inflyatsiya ehtimoli va boshqalar.
Yuqoridagi talabni belgilovchi omillardan tovar bahosi va iste`molchilarning xarid etish imkoniyati muhim o’rin tutadi. Taklif, bozor tovar bilan to’la ta`minlangandan keyin o’zgarmasdan bir me`yorda bo’lishi ham mumkin, bunda baho oshib borishi bilan bozorga chiqariladigan tovar ko’payishining zarurati bo’lmay qoladi. Shunda ishlab chiqarish hajmi ham o’zgarmay, taklif ham bahoga bog’liq bo’lmagan holda barqarorlashishi mumkin.
Taklifning o’zgaruvchanligi, umuman talab o’zgaruvchanligiga o’xshab, tovar bahosining o’zgarishi, taklifning o’zgarish daraja-sini aniqlash uchun taklif o’zgaruvchanligi ko’rsatkichi (K) qo’llaniladi. Unga ko’ra,
Agar, K>1 bo’lsa, taklif o’zgaruvchan;
K=1 bo’lsa, o’zgarmas;
K<1 bo’lsa mutlaq noo’zgaruvchan bo’ladi.
Sotish hajmi, o’rtacha baho darajasi, sotishdan keladigan tushum va undan ko’riladigan foyda ichki va tashqi bozorga bog’liq.
1-jadval.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |