Taqdimot (elektron shaklda)
4-dars. Xo’jalik sub’ektlarining marketing faoliyatida tahlil
|
Xo’jalik sub`ektlarining marketing faoliyatida tahlilining maqsadi, vazifasi va uning axborot manbalari
|
|
Marketing tizimidagi tahlil turlari va ularning asosiy usullari
|
|
Tovarning bozordagi holatini baholash va uni tahlili. Talabning o’zgaruvchanligi
|
|
Tovar va korxonaning baho siyosatining tahlili
|
|
Korxona mahsulotining raqobatbardoshligining tahlili
|
Xo’jalik sub`ektlarining marketing faoliyatida tahlilining maqsadi, vazifasi va uning axborot manbalari
Resurslardan samarali foydalanish va iste`molchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun korxona bozordagi holatni chuqur tahlil etishi lozim. Shu maqsadda komleks marketing tadqiqoti olib boriladi. Marketing orqali doimiy ravishda yangi xizmat turlari taklif etiladi, ular bozorining kengayishi tufayli kor-xona yuqori darajadagi foydaga erishadi. Marketing orqali kor-xona xo’jalik faoliyati tartibga solinadi. Shu tufayli korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijasining tahlili marketing faoliyatini tahlil etishdan boshlanmog’i lozim.
Komleks marketing tahlili marketing tadqiqoti tizimining asosiy qismi bo’lib, manbalarni yig’ish, ularni ro’yxatga olish, bozordagi tovarlar, ish va xizmatlarga tegishli ma`lumotlarga ishlov berish orqali samarali marketing xulosalari qilinadi.
Marketing tadqiqoti jarayonidagi kompleks iqtisodiy tahlil ob`ekti sifatida, bizningcha, birinchidan, real bozor jarayoni iste`molchilar va raqobatchilar bilan birgalikda, ikkinchidan, mahsulot turlarini ishlab chiqarishdagi korxonaning aniq iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlari hisobga olinishi kerak.
Har ikki bir-biri bilan bog’liq ob`ektlarni chuqur o’rganish orqali bozordagi holat va korxona imkoniyatlari hisobga olingan holda optimal variantdagi assortiment dasturi yaratiladi. Bu das-turni amalga oshirish orqali korxona mahsulotini raqobatbardoshligi, barqarorligi ta`minlanadi. Komleks marketing tahlilining asosiy vazifalari:
– korxona xizmatiga bo’lgan talab va ehtiyojni baholash, tahlil etish, ishlab chiqarish dasturi real asosga ega ekanligiga ishonch hosil qilish;
– mahsulot va xizmatlarga bo’lgan talablarga ta`sir etuvchi asosiy omillarni tahlil etish;
– talab etilmagan xizmat turlarini aniqlash;
– baho siyosati va assortiment turlarini tahlil etish;
– mahsulotning raqobatbardoshligini baholash va tahlil etish;
– marketing faoliyatining taktika va strategiyasini ishlab chiqish.
Kompleks marketing tahlilining axborot tizimi ichki manba, tashqi manba, marketing tadqiqotlaridan iborat. Tahlil etish jarayonida bu bo’limlarning har biri mustaqil axborot tizimi sifatida ishtirok etadi. Ichki axborot manbalari tarkibiga korxonaning buxgalteriya va statistika hisobotlarining tezkor va joriy ishlab chiqarish va ilmiy-texnik manbalari kiradi. Tashqi manbalar tizimiga korxonaning tashqi faoliyati, bozor va uning infratuzilmasi, xaridor va mol yetkazib beruvchilar holati, raqobatchi-lar harakati, bozor mexanizmini tartibga solish bo’yicha davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar va boshqalar kiradi. Bu manbalar vaqtli va maxsus nashr, statistik to’plam, tijorat tashkilotlari olib borgan izlanishlarga oid sharhlarda aks etadi. Bunday manbalar qatorini tashkil etilgan ko’rgazma va anjuman manbalari, ishbilarmonlar uchrashuvi va ularning olib borgan muzokaralar bo’yicha tuzilgan bayonnomalari yanada to’ldiradi. Tahlilning axborot manbalari sifatida korxonaning biznes-rejasi (marketing rejasi)dan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |