4 -§. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi
M a’lum davrda (masalan, bir yilda) yaratilgan milliy daromad jamiyat a’zolarining, tadbirkorlarning, korxonalar-
ning, tashkilotlarning, muassasalarning va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunday jarayonni statistika taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi.
Milliy daromadni birlamchi taqsimlash uni o'zi yaratil- gan sohalar: mahsulot ishlab chrqaruvchi va xizmat k o ‘rsatuvchi soha xodimlari va korxonalari o'Ttasida amalga oshiriladi. Ular tomonidan olingan daromad birlamchi boiib hisoblanadi va uning hajmi har doim mamlakat ichida yaratilgan milliy daromad hajmiga teng bo‘Iadi.
Statistika birlamchi daromadlarni quyidagi guruhlarga ajratadi:
1) Mehnatkashlarning birlamchi daromadlari:
a) ishlab chiqarishdagi ish haqqi fondi va boshqa fond- lardan to ‘langan toMovlar;
b) tadbirkorlarning o‘z faoliyatini natijasida olgan sof daromadlari;
d) mulkdan olingan darom adlar (renta, foizlar, dividen la r va h.k.).
2) Ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi
korxonalarning birlamchi daromadlari:
a) korxonalarning birlamchi daromadlari;
b) fermer va dehqon xo‘jaliklarining birlamchi daromad
lari;
d) xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning birlamchi dar madlari.
Milliy daromadni bunday birlamchi taqsimlash, uni taqsimlash jarayonini tugataolmaydi, chunki bunda ayrim soha tarmoqlari va ularning xodimlari nafaqaxo'rlar, tala- balar, o ‘quvchilar hech qanday daromadga ega boMmaydilar. Shuning uchun milliy daromadni qayta taqsimlash zarur
boMadi.
d
www.ziyouz.com kutubxonasi
Milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni bir necha y o lla r bilan amalga oshirilishi mumkin.
1. Davlat budjetining daromadini tashkil etish bilan — bu milliy daromadni qayta taqsimlashning muhim va asosiy yo‘lidir.
Bu daromad asosan xo‘jalik tushumlaridan tashkil topadi (qo‘shim cha qiymat solig‘i, mulk, yer solig‘i, ferm er va dehqon xo‘jaliklari daromad soliqlari).
Budjetning qolgan qismi aholi daromadlaridan olinadi (soliqlar, davlat zayomlari, omonat kassa jamg'armalarining or- tishi va h.k.).
Davlat budjetida to 4plangan mablag‘larning taxm inan 40—45% kapital mablag'lar sarflash, taxminan 40% ga yaqini ijtim oiy-madaniy ishlar, 10%dan ortiqrog‘i mudofaa uchun va qolgan 1—1,5% davlatni boshqarish uchun sarflanadi.
2. Aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan milliy darom ad qayta taqismlanadi.
Aholi bir qancha bepul xizmatlar bilan birga, to ‘lovli xizmatlardan ham foydalanadi. Yo'lovchi transporti, aloqa, maishiy xizmatlar, davolanish va ta’lim muassasalari xizm at- laridan aholi foydalanishi bunga misol boMa oladi.
Bularning xizmatiga aholi haq to‘lab o‘z darom adining bir qismini ana shu xizmat ko‘rsatadigan soha korxonalarga toMaydi va bu ularning daromadini tashkil etadi.
Milliy darom adni bunday taqsimlash va qayta taqsimlash m am lakatda korxonalarning tashkilotlar va aholining oxirgi darom adlari tashkil topadi.
Statistika hisobotlar yordamida bu jarayonlarni chuqur o‘rganadi; milliy daromad ular ixtiyoridagi absolut summasini va nisbiy ko‘rsatkichni aniqlaydi. Aholi olgan darom adni sta tistika uning turli gruppalari bo‘yicha o'rganadi va bu aholi
ning turmush darajasi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Milliy daromad bizriing mamlakatimizda mehnat- kashlarniki hisoblanadi va u mehnatkashlar ixtiyoriga yoki to ^ r id a n - to 'g 'r i yoki davlat ixtiyoriga tushib so‘ngra mehnatkashlarning ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadning taxminan 1/5 qismi mehnatkashning shaxsiy moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatilsa, 4/5 qismi ishlab chiqarishni kengaytirish va ijti moiy chtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi.
Taqsimlangan milliy daromad natijada aholining ehtiyoj larini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadni oxirgi foydalanish uni ishlatish va jam g‘arishdir.
Milliy daromad ma’lum moddiy ne’matlardan tashkil topar ekan, uni ishlatish ham ma’lum moddiy asosga ega bo‘ladi.
1) Moddiy ne'matlar joriy ishlab chiqarish va xizm ko‘rsatish ehtiyojlar uchun ishlatiladi. U joriy yashash va uning darajasini oshirish imkonini beradi. Aholi oziq-ovqat, kiyim, yoqilg‘i, elektr energiya, madaniy mollarni, imorat- larni, uzoq muddat xizmat qiladigan buyumlarni o‘z ehtiyo jini qondirish uchun ishlatadilar.
Statistika bunda asosan jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulotlarni natural ko'rsatkichlarda hisoblaydi. Umumiy foydalanish esa qiymat shaklida o ‘rganiladi.
Statistika iste'molni o ‘rganish uchun ko‘p manbalarga
ega:
1. Mahsulot va xizmatlar savdosining aylanish m a’lumotlariga;
2. Jamoa a’zolariga berilgan mahsulotlarning natural ko‘rsatkichi;
3. Dehqon bozori savdosi materiallari;
4. Mehnatkashlar oilalari daromadlarini kuzatish materi allari.
Mamlakatimizda doimo tanlama tarzda 90,000 oila ha-
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoti kuzatib turiladi. Bu oilalarda har kuni tushum va xara jatlar yozib turiladi hamda ularning ma’lumotlari statistika organlarida guruhlarga ajratilib o‘rganiladi.
Iste’molning ikkinchi qismi bu xizmat ko‘rsatuvchi soha korxonalardagi yoqilg'i, elektr energiya, imoratlaming eskirishi va h.k.lardir.
a) Aholi xizmatidagi korxonalarda ishlatilishi (maktablar, teatrlar, kasalxonalar, sanatoriyalar).
Bularni aholining shaxsiy iste’moliga qo‘shish mumkin.
b) Ilmiy tashkilotlar va davlatni boshqarish tashkilotlari- dagi iste’mol.
2) Milliy daromaddan oxirgi foydalanish deyilganda faqatgina iste'mol qilish emas, moddiy ne’matlarni
jam g‘arish ham tushiniladi. Mamlakatimiz ko‘p avlodlar m ehnati tufayli jam g‘arilgan juda katta hajmdagi moddiy ne’matlarga ega va ular milliy boyligimizning bir qismini tashkil etib, uni yanada ko‘paytirish uchun ishlatiladi. N ati- jada yana yangi binolar, inshootlar, mashina-uskunalar, xomashyo, materiallar, yoqilg'i, yashash uylari, maktablar, kasalxonalar, kutubxonalar soni ortadi.
Yakuniy iste’mol uy xo‘jaliklari, davlat muassasalari va uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar to monidan amalga oshiriladi.
Jam g‘arish iqtisodiyotning barcha sektorlari va tarmoqlari bo‘yicha asosiy kapitalni yalpi jamlanishi, moddiy aylanma vositalaming o‘sishi va nomoddiy aktivlarga egalik qilish sifatida amalga oshiriladi.
Statistika bularni har xil kuzatish ma’lumotlaridan va
iqtisodiy agentlarning hisobotlaridan olishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |