Ushbu yo’nalishda ikki muhim masalani - chorva soni va asosan chorvachilik mahsuloti ishlab chiqarishni ajratish mumkin.
Jahondagi yirik shohli korxonalar, qo’y hamda cho’chqalar umumiy soni hamda yirik regionlar bo’yicha taqsimoti quyidagi jadvalda ko’rsatib o’tilgan.
16-jadval Jahondagi va uning alohida regionlarida 1998 yillar boshida qoramollar
soni (mln. bosh hisobida)
Hayvonlar turi
|
Jahon- dagi soni
|
Shu jumladan
|
MDH
|
Yevro pa
|
Osiyo
|
Afrika
|
Shimоliy Amerika
|
Lotin Amerikasi
|
Avstraliya va Okeaniya
|
Yirik shoxli
|
1300
|
120
|
150
|
400
|
190
|
115
|
290
|
35
|
Cho’chqal
|
850
|
80
|
200
|
400
|
10
|
65
|
90
|
5
|
Qo’ylar
|
1200
|
140
|
140
|
380
|
240
|
10
|
125
|
105
|
Yilqilar
|
65
|
6
|
5
|
17
|
4
|
14
|
18
|
1
|
Umumlashtirgan holda, ta’kidlash mumkinki, sut yo’nalishidagi yirik shohli qoramol ko’paytirish aholi zich joylashgan Yevropa, Shimoliy Amerika rayonlari uchun xosdir. Go’sht-sut yo’nalishidagi qoramolchilik intensiv qishloq xo’jaligiga ega bo’lgan mo’tadil mintaqa rayonlarida, shuningdek qo’rg’oshin va mehnat resurslari bilan yomon ta’minlangan rayonlarda tarqalgan. Go’sht chorvachiligi ekstensiv (Argentina, Avstraliyaning katta qismi) va intensiv (AShchP) bo’lishi mumkin. Ammo ayni paytda u va bu holatda ham yuqori darajada tovar xususiyatiga ega bo’ladi. Cho’chqachilik bilan turli tabiiy sharoitlardagi intensiv va ekstensiv qishloq xo’jaligiga ega bo’lgan mamlakatlar shug’ullanadi. Odatda, bu tarmoq aholi zich joylashgan rayonlarda, kartoshkachilik, lavlagikorlik rayonlarida keng rivojlanadi. Qo’ychilik keng yaylov maydonlariga ega bo’lgan mamlakat va rayonlarda ustun rivojlanadi. Ayni paytda mayin junli qo’ychilik quruq iqlimli rayonlarda ko’proq tarqalgan bo’lib, dasht hamda chalacho’l yaylovlari sharoitida olib boriladi. Sernam va yumshoq iqlimli hududlarda yarimmayin junli, go’sht-jun yo’nalishidagi qo’ychilik rivojlanadi.
M. B. Volf va Yu. D. Dmitrievskiy o’zlarining jahon qishloq xo’jaligi xaqidagi kitoblarida to’rt turdagi chorvachilik rayonlarini ajratganlar. Ular intensivlik darajasiga ko’ra quyidagicha taqsimlanishi mumkin.
Birinchi turga aholi juda zich joylashgan va qoramol yuqori darajada zich bo’lgan (100 ga qishloq xo’jaligi maydoniga 100-200 bosh va undan ko’p) rayonlar
kiradi. Bu turga mansub rayonlarda mazkur tarmoq yuqori mahsudorlikka ega bo’lib, intensiv sut chorvachiligi, cho’chqachiliq, parrandachilikka ixtisoslashgandir. Yevropada birinchi turdagi rayon Daniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya kabi mamlakatlarni, Shimoliy Amerikada - AQShning shimoli-sharqini qamrab oladi. Bu mamlakatlardagi chorvachilik yalpi qishloq xo’jalik tovar mahsulotining 60-80% ini yetkazib beradi.
Ikkinchi turga intensivlik hamda qishloq xo’jalik mahsuldorligi o’rtacha darajada bo’lgan rayonlar mansubdir. Unga chorvaning o’rtacha zichligi ham (30-60 bosh) ta’lluqlidir. Bu turga misol tariqasida Janubiy va Sharqiy Yevropa, AQShning janubiy va markaziy shtatlari, Lotin Amerikasining ayrim rayonlari kiradi.
Uchinchi turga aholi zichligi hamda chorva boshi zichligi (5-10 bosh) past bo’lgan, kam intensivlashgan chorvachilik tarmoqlari va yo’nalishlari, keng tabiiy yaylovlarda qoramollarni ekstensiv holatda saqlanuvchi va mahsuldorligi nisbatan past bo’lgan rayonlar kiradi. Bunday rayonlarga misol tariqasida Avstraliyaning katta qismini, Argentinadagi Patagoniyani, Angola, G’arbiy va Shimoliy Afrikaning ayrim mamlakatlarini (Mavritaniya, Chad, Aljir) keltirish mumkin. Odatda mazkur mamlakatlarda chorvachilik dehqonchilikdan ustun bo’lib, xo’jalikning asosiy tarmog’i hisoblanadi.
Va nihoyat, to’rtinchi turga aholisi juda zich joylashgan, chorva mollari zich (60-200 bosh), ammo mahsuldorligi past va kam intensiv tarmoq hamda yo’nalishlar ustun bo’lgan rayonlar kiradi. Chorvachilik bularda yordamchi ahamiyat kasb etib, oz miqdorda tovar mahsuloti yetkazib beradi. Bunday rayonlarga misol tariqasida Hindiston, Shri-Lanka, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini keltirish mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kam mahsuldor chorvachilik markazlari aksariyat hollarda iste’mol va tovar dehqonchiligidan hududiy jihatdan ajralgan holda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |