Kanop sanoati.
Korxonalar Toshkent viloyatida joylashgan, chunki xom-ashyo bazasi bo’lib Quyi, Yuqori va O’rta Chirchiq tumanlari hisoblanadi. Mahsulotlari: tola, kongazlama, arqon, kabel ipi va boshqalar. Oltita yirik zavod yiliga 20 ming tonna kanop poyasini qayta ishlash quvvatiga ega.
Hozir Respublikamizdagi barcha mebel sanoati korxonalarini boshqaradigan "O’zbekmebel" davlat aktsiyadorlar birlashmasi barpo qilingan. Uning tarkibida 26 ta mebel ishlab chiqarish tijorat shirkati 13 ta mebel fabrikasi, 3 ta mebel ishlab chiqarish birlashmasi, 6 ta mebel birlashmasi, "O’zbekqog’oz" ijara korxonasi, mebel ko’zgusi korxonasi, yog’och kesish stanoklari zavodi, firma magazinlari va boshqalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |