Yengil sanoat tarmog’ining asosiy bo’g’ini bo’lib, mahsuloti (paxta tolasi) 40dan ortiq mamlakatlarga eksport qilindi. O’zbekistonda 130ta paxta tozalash zavodi bo’lib ularda har yili 1.5 mln tonnadan ortiq paxta tolasi, 100 ming tonnadan ortiq lint, 2.5 mln tonna chigit, 200 ming tonna urug’lik chigit ishlab chiqariladi. 1992 yildan "O’zdavlatpaxtasanoatsotish" davlat aktsiyadorlik uyushmasi tashkil etilib uning tarkibida 12 viloyat va Qorqalpog’iston Respublikasi paxta tozalash sanoat birlashmasi "Toshkent Kanop zavodi" birlashmasi, Respublika ilmiy markazi faoliyat ko’rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |