Kooperatsiya – bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligi
bo’lib, bunda ularning tarmoq holda joylashuvi kuzatiladi. Bunda qatnashuvchi
korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga boliq bo’ladi.
Kombinatsiya – kooperatsiyaga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat.
Bunda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi
tushuniladi. Kooperatsiyada mahsulot bir bo’lsa, kombinatsiyada aksincha, xom
ashyo bir bo’lib, undan olingan mahsulot turlicha bo’ladi. Kombinatlashuv ma’lum
turdagi xomashyoni chuqur texnologik qayta ishlagan holda mahsulotlar ishlab
chiqarishni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab chiqarishni tashkil
etishning barcha shakllaridan to’gri va oqilona foydalanish zarur.
Ishlab chiqarish kuchlarini oqilona, samarali joylashtirishning asosiy
mazmuni va mohiyati mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlarni
maksimal darajada kamaytirishga, ma’lum hududlarda xomashyoni qazib olishdan
boshlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarguncha bo’lgan barcha ishlab chiqarish
jarayonlarini joylashtirishda o’z aksini topadi. Bunda albatta, ishlab chiqarishni
joylashtirish omillarini e’tiborga olish alohida ahamiyatga ega.
Iqtisodiyot tarmoqlari ma’lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan
holda joylashtiriladi va hududiy tashkil etiladi. Ishlab chiqarishni joylashtirish
omillari deganda, ma’lum bir guruh xo’jalik ob’ektlariga, tarmoqqa yoki mamlakat
xo’jaligi tarkibini hududiy tashkil etilishiga, iqtisodiy rayonlarga, shuningdek,
hududiy-ishlab chiqarish majmualarning (klasterlarni) oqilona va samarali
joylashishiga ta’sir etuvchi majmuali shart-sharoitlar tushuniladi. Bu omillarni
yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish
qonuniyatlarini o’rganishga asos bo’ladi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilgi, elektr
energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste’mol va transport, iqtisodiy-geografik
o’rin kabi omillar e’tiborga olinadi. Shuningdek, ekologiya, ITT va bozor
iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati ham oshib bormoqda.
Ushbu omillarni tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik guruhlarga birlashtirish
mumkin. Ularning mohiyati va ta’sirchanligi jamiyat rivojlanishi bilan o’zgarib
turadi. Ayni paytda ijtimoiy va ekologik omillar ishlab chiqarishni bozor iqtisodiyoti
munosabatlari asosida tashkil etishda ustuvor o’ringa ega bo’lmoqda.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar hisobga
olinishi lozim, lekin ma’lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar emas,
balki ulardan ayrimlarigina etakchi rol’ o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |