Ilmiy-texnik taraqqiyot
omilining ta’siri bir qator tarmoqlarni hududiy tashkil
etishda aniq namoyon bo’ladi. Masalan, mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo
sanoat tarmoqlariga tegishli ko’pgina korxonalar yuksak darajada ilmiy-texnika
qudratiga ega bo’lgan shaharlarda joylashtiriladi.
Yuqorida ko’rilgan omillarning ahamiyati katta. Ammo ularning barchasi
provard natijada ekologik omil bilan "hisoblashishlari" kerak. Hozirgi kunda ayrim
sanoat korxonalarining ishlashi shu nuqtai nazardan to’xtatilganligi bejiz emas.
Ekologik jihatdan kimyo, yog’och-tsellyuloza, go’sht, konserva, charm zavodlari,
issiqlik elektrostantsiyalari aholi joylashgan markazlardan uzoqroqda bo’lgani
yaxshi. Bu omil bilan hozirgi kunda hisoblashmasdan iloji yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |