Hududiy ixtisoslashuv
— sharoit, an’analar, mahalliy imkoniyatlar tufayli
butun bir hudud mahsulotning biror turini ishlab chiqarishga moslashuvi.
Ijara haqi (renta)
— birovning mulkidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan
haq.
Ijtimoiy ehtiyojlar
— kishilarning yonma-yon, hamjihatlikda hayot kechirishi
bilan bog‘liq, birgalashib qondiradigan umumiy ehtiyojlari.
Ijtimoiy ne’matlar
— bozor taqdim eta olmaydigan, davlat tomonidan ishlab
chiqariladigan va mamlakat aholisi tomonidan birgalikda iste’mol
qilinadigan tovar va xizmatlar.
Import
— tovar va xizmatlarni chet mamlakatlardan sotib olish.
Inflatsiya
— mamlakatdagi o‘rtacha narx-navoning muttasil oshib borishi.
G
H
Do'stlaringiz bilan baham: |