Firmaning nizomi
— firmaning ichki va tashqi faoliyatini tartibga soluvchi,
huquqiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjat.
Firmaning ta’sis shartnomasi
— firma ta’sischilari o‘rtasida o‘zaro faoliyat
yuritish bo‘yicha tuziladigan kelishuv hujjati.
Fond birjalari
—
qimmatbaho qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi
vositachi tashkilot.
Foyda
— korxonaning ma’lum vaqt davomidagi yalpi daromadi bilan umumiy
xarajatlari orasidagi farq.
Foydaning nominal miqdori
— foydaning joriy narxlarda ifodalangan qiymati.
Foydaning real miqdori
— foydaning biror yildagi narxlarga nisbatan xarid
qilish qiymati.
Friksion ishsizlik
— odamlarning bir ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga
joylashayotgan paytda yuzaga keladigan ishsizlik.
Giperinflatsiya
— mamlakatda narx-navoning haddan tashqari (yiliga 50
baravardan ham ko‘p) oshish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |