Moliyaviy tadbirkorlik
— pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq
faoliyat.
Monopoliya
(yunonchada “tanho sotaman” degan ma’noni bildiradi) —
muayyan tovar turi yakka ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi tomonidan
sotiladigan, boshqa sotuvchilarning kirishi o‘ta qiyin bo‘lgan bozor.
Mulk
— odamlar tomonidan o‘zlashtirilgan va egalik qilish mumkin bo‘lgan
barcha narsalar.
Mulkdor
— mulkka egalik qiluvchi shaxs.
Murosali tanlov
— bir vaqtning o‘zida bir necha imkoniyatlardan qisman-
qisman foydalanish.
Muqobil imkoniyat
— birini tanlaganda qolganidan voz kechiladigan
imkoniyat.
Mutlaq ustunlik
— bir xil miqdordagi resurslarga ega bo‘lgan mamlakatlardan
birining shu resurslar yordamida boshqalariga nisbatan ko‘p mahsulot
ishlab chiqara olish imkoniyatiga ega ekanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |