Muvozanat miqdor
— tovarning bozor muvozanat narxiga mos talab (yoki
taklif) miqdori.
Narx
— birlik mahsulot uchun xaridor to‘lashga, sotuvchi esa mahsulotni
sotishga rozi bo‘lgan pul miqdori.
Narxlar vositasida raqobatlashish
— tovar narxini tushirish yoki oshirish
yordamida raqobatchilarga ta’sir ko‘rsatish.
Narxlar vositasisiz raqobatlashish
— tovar narxini o‘zgartirmasdan,
uning sifatini yaxshilash, reklamani kuchaytirish kabi omillar orqali
raqobatchilarga ta’sir ko‘rsatish.
Nisbiy ustunlik
— mamlakatda biror tovarni ishlab chiqarish muqobil
qiymatining boshqa mamlakatlarga nisbatan arzon bo‘lishi.
Nominal daromad
— daromadning pul shaklidagi ifodasi.
Normal tovarlar
— aholi daromadining oshishi bilan talab oshadigan tovarlar.
Oila budjeti
— oilaning ma’lum davrga rejalashtirilgan daromad manbalari
va xarajatlari hisob-kitobi.
Oligopoliya
— bir nechta yirik korxona va firmalarning monopoliyasidan
iborat bo‘lgan bozor.
Omonat
— mablag‘ni jamg‘arish va ko‘paytirish maqsadida ma’lum ustama
haq — foiz evaziga bankka qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |