Reklama
— iste’molchilarga tovar haqida ma’lumot berish bilan ularning
tovarga bo‘lgan talabini oshirishga qaratilgan tashviqot tadbiri (reklama
so‘zi lotinchada “jar solish, chaqiriq” degan ma’noni anglatadi).
Resurslar
— inson ehtiyojlarini qondirish uchun asqotadigan barcha narsalar.
Sof foyda
— foydaning soliqlar to‘langandan keyin qolgan qismi.
Sof ichki mahsulot (SIM)
— yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya
ajratmasining ayrilganiga teng.
Sof raqobat bozori
— muayyan tovar turi juda ko‘p sotuvchilar tomonidan
sotiladigan, boshqa sotuvchilarning kirishi oson narxlar erkin bo‘lgan
bozor.
Soliq
— fuqaro, firma va korxonalardan davlat xazinasiga undiriladigan,
qonunda ko‘rsatilgan majburiy to‘lov.
Soliq stavkasi
— soliq miqdorining soliq solinadigan jami summaga nisbatan
foiz miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |