Sotuvchi
— bozorda tovarini pulga almashadigan, ya’ni tovarni sotadigan
tomon.
Sug‘urta
— turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy
muammolardan muhofaza qilish faoliyati.
Tabiiy ishsizlik darajasi
— mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik
bo‘lgan vaziyatdagi ishsizlik darajasi.
Tabiiy resurslar
— tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan
tabiatning barcha ne’matlari.
Tadbirkorlik
— kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida,
o‘z mablag‘i, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish faoliyati.
Tadbirkorlik foydasi
— tadbirkorlik faoliyati natijasida qo‘lga kiritiladigan
daromad.
Taklif
— sotuvchilarning muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda
qancha miqdorda sotish mumkinligi haqidagi xohish va imkoniyatlarini
aniqlaydi.
Taklif miqdori
— sotuvchilarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda
sotishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |