Bozor iqtisodiyoti
— xususiy mulkchilikka asoslangan, barcha iqtisodiy
yechimlar bozor mexanizmi yordamida aniqlanadigan iqtisodiy tizim.
Bozor qatnashchilari
— davlat, ishlab chiqaruvchilar va uy xo‘jaliklari.
Budjet kamomadi
— davlat xarajatlari daromadidan ko‘p bo‘lgan holatdagi,
xarajatlar va daromadlar orasidagi farq.
Daromad
— kishi (oila)ning ma’lum vaqt davomida ishlab topgan yoki
qo‘lga kiritgan barcha moddiy va pul tushumlari.
Davlat budjeti
– davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan
asosiy moliyaviy hujjati.
Davlat mulki
— davlat korxona va tashkilotlariga tegishli mol-mulk.
Davlat qarzi
— yillar davomida yig‘ilib qolgan budjet kamomadining jami
miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |