D
E
Ehtiyojlar
— insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi uchun
zarur bo‘lgan narsalarga muhtojligi.
Ekologiya
— insoniyatni uni o‘rab turgan tashqi muhit bilan o‘zaro
munosabatlari haqidagi fan.
Eksport
— mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet
mamlakatlarga sotish.
Erkin xarajatlar
— birlamchi bo‘lmagan ehtiyojlar uchun xarajatlar.
Firma
— tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona.
Firma faoliyatining samaradorligi
— uning muayyan davrda olgan foydasi
miqdorining shu davrda sarflangan jami xarajatlari miqdoriga nisbati.
Firmaning nizom jamg‘armasi
— firma faoliyatini yuritish uchun uning
tashkilotchilari tomonidan qo‘shiladigan hissa — mol-mulk va
mablag‘lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |