Davlatning budjet-soliq (fiskal) siyosati
— davlat budjetining daromad va
xarajat qismlarini o‘zgartirish yordamida iqtisodiyotni tartibga solish.
Davlatning pul-kredit siyosati
— mamlakatda muomalada bo‘lgan pul
massasini va kredit foiz stavkasini tartibga solish orqali iqtisodiyotni
barqarorlashtirish.
Davriy ishsizlik
— mamlakat iqtisodiyotining davriy o‘zgarishi bilan bog‘liq
barcha sohalarni qamrab oladigan ishsizlik.
Depozit
— omonat yoki bankka qo‘yilgan mablag‘.
Dividend
— aksiya egasining firma foydasidan oladigan ulushi.
Dunyo miqyosidagi iqtisodiy muammolar
— jahon iqtisodiyoti keltirib
chiqargan, har bir davlat iqtisoqiyotiga taalluqli, faqat birgalashib
hamkorlikda yechilishi mumkin bo‘lgan muammolar.
Egri soliq —
daromad oluvchi, tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi
tomonidan emas, balki ularni iste’mol qiluvchi tomonidan to‘lanadigan
soliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |