Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi
Prezident farmoyishi bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy nafaqa olish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilgan. 2030 yilda davlat byudjetining ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan xarajatlari YAIMga nisbatan 1,5%ga yetkaziladi. Ijtimoiy himoya sohasida yagona mas’ul organ tuziladi.
Foto: «Gazeta.uz»
O‘zbekiton prezidenti «2021−2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishni imzoladi, deya xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Hujjat bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzildi. Hujjat loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan edi va muhokamaga o‘tgan yil kuzda qo‘yilgan edi.
Hujjatga muvofiq, Aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasida ijtimoiy himoya sohasida ijtimoiy yordam va xizmatlarning bazaviy kafolatlari belgilanadi.
Bunga quyidagi chora-tadbirlar kiradi:
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim, parvarish va boshqa zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar olishga imkoniyati bo‘lmagan bolalarga ko‘maklashish;kasallik, ishsizlik, onalik va nogironlik kabi holatlar tufayli o‘zini o‘zi ta’minlash masalalarini to‘liq hal qila olmaydigan mehnatga layoqatli fuqarolarni kafolatlangan daromadlar bilan ta’minlash;keksa yoshdagi fuqarolarni kafolatlangan daromad bilan ta’minlash.
Jahon tajribasi amaliyotlarida qabul qilingani kabi onalikni himoya qilish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarini ijtimoiy sug‘urta tizimiga kiritish hamda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish masalasi o‘rganiladi.
Konsepsiya bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun ariza beruvchilarning muhtojlik darajasini aniqlash jarayonlarini soddalashtirish hamda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash jarayonlarini tezlashtirish rejalashtirilgan. Bu kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olish maqsadida amalga oshiriladi, deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun berilayotgan subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy kontrakt tizimi joriy etiladi. Aholiga ko‘rsatiladigan jtimoiy xizmatlarni individual ijtimoiy moslashuv dasturlari orqali taqdim etish tizimi ishlab chiqiladi.
Farmoyishga ko‘ra, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan yagona organ belgilanadi.
Chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash, boshpanasiz qolgan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va shaxslarni mulk huquqi berilmagan holda joylashtirish uchun mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joylarni sotib olish tartibi joriy etiladi.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modeli joriy etiladi.
2025 yilga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi negizida tuman (shahar)lar miqyosida Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.
2030 yilda Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyasiga xarajatlari ichki yalpi mahsulotga nisbatan 1,5 foizga yetkaziladi.
2030 yilgacha aholini ijtimoiy himoya Milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNISEF, BMT Taraqqiyot Dasturi va Jahon bankining yetakchi mutaxassislaridan iborat ekspertlar guruhi qatnashdi.
Ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiyaning qabul qilinishi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari kambag‘allikni kamaytirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda ayollar, erkaklar, shu jumladan yoshlar va nogironlarni to‘liq, foydali va munosib ish bilan ta’minlashga erishishga yordam berishi kutilmoqda.
«Газета.uz» 564
#ijtimoiy himoya
Materialga izohlar
Kirish
So`nggi yangiliklar
Endi Toshkentdan Andijonga payshanba kunlari ham poyezd qatnaydi
Bugun, 11:52
Samarqand aeroporti 10 dekabrdan ochiladi
Bugun, 10:20
O‘zbekiston iqtisodiyoti 30 yil mobaynida qanday o‘zgardi?
Bugun, 09:59
Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora olganlikda gumon qilinmoqda
Bugun, 09:48
«Qo‘yliq» bozorini ko‘chirish to‘g‘risida qaror 2017 yilda qabul qilingan
Kecha, 22:54
9 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
Kecha, 22:00
Toshkent viloyatida 4 ta avtomobil va bitta avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi — video
Kecha, 19:30
Mizdakxon maqbarasi atrofidagi vaziyat Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda
Kecha, 19:14
Qiziqarli maqolalar
O‘zbekiston iqtisodiyoti 30 yil mobaynida qanday o‘zgardi?
Bugun, 09:59
Orzudagi Konstitutsiya
8 dekabr 21:02
Mercedes`dan Cadillac`gacha: amaldorlar qanday mashinada yurishadi?
7 dekabr 15:00
Toshkentda ko‘zi ojiz piyoda bo‘lish qanday?
3 dekabr 23:56
Telegram kanalga a'zo bo'lin
Do'stlaringiz bilan baham: |