FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
12-MAVZU
MULK VA XUSUSIYLASHTIRISH
Poliklinika
Dorixona
Yer maydoni
Uy-joy
Avtobus
Maktab
Mulk
— odamlar tomo nidan o‘zlashtirilgan va egalik qilish mumkin bo‘lgan bar cha
narsalar.
Mulkdor
— mulkka egalik qiluvchi shaxs.
Davlat mulki
— davlat korxona va tashkilotlariga tegishli mol-mulk.
Iqtisodiy huquq asoslari
Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.
O‘zbekiston Res publikasi Kon sti tutsiyasi, 36-modda.
Biror
mol-mulkka to‘la egalik qilish
deganda, mulkdorning o‘z manfaatlarini ko‘zlab:
- mol-mulkka egalik qilishi.
- mol-mulkdan foydalanishi.
- mol-mulkni tasarruf etishi, ya’ni boshqa birovga sotishi, ayirboshlashi yoki sovg‘a
qilishi tushuniladi.
Odatda mulkning shaxsiy, jamoaviy, davlat va xususiy turlari ajratib ko‘rsatiladi.
Shaxsiy mulk
odamning o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida egalik qiladigan
mulkdir.
Kishilar guruhi (jamoa) egalik qiladigan mulk esa
jamoa mulki
deb yuritiladi.
Iqtisodiyot fanida mulkning davlat va xususiy turlari keng o‘rganiladi.
DAVLAT MULKI
Yer, yer usti va yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa
tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanadi. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular
davlat muhofazasidadir. Davlat tashkilotlari, korxona va muassasalarning mol-mulklari,
davlat ahamiyatiga ega madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar, davlat budjetining
mablag‘lari, oltin zaxirasi, davlatning valuta fondi va boshqa davlat mablag‘i evaziga
yaratilgan yoki sotib olingan mol-mulklar davlat mulkini
tashkil qiladi.
Davlat mulki bo‘lgan mol-mulk davlatga tegishli korxona, idora va tashkilotlarga
xo‘jalik yuritish yoki boshqarish uchun biriktirib qo‘yiladi. Masalan, maktabga tegishli
barcha mol-mulk davlat mulki bo‘lib, undan foydalanish huquqi maktab jamoasiga, unga
egalik qilish huquqi tuman hokimligiga, uni tasarruf etish huquqi esa davlatning maxsus
tashkiloti hisoblanmish — davlat mulk qo‘mitasiga berilgan. Maktab mulkidan, binosidan
ta’lim berishdan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun maktab rahbariyati maktabning
egasi hokimiyatdan ruxsat olishi lozim. Shuningdek, maktabga faqat egalik qilish huquqiga
ega bo‘lgan hokimiyat maktab binosini davlat mulk qo‘mitasining ruxsatisiz tasarruf etish
huquqiga ega emas.
XUSUSIY MULK
Mulkning ikkinchi shakli — xususiy mulkdir. Xususiy mulkning mulkdori yakka,
alohida olingan shaxs bo‘lishi mumkin. Mulkdan foydalanish, egalik qilish va tasarruf
etish huquqlari ham shu birgina shaxs qo‘lida bo‘ladi. Bunday xususiy mulk —
Do'stlaringiz bilan baham: |