Iqtisodiy bilim asoslari 8


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/136
Sana14.10.2022
Hajmi3,59 Mb.
#853058
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136
Bog'liq
Iqtisodiy bilim asoslari. 8-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
12-MAVZU
MULK VA XUSUSIYLASHTIRISH
Poliklinika
Dorixona
Yer maydoni
Uy-joy
Avtobus
Maktab
Mulk
— odamlar tomo nidan o‘zlashtirilgan va egalik qilish mumkin bo‘lgan bar cha 
narsalar.
Mulkdor
— mulkka egalik qiluvchi shaxs.
Davlat mulki
— davlat korxona va tashkilotlariga tegishli mol-mulk.
Iqtisodiy huquq asoslari
Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.
O‘zbekiston Res publikasi Kon sti tutsiyasi, 36-modda.
Biror 
mol-mulkka to‘la egalik qilish
 
deganda, mulkdorning o‘z manfaatlarini ko‘zlab:
- mol-mulkka egalik qilishi. 
- mol-mulkdan foydalanishi. 
- mol-mulkni tasarruf etishi, ya’ni boshqa birovga sotishi, ayirboshlashi yoki sovg‘a 
qilishi tushuniladi.
Odatda mulkning shaxsiy, jamoaviy, davlat va xususiy turlari ajratib ko‘rsatiladi. 
Shaxsiy mulk
odamning o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida egalik qiladigan 
mulkdir. 
Kishilar guruhi (jamoa) egalik qiladigan mulk esa 
jamoa mulki
deb yuritiladi.
Iqtisodiyot fanida mulkning davlat va xususiy turlari keng o‘rganiladi.
DAVLAT MULKI
Yer, yer usti va yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa 
tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanadi. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular 
davlat muhofazasidadir. Davlat tashkilotlari, korxona va muassasalarning mol-mulklari, 
davlat ahamiyatiga ega madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar, davlat budjetining 
mablag‘lari, oltin zaxirasi, davlatning valuta fondi va boshqa davlat mablag‘i evaziga 
yaratilgan yoki sotib olingan mol-mulklar davlat mulkini
tashkil qiladi.
Davlat mulki bo‘lgan mol-mulk davlatga tegishli korxona, idora va tashkilotlarga 
xo‘jalik yuritish yoki boshqarish uchun biriktirib qo‘yiladi. Masalan, maktabga tegishli 
barcha mol-mulk davlat mulki bo‘lib, undan foydalanish huquqi maktab jamoasiga, unga 
egalik qilish huquqi tuman hokimligiga, uni tasarruf etish huquqi esa davlatning maxsus 
tashkiloti hisoblanmish — davlat mulk qo‘mitasiga berilgan. Maktab mulkidan, binosidan 
ta’lim berishdan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun maktab rahbariyati maktabning 
egasi hokimiyatdan ruxsat olishi lozim. Shuningdek, maktabga faqat egalik qilish huquqiga 
ega bo‘lgan hokimiyat maktab binosini davlat mulk qo‘mitasining ruxsatisiz tasarruf etish 
huquqiga ega emas.
XUSUSIY MULK
Mulkning ikkinchi shakli — xususiy mulkdir. Xususiy mulkning mulkdori yakka, 
alohida olingan shaxs bo‘lishi mumkin. Mulkdan foydalanish, egalik qilish va tasarruf 
etish huquqlari ham shu birgina shaxs qo‘lida bo‘ladi. Bunday xususiy mulk —

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish