Iqtisodiy bilim asoslari 8



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/136
Sana14.10.2022
Hajmi3,59 Mb.
#853058
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   136
Bog'liq
Iqtisodiy bilim asoslari. 8-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

123
122
123
1. 1–4- rasmlarda tasvirlangan fuqarolarning soliq to‘lovchi sifatida qanday huquqlari va 
majburiyatlari bo‘lishi mumkin?
2. 3-rasmda tasvirlangan tadbirkorning soliq to‘lovchi sifatida huquqlari buzilgan taqdirda 
u kimga murojaat qilishi lozim?
3. 4-rasmda tasvirlangan sotuvchi soliq inspektori oldida o‘zining qaysi huquqlaridan 
foydalanishi mumkin deb o‘ylaysiz?
4. Soilq to‘lovchilarning huquqlari kim tomonidan kafolatlanadi?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
30-MAVZU
SOLIQ TO‘LOVCHILARNING 
HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
1
2
3
4
adolatsizliklarning oldini oladi. Soliq to‘lovchining o‘z huquqlarini bilishi esa unga o‘z 
manfaatlarini himoya qilish uchun zamin yaratadi. Soliq to‘lovchilarning huquqlari davlat 
tomonidan kafolatlanadi. 
Soliq to‘lovchilarning asosiy huquqlari quyidagilar:
– soliqqa oid masalalar bo‘yicha soliq organlaridan zarur maslahatlar va turli ma’lumotlar 
olish;
– davlat tomonidan belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish;
– belgilanganidan ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish bo‘yicha soliq organlariga muro-
jaat qilish;
– soliq organlaridan o‘zining budjet oldida soliqlar bo‘yicha qarzi bor yoki yo‘qligi haqida 
zarur ma’lumotlarni olish;
– o‘zining soliq to‘lovchi sifatida huquqlari buzilgan taqdirda tegishli joylarga shikoyat 
qilish;
– soliqchi to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq yig‘imlarini hisoblashda xatoga yo‘l qo‘ygan 
bo‘lsa, shu xatolarni o‘z ixtiyori bilan mustaqil tuzatish.
Yuqorida sanab o‘tilgan huquqlarning kafolatlanishi soliq to‘lovchini osoyishtalik 
va ertangi kunga ishonch bilan faoliyat ko‘rsatishga imkon yaratadi. Natijada, soliq 
to‘lovchining faoliyatidan davlat va butun jamiyat bahramand bo‘ladi.
SOLIQ TO‘LOVCHILARNING MAJBURIYATLARI
Har bir jismoniy yoki yuridik shaxs soliq to‘lovchi sifatida jamiyatimiz va davlatimiz 
oldida qator majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi va bajarishi shart. Chunki, soliq 
to‘lovchilar zimmasidagi vazifalarni bajarib, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirsa 
bundan butun jamiyat manfaatdor bo‘ladi.
Soliq to‘lovchining majburiyatlari quyidagilar:
– soliq to‘lovchi jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lishidan qat’iy nazar belgilangan mud-
datda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish;
– korxona manzili o‘zgargan paytda mahalliy soliq organlarini bu haqda o‘z vaqtida 
xabardor qilish;
– soliqlarning qonun bo‘yicha belgilangan miqdorini o‘z vaqtida to‘lash;
– soliq to‘lovchi jismoniy shaxs daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani va yuridik shaxslar 
esa soliqlar bo‘yicha zarur hisob-kitoblarni mahalliy soliq organlariga o‘z vaqtida taqdim 
qilishi;
– soliq bo‘yicha imtiyozlardan foydalanilgan taqdirda ushbu imtiyozlar huquqini tas-
diqlovchi hujjatlarni mahalliy soliq organlariga o‘z vaqtida taqdim etish;
– soliq qonunchiligi buzilgan taqdirda soliq organlarining ushbu buzilishni bartaraf etish 
bo‘yicha talablarini bajarish.
Soliq to‘lovchining yuqorida sanab o‘tilgan majburiyatlarni bajarishi soliq tizimida 
noqonuniy vaziyatlar ro‘y berishining oldini oladi. Uning o‘z majburiyatlarini bilishi va 
sidqidildan bajarishi soliq undiruvchi – davlat uchungina emas, balki soliq to‘lovchining 
o‘zi uchun ham juda muhimdir. Chunki, bu uning noxush vaziyatlarga tushib qolishining 
oldini oladi va osoyishtalikda faoliyat ko‘rsatishi uchun zamin yaratadi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish