bayramona tadbirlarda ijro etilgan. Mazkur kantatalarni mavzusi ko„pincha antik
mifologiyasidan olingan (“Feb va Pan musobaqasi” kantatasi xalqchil janrli va yuqori
lirik janr musiqa o„rtadagi baxsni ko„taradi).
Kompozitor shuningdek maishiy kantatalarni ham yaratgan xususan, “Kofeylik”,
kantatalarni nomerlarni cherkov kantatalariga alishtirib o„tkazgan (mashxur si-minor
(1733-1738) asarning ikkita qismini u Fridrix Avgust Saksonlik rahnamosini va e‟tiborini
qozonish maqsadida, saroyda sakson kurfyustri lavozimida tasdiqlanishi uchun yozgan.
Messa o„zining kattaligi, g„oyaviy falsafiy qarashlarini chuqurligi va o„ta emotsional
ta‟sirchanligi bilan ajralib turadi. Muallif katolik xizmati an‟analaridan kelib chiqqan
janrga murojaat qilib xristianlikning dastlabki bosqichida qarorlashtirilgan lotin tilidagi
Messa tarkibiy besh qismdan iborat bo„lib har bir qismning nomi birinchi duo satrlari
Biroq o„zining asarida kompozito an‟anaviy besh qismni yanada bo„limlarga bo„lib
ularning tarkibini yigirma to‟rtaga yetkazdi. Ularni ichida o‟n beshta-xor, monumental,
to„liq jarangli, bazan tiniq va mussafo; 6-ariya va 3-duet o„rin olgan. Asarning musiqiy
Messa va unning ayrim nomerlarning bahaybat xajmi, xususan ijrochilar tarkibini
kattaligi (katta aralash xor, yakkaxonlar, organ va orkestr), badiiy obrazlarni chuqurligi
va murakkabligi mazkur asarni an‟anaviy cherkov marosimidan chiqib bir muncha
murakkab asarga aylanishiga asos bo„ldi. Shu bois, xizmat tarkibida messaning faqat
ayrim nomerlari ijro etilishi nazarda tutilgan. To„liq ko„rinishda faqat konsert sahnalarida
ijro etiladi.
Baxning ijodida genial ifodasini yana bir janr-passionlar (iztiroblar) o„rin olgan. Katolik
cherkov an‟analarida yaratilgan bu janr yorqin ifodasini nemis protestan xorallarida
topdi. Iztiroblar yoki Passionalar-oratoriyani bir turidir. Ularda ham syujet mazmuni va
harakat o„rin olgan. Biroq, qolgan janrlardan farqli ularoq ularning markazida
Yevangiliyada o„rin olgan syujetlar asos qilinib olinadi. Ular Iso Payg„ambarning iztirob
uqubatlari haqida bayonnot qilinadi. “Matfeydan iztiroblar” da kompozitor ko„plab
ijodkorlar e‟tiborini qozongan badiiy va katta ichki ziddiyatga to„la bo„lgan sahna
lavhalarni asar asosiga oldi.
Bax Matfey talqinidagi Yevangiliyaga murojaat qilib, unda Iso Payg„ambarning shogirdi
tomonidan xiyonati, Iso payg‟ambarning Gefsiman bog„idagi iltijosi, Golgofaga chiqish
sahnasi o„rin olgan. Murakkab badiiy yechimni amalga oshirish uchun Bax katta
ijrochilar tarkibiga murojaat qiladi (ikkita to‟rt ovozli xor, vaqtinchali uchinchi xor,
ikkita orkestr, ikkita organ va yakkaxonlar: xonanda va cholg„uchilar). “Iztiroblar”
mazmuni murakkab va serqatlamli. Bayonotchi hikoyasiga dramatik jo„shqinlikka to„la
dramatik harakat va ijrochilar ovozlari hamisha bostirib kirib boradi. Ba‟zan bayonot
tugab lirik nomsiz yakkaxonlarning chekinishlari yaratilib qahramon, bayonotchining
hissiyotining mujassamlangan emotsional aksi ifodasini topadi.
Xorlar-asarning arxitektonik tayanchi o„rnida boshida, o„rtada va yakunda paydo bo„lib,
yaxlitlikni o„z ichida mujassam etgan holda ba‟zan erkin dramatik sahnalarni namoyon
qiladi.
Leonid Bernstayn o„z vaqtida Baxning ushbu asari haqida quyidagi satrlarni qoldirgan:
“Qaniydi bu asrni mo‟jizaviy qirralarini ko„rsatish imkoni bo„lsa edi! Ular cheksiz.
Ularni ilg„ab tushunishga butun umrni baxshida etsangiz ham kam”. “Matfey iztiroblari”
1729-yili juma kuni avliyo Foma cherkovida aprel oyida ilk bor namoyish qilindi. Bu
asar kompozitorning tiriklik davrid ham yana bir muddat ijro etilib keyin uzoq vaqtga
kompozitor va uning asarlari tinglovchilar xotirasidan unutilib ketdi.
Aynan “Matfey iztiroblari” dan kompozitorni sahnaga qaytishi buyuk nemis kompozitor
musiqasining uyg„onib tiklanishi boshlangani bejiz bo„lmagan albatta. Uyg„onishga
sabab bo„lgan ikki katta turtki taniqli va mashhur nemis kompozitori Feliks Mendelson
tomonidan kompozitor passionlarini yangi davrda, 100 yildan so„ng ijro etilishi 1829 yil
martda ijro etilishi muhim sanaga aylandi. Bu konsertlar orqali kompozitor ijodiga
uyg„ongan qiziqish butun dunyo bo„yicha tarqalib hozirgi kunga qadar ulug„lanib
kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: