Organ uslubining asosiy qirralari. Bax davrida organ barcha cholg„ularning qirol
bo„lgan-eng baxaybat va rangli jarang egasi. U cherkov koshonasining ustida katta
akustika jarangi orqali jozibali yangragan. Organ san‟ati keng tinglovchilarga murojaat
qilishi bois, ko„tarinki oratorik pafosi, monumentalligi, konsertlik xususiyati bilan ajralib
turgan. Ushbu uslub keng shakllar va mahoratli ijroni taqazo etgan. Organ asarlar katta
devoriy suratlar kabi yirik plandagi manzaralarga o‟xshaydi. Eng katta va savlatli
baxning cholg„u asarlari aynan organ uchun yaratilgandir: “Passakaliya” c-moll,
“Tokkata, adagio va fuga” C-dur, “Fantaziya va fuga” g-moll va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |