klavesin egalladi. XVI asrda klavir oddiy xalq xonadonlari va saroyda keng mashhur soz
hisoblangan, kechroq u opera spektakllari va kamer ansambllarining doimiy tarkibiga
qo„shilib keldi.
Fransuz klavesin maktabining otaxoni deb Jak Shamboner hisoblanadi ammo yuqori
cho„qqisi Fransua Kupperen ―Fransua Buyuk‖ ijodi bilan bog„liq. Aynan uning ijodida
―rokoko‖ (ya‟ni, fransuz tilidan “rocaille” tosh va chig„anoqlardan terilgan munchoq)
uslubi yuqori cho„qqiga ko„tarildi. Kuperenning nafis, bezak va qochirimlarga boy
asarlari, jumladan, “Budilnik”, “Shamolli tegirmonlari”, “Uzum teruvchilari” F. Bushe va
A. Vatto tasviriy polotnolari, J. Bofran va J. O. Meysone arxitektorlari yaratgan memoriy
yodgorliklari bilan qiyoslanadi.
Eslatib o„tish joizki I. S Baxdan avval Djirolamo Freskobaldi, Fransua Kuperen va
domeniko Skarlattilar klavir uchun bir qator ajoyib asarlar yaratganlar. Bax esa klavir
musiqasining ifodaviy palitrasini kengaytirib, uning uslubiy chegaralarini kengaytirgan
holda turli mamlakatlarning organ, orkestr va vokal adabiyoti jamlagan vosita va
usullarini o„zida mujassam etdi. Baxning g„oyalari uning davridan ancha olg„a qadam
tashlab o„sha davr cholg„ulari imkoniyatidan yetarlicha ifodasini topa olmagan. Klavesin
ovozining jarangi kalta, qo„ng„iroq kabi yorqin lekin tez so„nuvchi bo„lgan. Klavikord
esa kuchsiz, past tembr bilan ajralib turgan. 1709 yili italyan ustasi B. Kristofori
tomonidan yaratilgan fortepiano uning bizgacha yetib kelgan mukammal ko„rinishiga
yetishish uchun katta vaqt kerak bo„lgan.
Kompozitor o„z oldiga klavesin cholg„uning “urma” xususiyatidan qochib unda kuychan,
sokin chalish imkoniyatlarni chiqarishga intilgan. Bunday yondashish kompozitorni
klavir asarlarida lirik obrazlarni ifodasi bilan bog„liq bo„lgan deb tahmin qilish mumkin.
Bu esa yangi ijrochilik usullar, texnik mahorat yo„llarni izlash, applikatura tamoyillarni
takomillashtirishga kompozitorni undadi.
Bax legatoni sifatli chiqarishga harakat qilgan buning asosida pedagogik repertuar ham
kengayib bordi. Kompozitor yordam sifatida “Kichik prelyudiya va fugalar”,
“Invensiyalar”, xatto taniqli “Fransuz syuitalar” va “Yaxshi tempiratsiya qilingan klavir”
ham instruktiv asarlar sifatida yaratilgan. Shu bilan birga Bax klavirni nafaqat xonaki
cholg„u balki keng jamoatchilik e‟tibori uchun havola etiladigan cholg„u ekanini isbotlab
klavir chun fantaziya va fuga, tokatta va konsert kabi janrlarni yaratdi. Ular orasida
“Italyan konserti” mashhurdir.
Hozirda AQSH ning Yel Universiteti qoshidagi musiqiy maktab kutubxonasida I. S.
Baxning o„z qo„li bilan yozgan nota kitobchasi saqlanmoqda. Uning pergament
muqovasida Baxning dasxati bitilgan bo„lib unda ―Vilgelm Frideman Baxning klavir
kitobchasi‖ deb yozilgan. Shuni qayd qilish lozimki aynan Vilgelm Frideman
kompozitorning eng iste‟dodli zurriyodidan biri bo„lgan. Bu kitobcha klavirda chalish
bo„yicha o„z farzandi uchun mashq qilishga mo„ljallangan katta maktab bo„lib, keytga
avlod musiqachilari, ko„plab ustoz va ularning shogirdlari uchun qimmatli manba bo„ldi.
Mazkur kitobcha tarkibiga kirgan elementar musiqiy tushunchalar, asarlar, xususan eng
yengilidan tortib to murakkabgacha, mashqlar to„plami musiqa san‟atiga kirib kelayotgan
san‟atkorga bilimlarni tadrijiy ravishda o„zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kitobchada o„rin olgan invensiyalarni butun dunyo bolajonlari ijro etishadi.
Invensiyalar (lotinchadan “kashf qilish”, “oylab topish” degan ma‟noni bildiradi).
Darhaqiqat, har bir invensiyada Bax o„zining yangi asar shakli, usuli, musiqiy tilidan
mohirona foydalangan. Ammo ularni barini birlashtiruvchi yagona omil-polifoniya
negizi, mustaqil ovozlarni birlashtirish tamoyili asosiy omildir. Invensiyalar zerikarli
mashqlar bo„lmay topqirlik, fantaziyaga boy asarlardir.
Ma‟lumki, tabiatiga ko„ra kompozitor juda xazilkash inson bo„lgan .U xazil qilishn
yoqtirgan. Masalan, uning sinfida tahsil olgan shogirdlarning birini familiyasi nemis
tilidan “qisqichbaqa “deb tarjima qilinardi. Bax “Mening bulog„imda sen yagonasan!”
deb xazil qilgan. Kompozitorning “Bax” familiyasi nemis tilidan “buloq” deb tarjima
qilinishi buning sababidir. Katta fojiaviy yechimi, dramatizm shiddati bilan sug„orilgan
asarlar muallifi buyuk kompozitor xazilomuz asarlar-kvodlibetlarni yozishni juda xush
ko„rgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |